Qoʻy muchali haqida

Qoʻy 1919 1931 1943 1955 1967 1979 1991 2003 2015 QOʻY YILI Ushbu yilda tugʻilganlar nafis sanʼat sohibidirlar. Ularning qaddi-qomati kelishgan, istarasi issiq va tabiat shaydolaridir. Xulq-atvori yoqimli, gap-soʻzi, oʻzini tutishi oqilona, shunday boʻlsa-da tabiatan injiq, xardamxayol. hamisha nimadandir zorlanib yashashadi. Odatda xudojoʻy boʻlib, turli xayoliy va oʻta tabiiy narsalarga qiziqishadi. Bular rahmdil va muhtojlarga yordam beruvchi yaxshi kishilardir. Ammo baham koʻrmoqchi boʻlgan narsalari oʻzlariga tegishli boʻlmaydi. Ularda xususiy mol-mulkka hech qanday havas yoʻq. Hayot kechirishlari koʻpincha omadlariga bogʻliq boʻladi. Javobgarlik hissi ularga begona, tashabbus koʻrsatishni yomon koʻrishadi. Ularda did va isteʼdod bor. Ammo rahbarlikni eplay olishmaydi. Bir paytning oʻzida texnik va artistlik mahorati qoʻshib borib olinadigan ishlarni qoyil qilib bajarishadi. Lekin hech qachon asosoiy vazifani bajarishmaydi. Gaplari koʻpincha poyma-poy boʻlib, oʻz fikrlarini qiynalib tushuntirishadi, goh tez, goh sekin baʼzan duduqlanib gapirishadi. Hayotlari davomida koʻplab ishq- muhabbat muammolariga duch kelishadi. Ulardan biri fojea bilan tugashi mumkin. Yetuklik davri yoshlik va keksayganlariga qaraganda yaxshi kechadi. Shuni esda tutish kerakki, moddiy jihatdan gʻam- tashvishi yoʻq, maslahatgoʻylari bor boʻlgan quling oʻrgilsin oʻtloqda QOʻY ning omadi yurishadi.
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!