Xoʻkiz (sigir) muchali haqida

Xoʻkiz (sigir) 1913 1925 1937 1949 1961 1973 1985 1997 2009 HOʻKIZ (SIGIR) YILI. Bular sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi feʼl-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada boʻlishsa-da, aql-zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobiliyatiga ega shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilhom kelganda gapdon boʻlib ketishadi. Ular jismoniy jihatdan baquvvat, hayotning achchiq- chuchugini totishga bardoshli. Turmushlarida oila katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi koʻrib, ular bilan faxrlanishadi. Biroq buyruq berishga oʻrganganliklari sababli ularga ham tez-tez qoʻpollik qilib turishadi. Hoʻkiz yilida tugʻilganlar oʻz oilasiga baxt-saodat keltiruvchi, haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu muchal ayollari xonanishin boʻlib, oʻz oilalari uchun juda jon kuydirishadi. Oila ravnaqi uchun uni qattiqqoʻllik bilan boshqarib borishadi. Erlarini koʻpincha oʻz izmlarida tushirishadi. Ushbu yilda tugʻilgan aksariyat er- xotinlar xushmuomila, sadoqatli, hissiyotli boʻlishi mumkin. Lekin xayolparast boʻlishi mumkin. Keksayganlarida mushkul ahvolga tushib qolishlari mumkin, ammo buni bartaraf eta olishsa qarilik gashtini xotirjam suraveradilar.
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!