🐉 Muchallar

Ajdarho va baliq muchali haqida

1 daqiqa 76.2K marta oʻqildi
Ajdarho va baliq muchali haqida
Ajdarho (baliq) 1916 1928 1940 1952 1964 1976 1988 2000 2012 A J D A R H O (BALIQ) Y I L I Kimda-kim ushbu yilda tugʻilgan boʻlsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega boʻlib, sergʻayrat va begʻubordir. Pastkashlik, tilyogʻlamalik va gʻiybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgoʻylar. Koʻpincha yolgʻon-yashiq gaplar tufayli oʻz tinchligini yoʻqotadi. Barkamollikka intilish ularni oʻziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qoʻyadi. Ular koʻp narsani talab qilishadi, lekin talablaridan koʻra koʻproq ishni oʻzlari amalga oshirishadi. Vijdonli, taʼsirchan va dovyurak kishilar boʻlib, ularga bemalol ishonish mumkin. Samimiy kishi boʻlib, odatda bildirgan fikr mulohazalari hamisha asosli boʻladi. Soddalarcha ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan birga, ular serzarda boʻlib, baʼzan tillariga erk berib yuborishadi. biroq ularni fikr-mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi. Isteʼdodli, oʻqimishli va irodali kishilardir. Butun umr hech narsadan zoriqishmaydi, har qanaqangi ishda ham muvoffaqiyat qozonishlari mumkin. Qaysi kasbni tanlashmasin, doimo gʻalaba qozonishadi. Ular koʻpincha, hamma uchun sevimlidirlar, biroq oʻzlari boshqalarni kamdan-kam hollardagina yoqtirishadi. Hech qachon muhabbat umidsizligi yoki dogʻu alamini ularning boshidan kechmaydi. Ammo oʻzlari muhabbat mojarosiga sababchi boʻlishi mumkin. Bu muchalda tugʻilganlar kamdan- kam hollardagina yoshligida oila qurishadi, baʼzilari hatto umr boʻyi tanho yashashadi, biroq bu ular koʻnglini choʻktirmaydi, aksincha, yolgʻiz yashaganidan koʻproq baxtiyor sezishadi. Qarz olishni va uzundan-uzun gapirishni yoqtirmaydi. Rahmdillikka moyil boʻlib baʼzan qisqa muddatga boʻlsa-da, bundan boshqalarning foydalanib qoʻyishga yoʻl qoʻyishadi. Koʻpchilikning muammosi ogʻir, jinsiy qoniqmaslikdan qiylanib yurishadi. Shoirtabiat joʻshqinliklari tufayli butun umr koʻplab muammolarga sababchi boʻlishadi. Biroq keksayganida baxt- saodatga va barcha istaklarini amalga oshirishga erishadi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.