🐉 Muchallar

Hoʻroz va tovuk muchali haqida

1 daqiqa 19.3K marta oʻqildi
Hoʻroz va tovuk muchali haqida
Xoʻroz (tovuq) 1921 1933 1945 1957 1969 1981 1993 2005 2017 XO`ROZ (TOVUQ) YILI Bu yilda tug`ilgan odamlarga jurʼat, dovyuraklik xos. Bular chuqur fikrlovchi va istedodli shaxslardir. Mehnatsevar va o`z ishlariga jon dillari bilan berilishadi. Qurbilari yetmasa ham, har qanday majburiyatni bajarishga kirishadi. Mabodo muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, dillari judayam siyox bo`ladi. Nima o`ylasalar, shuni ro`y-rost gapiradilar. Bu esa, ko`pincha, ularning haddan tashqari to`g`ri so`zligidan o`zini chetga tortuvchilar bilan toʻqnashuvga olib boradi.Savlat toʻkib yurishni yaxshi koʻrishadi,yon-atrofdagilar eʼtibor berishi uchun did bilan kiyinadilar. Ammo, aslini olganda, ular oʻzlariga zarar yetkazishlariga qaramay, mutaassibdirlar. Odatda, oʻzlarini mutlaqo laqma, deb oʻylshadi, ayni paytda qilayotgan ishlarinining mohiyatini yaxshi bilishadi. Oʻzlariga bino qoʻyishlarining sababi ham shunda. Haqiqatdan xam, koʻpincha haq boʻlib chiqishadi. Aql-zakovatlari tevarak-atrofdagi odamlarda ularga nisbatan qiziqish uygʻotadi. Biroq ularning koʻpchiligi maqtanchoqligi bilan darrov ixlosni qaytaradi. Qoʻlidan keladigan ishdan koʻra koʻproq gapiradilar. Aksariyat hollarda, ishqiy dilkashliklariga nisbatan, koʻproq yoqimli qiyofalari bilan koʻzga tashlanishadi. Baʼzan dangasalikka moyillik bildirishadi. Lekin, aslida, ularning faol boʻlishi uchun hamma asos bor. Pul ularga oʻz-oʻzidan kelavermaydi-oʻzini taʼminlashi uchun ishlashi lozim. Agar ular qatiyat koʻrsatib, oʻz dangasaliklarini yenga olsalar, mol-dunyo bilan taʼminlanishadi. Ammo ular mabado dangasaligu orzu-xayolloariga berilishni oʻzlariga ep koʻrsalar, bu ularning xonavayron boʻlishlariga, obro'-etiborlarini yoʻqotishlariga, boshlagan hamma ishlarini puchga chiqishlariga olib keladi. Ishq- muhabbat bobida hayotlari ancha mashaqqatli kechadi, sevgan kishilarini qo`lga olmoq va qo`ldan chiqarmaslik uchun ko`pdan-ko`p kuch-g`ayrat sarflashadi. Ular kambagʻallikdan boylikkacha,yuksak muhabbatdan tubanlikkacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtishadi. Keksayganlarida baxtli yashashadi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.