🐉 Muchallar

Yoʻlbars muchali haqida

1 daqiqa 29K marta oʻqildi
Yoʻlbars muchali haqida
Yoʻlbars 1914 1926 1938 1950 1962 1974 1986 1998 2010 YOʻLBARS YILI. Bu muchalda tugʻilganlar hissiyotga beriluvchan, jaxli tez va tartib- intizomga rioya qilmaydigan kishlardir. Ular katta yoshdagilar yoki rahbarlar bilan tez-tez janjallashib turishadi, hatto oʻzlarining haq emasliklarini fahmlasalar-da, baribir bahslashishga tayyordirlar. Ulardan koʻpincha inqilobchilar, rahnamolar chiqadi. Itoat etishni yoqtirishmaydi, ammo boshqalarga aytganini qildirishadi. Shu bilan birga, koʻpincha, yaxshi oʻylab koʻrmasdan qaror qabul qilishadi yoki toʻgʻri xulosani juda kech chiqarishadi. Agar biror ishni boshlashdan oldin yaxshilab oʻylab koʻrish va dono maslahatlarga quloq solishni uddasidan chiqa olishsa, katta-katta muvaffaqqiyatlarga erishishi mumkin. Tabiatan kurashuvchan, qoʻrs va jizzaki boʻlib, koʻzlagan ishlari uchun oʻzlarini qurbon qilishga ham qodir. Ulardan yaxshi lashkarboshilar yoki korxonalarning rahbalari chiqadi. Lekin xavfli jinoyatchi ham boʻlishi mumkin, chunki tavakkalchilik bilan qilinadigan har qanday faoliyatni yaxshi koʻrishadi. Judayam joʻshqin va kuchli sevgi sohibidir ular. Ammo ehtirosli boʻla turib, kamdan-kamlari ishq-muhabbat bobida baxtga erishadi. Dastlabki hayotlari osuda va xalovatli oʻtadi, biroq keyinchalik kuchli va shiddatli kechinmalarni boshdan kechirashadi. Shunga qaramay, keksayguncha yashay olsalar, qolgan umrlarini tinch va xotirjamlik bilan oʻtadi. Bular odatda omadli odamlardir.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.