🐉 Muchallar

Toʻngʻiz muchali haqida

1 daqiqa 26.3K marta oʻqildi
Toʻngʻiz muchali haqida
Toʻngʻiz 1923 1935 1947 1959 1971 1983 1995 2007 2019 TOʻNGʻIZ YILI Bu muchalda tugʻilganlarni mardonovor feʼl-atvori, odob-nazokat, xizmatga shaylik, nozik tabiatlilik xulqlari bor. Ularga hech ikkilanmay ishonish mumkin, Ular faqat toʻgʻri yoʻlni tanlashadi. Ular vijdonli va mard kishilardir. Boshqa kishilar bilan til topishishi qiyin. Lekin doʻstlarini hurmat qiladi. Toʻngʻiz yilida tugʻilganlar kundalik harajatlari uchun kerakli mablagʻni topa olishadi. Ammo begʻamliklari tufayli ishlari yomon tus olishi mumkin. Ular begʻam koʻrinsalar-da, aslida irodali va oʻjardirlar. Oʻylagan niyatlatiga erishish uchun bor kuchini ishga solishadi. Tabiatan baquvvatlar, ularning kuchiga hech kim bas kelolmaydi. Biroq biror qarorga kelishdan oldin uning yaxshi va yomon tomonlarini uzoq qiyoslashadi, shunday kezlarda yon-beridagi kishilar nazarida ular nima qilishni bilmayotgandek tuyulishadi. Haqiqatda esa bunday emas, ular oʻz ishini juda yaxshi bilishadi, faqat ishni murakkablashtirmaslik, gohida unga zarar yetkazmaslik uchun uzoq vaqt mulohaza yuritishadi. Ushbu yilda tugʻilgan ayollar sovgʻa-salom qilishni, shod-xursandchilikni xush koʻrishadi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.