🐉 Muchallar

Sichqon muchali haqida

1 daqiqa 18.1K marta oʻqildi
Sichqon muchali haqida
Sichqon 1912 1924 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 SICHQON YILI. Ushbu muchalda tugʻilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir qarashda xotirjam va bosiq koʻrinsalar-da, unga ishonmaslik kerak. Chunki ular asabiyligi-u tajovuzkorliklarini yashirib turishadi. Bu yilda tugʻilanlar tejamkor, boylik yigʻishga ixlosmanddir. Oʻzlari yoqtirgan odamlargagina qoʻllari ochiq. Chaqma-chaqarlikni xush koʻrishadi, fisqu-fujurdan hazar qilishmaydi, shu bois haqiqiy doʻstlaridan koʻra tanish-bilishlari koʻp. Hech qachon hech kimga ishonishmaydi, gʻam-tashvishlarini tanholikda oʻzlari tortadilar. Ular kelajaklaridan tashvishlanib, keksayganda birovga qaram boʻlmaslik uchun, tejab-tergashni hamisha orzu qilishadi. Jismoniy ishlardan koʻra aqliy mehnat bilan bogʻliq ishlarni bajonudil bajarishadi. Baxtga qarshi yiqqan pullarini orqa- oldiga qaramay shu zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular keksayganda tinch hayot kechirishadi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.