Hikoya: Uzuk oʻgʻrisi

Gulzor togʻorani olib, kir yuvishga hozirlandi. Soʻng barmogʻidagi uzukni yechib sovun qutisining ustiga qoʻydi. Gulzorning bu uyga koʻchib kelganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq, hovlisi qishloq chekkasida joylashgan boʻlib, qoʻshni uyda Abdulla aka ismli kishi turmush oʻrtogʻi va ikki qizi bilan birga yashaydi. Odamlar hali bu yerlardan uy qurishni boshlamaganligi sababli ikki qoʻshni tez-tez bir-biridan xabar olib turishadi. Buning ustiga, katta yoʻlga chiqish uchun qoʻshnilari Gulzorning uyi oldidan oʻtishadi.
Gulzor yonida shovqin qilayotgan va ini atrofida nimalarnidir choʻqilayotgan hakkaga qoʻlini siltab:
— Ey, ovozing oʻchsin, kisht-kisht! — dedi va «sochiqni unutibman» deya uyga kirdi. Sochiqni olib chiqqan vaqtida uyi oldidan qoʻshni Abdulla akaning toʻngʻich qizi Vasilaning oʻtib ketayotganligini koʻrib qoldi.
Ishini davom ettira boshlagan ayol koʻz qiri bilan sovun qutisining ustiga qaradi… Qaradi-yu, koʻzlari kosasidan chiqqudek boʻldi. Qoʻllarini chayib, sovun qutining tagini, atrofini, kiyimlarining orasini titkiladi, ammo uzukni izlab topa olmagach:
— Voy, yaramas oʻgʻri, oʻsha olib ketgan! — dedi dastlab xayoliga kelgan Vasilani oʻylab.
Vasila esa allaqachon katta yoʻldan oʻtuvchi mashinalarga minib ketib boʻlgandi. Gulzor tezda ishini ham unutib, qoʻshnisining uyiga kirdi va u bilan koʻrishmoqchi boʻlgan Hanifa opaga qoʻl uchini uzatib:
— Qizingiz qaerga ketdi?! — dedi oʻzini tuta olmay.
— Nima?! — Hanifa opa qoʻshni ayolning bunday muomalasi va savoliga tushunmadi.
— Vasila qani, qaerga ketdi?
— Bo… bozorga! — dedi Hanifa opa tutilib.
— Hozirgina qizingiz mening uzugimni oʻgʻirlab ketdi, darrov qaytarib bermasanglar, tegishli joyga boraman, ustingizdan arz qilaman, qamatib yuboraman! — dedi tahdid bilan Gulzor.
Bu shovqinni eshitgan Abdulla aka ichkari uydan chiqdi. U dastlab qoʻshni ayol Gulzorning nimaga shovqin koʻtarayotganini tushunmadi, biroq muddaosini eshitgach, oʻylanib turdi va sekin gap boshladi:
— Gulzor, singlim, siz shoshma-shosharlik qilmang, balki uzuk shu atrofda yotgandir. Men qizimga ishonaman, unga bunday tarbiya bermaganmiz.
— Nima, men sizlarga tuhmat qilyapmanmi, uzugim qanot chiqarib uchib ketmagan boʻlsa kerak?! Men uyga bir kirdimu darrov chiqdim, oʻsha paytda qizingiz uzuk turgan joydan oʻtib ketayogandi. Men oʻz koʻrganimga ishonaman!
— Balki, uyga qoʻygandirsiz yoki kiyimlarning ichida qoldimi? — dedi Abdulla aka norozi boʻlib.
— Arz qilaman, shikoyat qilaman! — baqira ketdi ayol.
— Mayli, oʻzingizni bosing, agar qizim shu ishni qilgan boʻlsa, hozir kelsin, gaplashaman. Keyin, qoʻshni, Vasilani tez orada unashtiramiz. Shunga ichki ishlar idorasiga qatnab, qudalarning oldida sharmanda boʻlmaylik, iltimos, — dedi Abdulla aka yalingan ohangda.
— Bu qanday sharmandalik? — deya koʻzlariga yosh olgan Hanifa opa majolsiz eshikka suyandi.
Shundan soʻng Abdulla akaning iltimosi bilan ular uyning atrofidan, kir yuvilayotgan joydan uzukni izlay boshlashdi. Abdulla aka tuproqni qoʻllari bilan tinmay siqar, titkilar, shuurida faqat uzuk edi.
Oradan bir soatlar vaqt oʻtgach, Vasila uyga qaytdi va janjalning ustiga kelib qolgani kamday, hamma unga savol berayotganiga ham hayron boʻldi. Gulzor Vasilaga tahdid qildi, iltimos qildi, bilmasdan olgan boʻlib, qaytarib bersa, daʼvo qilmasligini tushuntirdi. Biroq Vasila bu ishni qilmaganini aytib turaverdi. Shundan soʻng Gulzor:
— Unda men seni tintib koʻraman, qani sumkangni och, uni ham tekshiraman! — dedi.
