🐉 Muchallar

Quyon muchali haqida

1 daqiqa 24.4K marta oʻqildi
Quyon muchali haqida
Quyon 1915 1927 1939 1951 1963 1975 1987 1999 2011 QUYON YILI. Ushbu yilda tavallud topganlar oʻziga xos xislatlarga ega boʻlib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor boʻladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik boʻlib, hatto eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, gʻiybat qilishni, gap tashishni yaxshi koʻrishadi, lekin buni kishi bilmas holda, xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas boʻlganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan koʻra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yigʻlashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda, ularning hammasi mutaassib boʻlib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yoʻq. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan yaxshi va yomon tomonlarini jamlab koʻrmaguncha, hech bir ishga qoʻl urishmaydi. Ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, baʼzan oʻtaketgan rasmiyatchi boʻlishsa-da, halol va oʻz soʻzlarining ustidan chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, oʻylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik koʻrsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, isteʼdodli huquqshunos yoki diplomat ham boʻlishlari mumkin. Bu muchalda tugʻilgan ayollar did, mehmondoʻstlik va yaxshi vakillik talab qilinadigan har qanday sohada oʻzini koʻrsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud topganlar oʻzlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomala va xizmatiga shaydirlar, lekin doʻstlar manfaatiga xizmat qilaman deb, eng yaqin kishilaridan judo boʻlishlari oson. Agar ular favqulotda hodisalarga, fojeali voqealarga, yengib oʻtib boʻlmas toʻsiqlarga duch kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.