BORINGIZGA ShUKR, OTA!..

Koʻchada oʻtinchi, uyda sulton
Qadimda bir oʻtinchi boʻlgan ekan. U togʻlardan oʻtin terib kelib, shaharda sotib, xotini va oʻgʻillarini boqardi. Oʻgʻillar esa oʻtinchining farzandi ekanligidan or qilishardi. «Otamiz oʻtinchi», deb birovga aytisholmasdi. Oshna-ogʻaynilar davrasida ulardan otalari nima ish qilishini soʻrashsa, aytgani uyalishar, koʻpincha yolgʻon gapirishardi. Oʻtin koʻtarib ketayotgan otalarini koʻchada koʻrib qolishsa, borib yordam berish oʻrniga oʻzlarini olib qochishar, «Bizni oʻtinchining oʻgʻli deb oʻylashmasin», deyishardi.
Oʻtinchining xotini esa oqila, itoatgoʻy ayol edi. U doim eri uyga kelishini sabrsizlik bilan kutar, charchab qaytganida shirin soʻzlar bilan kutib olar, darrov qoʻliga suv quyib, sochiq tutardi. Oʻtinchilik asboblarini esa yuvib, tozalab joy-joyiga qoʻyardi. Darrov dasturxon yozib, eri bir-ikki piyola choy ichguncha ovqat suzib kelardi. Topib kelgan pulini bir hamyon tilla olgandek sevinib olar, «Bugun doimgidan ham koʻp pul topib kelibsiz», derdi. Baʼzida oʻtinchi «Bugun kamroq pul topdim» desa ham «Xafa boʻlmang, barakasini bersin. Bugun kamroq topgan boʻlsangiz, Allohim ertaga koʻprok berar», deb uning koʻnglini koʻtarardi.
Bir kuni oʻgʻillari onasidan soʻrashdi:
— Onajon, otamiz bir oddiy oʻtinchi boʻlsa, nega uyga kelganida buncha girdikapalak boʻlasiz?
— Rost, otamiz kelishi bilan xizmatiga shaylanasiz, — oʻrtancha oʻgʻil soʻz qoʻshdi.
— Hatto otamizning oyoqlarini oʻzingiz yuvib qoʻyishingizni tushunmaymiz, — dedi kenja oʻgʻil.
— Biz otamiz oʻtinchiligidan uyalamiz, — deyishdi bir ovozdan.
Bunga javoban ona:
— Eh, soddagina bolalarim-a, otalaring koʻchada oʻtinchi, uyda esa otalaring Sulton! — dedi…
Oʻrnak
Oʻgʻil keksayib qolgan otasini mehmon qilish istagida shaharning osoyishta tamaddixonalaridan biriga olib keldi.
«Buyuk otalar hayrat toʻla nigohini yulduzlardan uza olmayotgan jajji farzandlarini yelkalariga oʻtqizadilar-da, ularni yulduzlar sari yaqinroq olib chiqadilar». Har gal padariga qaraganida mana shu fikr xayolidan oʻtadi, uning.
Ovqatlanish mahali beixtiyor kaftlari qaltirayotgan otaning qoshigʻidagi ovqat toʻkilib, kiyimlariga sachrar, xijolatdan qizarib ketgan otaxon oʻgʻliga yumshoq nigohlarini tikar, oʻgʻil esa xotirjam jilmayar, sachragan taom dogʻlarini zudlik bilan artib qoʻyar edi. Ularga yonma-yon oʻtirgan stoldagilar, jumladan, uch oʻsmir yigit qurshovida ovqatlanayotgan kishi va uning rafiqasi bu manzarani zimdan kuzatib turishardi.
Ota-oʻgʻil ovqatlanib boʻlishgach, oʻgʻil otaning qoʻllaridan tutib yuvinish xonasiga boshladi, otasining kiyimini non hamda ovqat qoldigʻi, dogʻlardan tozalab, qoʻllarini yuvishga yordamlashdi, dadasining bosh kiyimini tuzatib qoʻydi.
Yuvinish xonasidan chiqishganda barchaning eʼtibori ularda edi.
Ota-oʻgʻil yemakxonani tark etayotganlarida qoʻshni stolda farzandlari bilan oʻtirgan kishi ortlaridan yetib keldi.
— Siz bu yerda nima qoldirib ketayotganingizni bilasizmi? — soʻradi u oʻgʻildan.
— Yoʻq, hech narsamiz qolib ketayotgani yoʻq, — stolga koʻz yugurtirgancha javob qaytardi oʻgʻil.
— Qoldirib ketyapsiz, juda qimmat narsa qoldirib ketyapsiz. Siz har bir oʻgʻil va otaga, menga va mening farzandlarimga oʻrnak qoldirib ketyapsiz, doʻstim! Otangizga ming rahmat!
U oʻgʻilning qoʻlidan mahkam siqqanicha minnatdor nigohda boqdi.
Bu nigohlardan, iliq soʻzlardan taʼsirlangan oʻgʻil otasining ikki yelkasidan tutib, ohista shivirladi:
— Boringizga shukr, ota! Boringizga shukr!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!