🐉 Muchallar

Ilon muchali haqida

1 daqiqa 22.2K marta oʻqildi
Ilon muchali haqida
Ilon 1917 1929 1941 1953 1965 1977 1989 2001 2013 ILON YILI Ushbu muchalda tugʻilganlarda donolik va ziyraklik ato etilgan. Ular vaysaqi emas. Koʻp va xoʻp fikr-mulohaza yuritishadi. Boshlagan ishni qatʼiyat bilan oxirigacha yetkazishadi, muvaffaqiyatsizlikni juda yomon koʻrishadi. Tabiatan xotirjam boʻlsalar ham, ishning koʻzini bilib, tez xulosa chiqarishadi. Juda ham omadli kishilardir, lekin koʻpincha ziqnalik qilishadi. Gohida hudbin va maqtanchoq boʻlishadi. Qarz berishni yomon koʻrishadi. Ammo hushlariga kelib qolsa, yordam berishdan boʻyin tovlamaydigan paytlari ham boʻlib turadi. Boʻrttirishga moyillik ularga xos xusisiyat, maboda birovga yordam berguday boʻlishsa, jonlarini berishga ham tayyor, ayni paytda tortinchoq boʻlib qolishadi, natijada zarar koʻrishi mumkin. Bunday odamlardan yordam soʻrashdan oldin oʻylab koʻrish kerak. Aks holda, pushaymon boʻlasiz. Yostiqdoshlarini oʻzlari tanlashadi, rashkchi va injiqdirlar. Agar ular oʻzlarining eng yaxshi xis-tuygʻularini oilasiga bagʻishlay olsalar edi, umrlari gʻam- tashvishsiz oʻtar edi. Hayotlarining dastlabki davri tinch oʻtadi. Umrlarining ikkinchi yarmida esa ortiqcha sertakallufligi, ehtiroslarning kuchliligi, sarguzashtlarga ishtiyoqmandligi mushkulliklarga duchor etishi mumkin.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.