Ot muchali haqida

Ot 1918 1930 1942 1954 1966 1978 1990 2002 2014 OT YILI Bu muchalda tugʻilganlar dongdor, moʻtabar, xushfeʼl va pulni tejab-tergab ishlatuvchi kishilardir. Yaxshi kiyinishadi, ommaviy yigʻinlarni yoqtirishadi. Koʻp gapirsalar ham, aqlli va sezgirdirlar. Koʻpincha yaxshi natijalarga erishuvchi ajoyib sportchi boʻlib yetishadi. Hamma sohada ishlari yurishadi, koʻzga tashlanib turishadi, boshqalar fikrini tez uqib olishadi. Tabiatan mustaqil feʼl-atvorga ega boʻlib, maslahatlarga quloq solishmaydi. Oʻzlariga ishonishadi, qadrlarini bilishadi. Shu yilda tugʻilgan erkaklar ayollarga befarq boʻlishmaydi. Muhabbat onlarida hamma narsani unutishadi. Xizmat vazifalarini ado etganda, boshqa hamma sohada bor kuch va ehtiroslarini kuchga solishga harakat qilishadi. Ishq-muhabbat yoʻlida hamma narsadan voz kechishlari mumkin. Shu bois boshlab qoʻygan ishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, agar bularni yengsa baxtli boʻlushi mumkin. Oila qurgach, uyda doimo diqqat markazida boʻlishadi. Ular koʻzdan gʻoyib boʻlishlari bilanoq, oilaning baxt-saodati puchga chiqadi. Baʼzilari oilani yoshlikdan tashlab ketishlari mumkin. His-tiygʻular sohasida ularning hayoti joʻshqindir. Keksaygan chogʻlarida tinch-xotirjam kun kechirishadi.
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!