📖 Hikoyalar

Sulton haramidan qochgan kanizak Naziba

2.6K marta oʻqildi
Sulton haramidan qochgan kanizak Naziba
Usmoniy sultonlar haramiga butun dunyodan goʻzal qizlar olib kelingan. Ular bu yerda bolalik chogʻidan oʻsib, katta boʻladi. Bolaligidan qizchalarni oʻz hazrati oliylariga muhabbat bilan sugʻorib, katta qilishadi. Ularning birdan-bir orzusi – sultonga valiahd tugʻib berish. Shu bois ulgʻaygan qizlarning deyarli barchasi sulton bilan xilvatga kirishni orzu qiladi. Raqobatchilari juda koʻp boʻlgani bois xaramda kurashlar ham shunga yarasha boʻladi.
Biroq bunday qizlar orasida bu kabi kelajakni orzu qilmaydigan, mustaqil boʻlishni jon dili bilan xohlaydiganlari ham uchrab turadi. Kanizak Naziba ana shundaylardan biri edi. U oʻz hayotini oʻzi qurishni istadi. Nazibani saroy poshsholaridan biriga turmushga bermoqchi edilar, biroq u boʻlajak kuyovini mutlaqo yoqtirmasdi. Kunlarning birida Naziba saroy hovlisida grek elchisi bilan koʻrishib qoladi. Koʻzlar koʻzga, yuraklar yuraklarga tushadi. Ular til biriktirib, Nazibani saroydan qochishini uyushtirishadi. Saroydagi bayramlarning birida Nazibaga grek ayollari libosini kiydirishadi va u grek mehmonlar bilan birga bemalol chiqib ketadi. Yoshlar Gretsiyaga qayiqda yetib olishadi. Grek yigiti bilan nikohi davomida Naziba 12 nafar farzand koʻrgan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!