HOʻKIZ MONOLOGI… (hajviya)

Ordona qolgan oqibat
Akammisan, ukammisan, kim boʻlsangam meni tanivol! Men Hoʻkizboy Torgʻil oʻgʻli Suyarqulov boʻlaman. Avlodlarimiz oʻsha kiroyi hoʻkizlardan boʻlishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan boʻlishgan ekan. Zotimiz oʻsha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne hasratda katta qilgandi. «Boʻying oʻsib, duming uzayganini bir koʻrsam armonim yoʻgʻidi», derdi nuqul. Mana, dumim yer supurar darajada uzaydi, shox yoʻgʻonlashdi. Ammo momom shu kunlarni koʻrolmadi. Umuman, oʻsha momom qarindosh-urugʻlarni tergab, bir-biriga egiltirib turarkan. Momomdan keyin begonalashib ketdik…
Ha-a, hozir dumimni munday silkiti-ib oʻylab koʻrsam, haqiqatan biz hoʻkizlar orasidagi mehr-oqibat ogʻilxonalardan chiqib uzo-oq-uzoqlarga ketib qolganga oʻxshaydi. Birodarlar, hurmatli hoʻkizlar, agar oʻsha mehr-oqibatni qaytarib ogʻilxonalarga opkirib qoʻymasak, ahvolimiz juda-a ogʻir ekan…
Eshakka qondosh boʻlsammikin-a?..
Oqibat haqida oʻylab turgandim, yaylovga qora eshakni arqonlab ketishdi. Shu bachchagʻar gʻalati eshak ekan. Har kuni uni oftobning naq jaziramasiga arqonlashadi. Kechgacha kuyadi-pishadi, ammo miq etmaydi, dayus. Oldida suv ham, «svejiy» oʻt-oʻlan ham yoʻq. Oyogʻi ostidagi yetimning basharasiday sargʻayib ketgan ajriqni titkilayveradi, titkilayveradi. Tishlari sinib tushmaganiga qoyil qolaman. Meni ajablantirgani, shundayam kalta, goʻnglagan dumini qimirlatib-qimirlatib uyi tomonga qaraydi, ammo hangramaydi…
Bunisi mayli, oʻzi eshak zoti ogʻir karvon boʻladi. Hurmat-izzati boʻlmasayam, indamay turaveradi. Men shu eshakka qarab turib oʻzimizning hoʻkizlardan xafa boʻp ketaman baʼzan. Devday-devday hoʻkizlarmiz-u, oqibatimiz yoʻq. Iloj topsak, koʻchada salom-alikniyam nasya qip oʻtib ketamiz. Eshak-chi? Vo, bu bachchagʻarlardan oqibatli hayvon boʻlmasakan-ey! Xoh ishoning, xoh ishonmang, bularning ja sir-asrori koʻp. Birinchi siri shuki, egasidan boʻlak odam qamchilasa, «hap senimi» deb qoʻyadi. Bir kunmas-bir kun albatta oʻchini oladi. Ana, roʻparamdagi anavi bachchagʻar ham oʻtgan kuni egasining oʻgʻilchasi temir bilan tushirgani uchun «xap senimi» deb qoʻyganakan. Kecha oʻsha bolacha ustiga minovdi, shataloq otib borib devordagi ari ini yonida toʻxtadi… Shoʻrlik bola eshakdan tushishga ulgurmay qoldi. Arilar talab tashlashdi. Otasi tabibma-tabib chopib zoʻrgʻa tuzatvoldi oʻgʻlini. Mana shunaqa oʻch olishga ustaykan bu eshaklar.
