📖 Hikoyalar

Falokat.

1.6K marta oʻqildi
Falokat.
Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yoʻqsa ketar qosh-u-qaboqdan.

Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin koʻylak korgani borishdi. Doʻkon egasi yigitni boʻlajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi:
-Menimcha siz kelin libosini toʻygacha koʻrmay turganingiz maqulmidi…
Menga yoqmasachi?- rad qildi yigit.
Hullas kelinlik libosi ikkaloviga ham maqul keldi. Zakalad pulini berib koʻchaga chiqishdi.
-Yur morojniy yeymiz,- taklif qildi yigit.
-Yoʻq, yaxshisi qoʻlda yeb ketamiz, Maylimi Dilshod aka. Xuddi maktab paytidagidek.
-Mayli rozi boʻldi yigit,- ammo darhol oʻsha maktab paytlari koʻchada marojniy yeb yurgan davrlari yodiga tushdi.
Ular moroyniy olib, yoʻlga tushishdi. Katta koʻchani kesib oʻtishayotganda qizning morojniysi yerga tushdi. Qiz bir lahzaga yerda yotgan moroshniyga qaradi-yu, yoʻl oʻrtasida morojniy olishga iymanib oldiga intildi. Shu payt oldida ketayotgan Dilshod akasi oʻrnidan "gʻu-uv” etib Neksiya oʻtib ketdi. Avvaliga qiz nima boʻlganini idrok etolmadi. Hushini yigʻib qarasa mashina Dilshod akasini 10 metrlar chamasiga nariga uchirib ketgan ekan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!