Maymun muchali haqida

Maymun 1920 1932 1944 1956 1968 1980 1992 2004 2016 MAYMUN YILI Bu muchalda tugʻilganlar koʻngliga kelgan ishni qiluvchi,ishonchga sazovor boʻlmagan va ters odamlardir. Biroq ular epchil, aqlli, topqir boʻlib, eng qiyin muammolarni ham osonlik bilan hal etishadi. Ayni paytlarda ular quv va makkordir, shu bois ular bilan doim hushyor boʻlib muomala qilish kerak. Ularning kirishimliklari va hatto har qanday xizmatga bel bogʻlab turishlari ham munofiqonadir, aslida esa oʻz manfaatini oʻylab shunday qilishadi. Shuningdek, ular xushchaqchaq va iltifotli boʻlb, boshqalar toʻgʻrisidagi yurakni ezadigan fikr-mulohazalarini soxta xushmuomalaliklari bilan yashiradilar. Ular oʻz faoliyatlarini avj oldira olmaydigan deyarli birorta soha yoʻq. Boʻlayotgan voqealardan hamisha xabardor. Xotiralari judayam kuchli boʻlib, koʻrgan yoki eshtgan narsalarining mayda-chudasigacha unutishmaydi. Barcha ishlari betartibligi uchun ham ularga xotira zarur. Ular juda hovliqma boʻlib, hamma ishni shu zahotiyoq amalga oshirib qoʻya qolishni xohlashadi. Arzimas toʻsiq ham ularning dilini xira qilib, rejalarini buzib yuborishi mumkin. Biror ishni boshlamasdan turib, shu zahotiyoq uning bahridan oʻtishlari mumkin, koʻpchiligi qatʼiyatsizligi va hatto qoʻrqoqligi bilan ajralib turishadi. Ularning har qanday mushkul ahvolga tushib qolganlarida ham, unga chap berib qutilib ketishlarini munosib baholash darkor. Ular oʻz xohishlarini amalga oshiradilar. Amalparastlik qonlarida bor. Hech ikkilanmay, hatto vijdonsizlik bilan boʻlsa-da, oʻz niyatlariga erishishga qodirlar. Oʻz hafsalalariga qarab ish qilishsa, koʻpincha nom chiqarishadi. Faqat ular odamlarga malol kelishi mumkin boʻlgan magmadonagarchiliklardan oʻzini tiyishi lozim. Garchi baʼzi qiyinchilklar boʻlib yursa, umuman olganda, iqtisodiy jihatdan yaxshi yashashadi. Ishq-muhabbat bobida baxtga erishishlari qiyin. Chunki ular ehtirosli boʻlib, juda tez oshiq boʻlib, koʻp maʼshuqalaridan koʻngillari sovib, boshqasini qidirishga tushishi mumkin.
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!