Lokigin ulardan baʼzi narsalarni oʻrganib qoʻysak, ziyon qilmasdi. Masalan, mana shu roʻparamdagi yungi toʻkilib tushayozgan eshak ochlikka, issiqqa, suvsizlikka, kaltaklarga chidab hangramasligi mumkin, ammo ikki kilometr narida biror qondoshi hangraganini eshitsa, tamom. Temir bilan uradimi, zanjirlab tashlaydimi, farq qilmaydi. Hammasini uzadi-yu, oʻsha qondoshi tomonga chopa ketadi. Boradi, salom-alik qiladi, hol-ahvol soʻrashadi. Shundan keyingina joyiga qaytib keladi. Ana endi bu qiligʻi uchun oʻldirib tashlagandayam, miq etmay turaveradi. «Za-to'» qondoshiga mehr-oqibat koʻrsatib keldi…
Gohida «Eshakka qondosh tutinsammikan?», debam oʻylab qolaman. Ammo buning iloji yoʻq. Negaki, hoʻkizga eshak hech qachon el chiqmasligini bilaman…
Eh, hoʻkizlar, ogʻiling sigirga toʻlgurla-ar! Oqibatni eshaklardan oʻrganaylik! Zora oʻtgan hoʻkiz ota-yu, bobolarimiz u dunyoda turib bizdan rozi boʻlishsa!..
Orzular ogʻilda qop ketdi, ogʻa!
Ikki yil oldinam qoʻshni mahalladagi hoʻkiz-u hoʻkizchalar akang qaragʻayning oldiga tusha olmasdi. Yaylovning narigi yuzida boʻlsam ham erinmasdan kelib soʻrashib ketishardi. Qoʻrqardi-da dayuslar! Kim bilsin?!. Oʻzim ham oʻshanda ja «seryoʻzniy» hoʻkiz boʻlsam kerak-da! Targʻiloy degan sigir boʻlardi. Rosa koʻz suzgandi menga. «Kattazang»lik qilib, oʻshaniyam pisand qilmabman. Ana, boshqa hoʻkizga tegdi-ketdi. Yoʻq, tonsam, noshukrlik boʻlar. Qora-yu, olaxon sigirlarminan rosa hamsoʻhbat boʻlganman vaqtida. Oʻgʻil-qizlardan koʻp mendayam. Ammo ular onalariga tortdi. Onalariga qoʻshilib allaqayoqlarga ketib qolishgan. Xabar ham olishmaydi yaramaslar. «Otam hoʻkizlarning hoʻkiziydi, bir borib duosini olaylik, zora bizam otamday basavlat hoʻkizga aylansak», deyishmaydi nodonlar. Onalari-chi? Bir koʻz suzib qoʻyguday hurmati yoʻqmi hoʻkizning?.. Boya aytdim-ku, oqibat uzoqlashgan-da!.. Endi esa hech kimga keragim qolmadi. Buning ustiga yurib-yurib, bugun — dum oqara boshlaganda mo''rashga tushibman. Dumi oqargan hoʻkizni boshiga urarmidi sigirlar…
Baribir achinmayman. Asosiy burchimni qoyillata oldim. Xoʻjayinga halol xizmat qildim. Qayoqqa sudrasayam, bir marta mo''rab qoʻymadim. Yuvosh-moʻmin boʻlib ortidan ergashaverdim. Kam boʻldimmi? Yoʻq. Mana, kecha xoʻjayin bir moshin sara yem opkeltirdi. Bildim. Bu yemni men uchun opkeltirgan. Menday dumiga oq tushgan, terisi shalviray boshlagan hoʻkizni obdo-on yemlaydi. Ana undan keyin qassobga oboradi. Mayli-da! U dunyoga borsam ham yuzim yorug' boʻladi. Bobomning bobolari, kiroyi hoʻkizlar meni rosa alqashadi. Rosmana hoʻkizlik qilganim uchun maqtashadi. Lokigin bir armonim ichimda qolib ketadigan boʻldi, doʻst! Hoʻkizlar orasidagi uzoqlashib ketgan mehr-oqibatni ogʻilxonalarga qaytarib opkirishga ulgurmayman chogʻi.
Ishqilib, shu niyatim hech qursa mendan keyin ushalsin! Hoʻkizlargayam oqibat degan bachchagʻar hech boʻlmasa eshakdan yuqsi-in!

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!