— Nega tekshirasiz, mening nima aybim bor? — dedi Vasila yigʻlab.
— Qizim, tekshirib koʻraversin! — dedi Abdulla aka Gulzorning tintimaguncha tinchimasligini bilib.
Shundan soʻng Gulzor Vasilaning sumkasini ochdi-da, dasta-dasta pulni koʻrib:
— Ana! Uzukni sotgansan, boʻlmasam bularni qaerdan olding?! — dedi pullarni Vasilaning koʻzlari oldida siltab.
— Qizim, senda pul yoʻq, edi-ku! — dedi Abdulla aka.
Vasila atrofdagilarga hayrat bilan qaradi va yigʻlab uyga kirib ketdi.
— Aytdim-ku, shu oʻgʻirladi deb! — tantanavor xitob qildi Gulzor.
— Siz tinchlaning, men qizim bilan gaplashay, ertaga uzukni kimga sotgan boʻlsa, undan qaytarib olib, soʻng sizga keltirib beraman! — dedi Abdulla aka noiloj boshini xam qilib.
Gulzor pullarni Abdulla akaning qoʻliga tutqazib, oʻzi toʻngʻillagancha uyiga kirib ketdi.
* * *
Ertasiga tong otdi deguncha Gulzor Abdulla akani kuta boshladi. Dam derazadan qarab, dam soatiga qarab, oxiri chidolmasdan toʻgʻri qoʻshnisining uyiga bordi. Biroq Abdulla akaning kechagi vaʼda bergan holatidan asar ham qolmagandi. U qizi bilan gaplashganini, qizi uzukni oʻgʻirlamaganini, kechagi pullarni esa boʻlajak kuyovi berganini aytdi. Gulzor shikoyat qilaman, degandi, Abdulla aka «oʻzing bilasan», deganday yelka qisdi.
Ikki kundan beri safarda yurgan Gulzorning eri Alisher esa janjal ustiga kelgandi. U vaziyatni xotinidan bilgach, ayolni ichkariga tortqiladi-da:
— Nima qilasan, onasi, balki ular olishmagandir, qoʻy janjalni, uyat boʻladi, qoʻlimiz bilan ushlamagan boʻlsak! Keyin shu qoʻshnidan boʻlak bu yerlarda kimimiz bor?! — deya vaziyatni yumshatishga urindi.
— Axir, oʻsha uzukni siz sovgʻa qilgansiz, ichki tomoniga ismimni yozdirgansiz, shuning uchun ham jon kuydiryapman-da!
— Uzuging, albatta, topiladi, lekin qoʻshnilarni bekorga xafa qilibsan… Buncha shoshqaloq boʻlmasang?! Bechora Abdulla aka… Vasila ham unaqa qiz emasligini oʻzing bilarding-ku?!
— E-e, koʻngilga sigʻmaydigan mahal nasihat qilmang. Undan koʻra boring, bekor oʻtirmay anavi hakkaning inini buzib tashlang, ovoziga qarang… Shugina ham asablarimni taranglashtirib yubordi, — deya ters oʻgirilib oldi Gulzor.
— Hakka?! — Alisher in tomon yurarkan, oʻgʻlining yoniga yugurib kelayotganini koʻrib, qulochini yozdi.
Gulzor oʻrnidan turdi va erining ortidan:
— Men tuman markazidagi folbinga borib kelaman! Shunda uzukni ular oʻgʻirlaganiga ishonchim komil boʻladi, — deya uydan chiqib ketdi.
* * *
Gulzor folbinnikiga keldi. Folbin ham ayolga «Uzukni sizga yaqin joyda yashaydigan ayol olgan», deya uning shubhalarini tasdiqladi. Gulzor bu gaplarni eshitib, jahl otiga mindi va uyga borgan zahoti qoʻshnisinikiga chiqib, yana janjal koʻtarishni oʻyladi. Uyiga yetib kelganida qoʻshnisinikida turgan mashinalarni, mehmonlarning uyga kirib-chiqib yurganini koʻrdi-yu, qadamini tezlatdi. Ostonada uni kutib olgan Hanifa opaning iltijolariga qaramasdan Gulzor sovchilar oʻtirgan xonaga jadallik bilan kirdi.
— Men toʻgʻri qildim, yaramas oʻgʻrini sharmanda qildim! — deyishi hamonoq qaerdandir oʻgʻli Rashid yugurib keldi:
— Oyi, mana sizning uzugingiz!..
Gulzor oʻgʻli bergan uzukni hayajon bilan oldi va tezda uni aylantirib koʻrarkan, ichki tomonida oʻzining ismi yozilganiga koʻzi tushdi-da, oʻgʻliga hayrat bilan boqdi. Uning savol berishga-da ojizligini fahmlagan Rashid uzukni qanday topishganini toʻlqinlanib gapira ketdi:
— Dadam bilan hakkaning inini buzayotgandik, ichidagi narsalarning orasida uzugingiz ham bor ekan….

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!