📖 Hikoyalar

Qiz, yigit va ota» hangomasi

2.9K marta oʻqildi
Qiz, yigit va ota» hangomasi
Qobulda kitob sotadigan bir qiz doʻkoniga sevgilisi kelganini koʻradi. Shu payt qizning otasi ham yonida edi. Qiz sevgilisiga qarab otasi tushunmaydigan usulda soʻz qotibdi:
— Ogʻa, siz nemis yozuvchisi Yorg Danielning «Otang uydami?» kitobini olishga keldingiz shekilli-a?
Yigit:
— Yoʻq, men ingliz yozuvchisi Tomas Munisning «Seni qaerda koʻrishim mumkin?» kitobini olishga kelgandim.
Qiz:
— U kitob qolmagan, lekin, amerikalik yozuvchi Patrice Olferning «Olma daraxtlarining ostida» kitobini tavsiya qilishim mumkin.
Yigit:
— Juda yaxshi. Belgiyalik yozuvchi Jean Barnerning «5 daqiqadan keyin qoʻngʻiroq qilaman» kitobi ham kerak edi, topib bera olasizlarmi?
Qiz:
— Albatta. Bundan tashqari sizga fransuz yozuvchisi Mishel Danielning «Aslo yolgʻizlatmayman» kitobini ham tavsiya qilaman.
Bu suhbatni eshitib turgan otasi qizidan soʻrabdi:
— Buncha kitob koʻplik qilmasmikin, hammasini oʻqirmikin bu bola?
Qiz:
— Ha, otajon. U judayam aqlli bola, hammasini oʻqiydi.
Ota:
— Mening goʻzal qizim, unday boʻlsa, shu yigitga Gollandiyalik yozuvchi Frank Martinisning «Men ahmoq emasman» kitobini ham tavsiya qil. Keyin, oʻzing ham rus yozuvchisi Muris Istankovichning «Amakingning oʻgʻliga turmushga chiqishga tayyorlan» kitobini albatta oʻqib chiqqin!..
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!