It, kuchuk muchali haqida

It 1922 1934 1946 1958 1970 1982 1994 2006 2018 IT YILI Ushbu yilda tugʻilgan odamlarga eng yaxshi insoniy xislatlar xos. Ular sodiq va sofdilligi,sir saqlay olishi bilan oʻzlariga nisbatan ishonch uygʻotishadi. Bundan tashqari ular hazil-mutoyiba tuygʻusiga ega, mayda gaplardan uzoq. Haddan tashqari oʻjar va tez-tez surbetlik darajasigacha birishadi. Ularning sovuq gaplar bilan fikr bildirishga, oʻrinli va oʻrinsiz tanqid qilishga, hamma narsadan kamchilik topishi sezilib turadi. Har qanday nohaqlik ularda norozilik uygʻotadi va to uni bartaraf etmaguncha tinchishmaydi. Boshqalar uchun qoʻllaridan kelgan ezgu ishni qilishadi. Atrofidagi kishilar ularni munosib ravishda hurmat qilishadi. Ular faqirlikda yashaydilarmi, farovon hayot kechirishadilarmi, bundan qatʼiy nazar, aqlga qarab ish tutadilar. Moddiy jihatdan toʻkin yashamasalar ham qanoatlidirlar. Biroq ularga pul zarur boʻlib qolsa, uni osongina topisha oladi. Odatda, ulardan ajoyib rahbarlar va faol jamoat arboblari yetishib chiqadi. Ular koʻpincha gapga noʻnoq, baʼzan oʻz fikr-mulohazalarini qiynalib bayon etishadi. Lekin aqllari raso,ziyraklik bilan gapga quloq solib turadilar. Sevgi-muhabbat bobida pok va farosatlidir. Ularni adolat uchun kurashda katta sarguzasht va qizgʻin olishuvlar kutadi.
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!