KALTABINNING KASOFATI…

Lolaxonni Oltinqoʻrgʻonning oldi xonadoniga berishgandi. Qishloqning eng kelishgan, chiroyli qizi boʻlgani uchunmi, kuyov boʻlmish Neʼmatjon unga tilab-tilab uylangandi. Aslida, oʻzi ham yomon bola emas. Yigitmisan yigitdek, qosh-koʻzlari qop-qora, har qadam tashlaganda togʻlarni zirillatgulik kuchi bor, kolxozda bosh hisobchi edi… Nima qilsin?!
Lolaxon uch yil tishini-tishiga qoʻyib yashadi. Koʻngli isimadi eriga. Yotsa ham, tursa ham oʻsha oʻzining oʻgay akasi traktorchi Xoliqnazarni oʻylayverdi. Kechalari u anavi Oyposhsha bilan yotganini eslasa, battar azoblanaverdi. Eri ishdan kech kelgan kunlari xonasida yoti-ib uzoq xayollarga choʻmdi. "Qiziq, — derdi har safar oʻziga-oʻzi, — Mendan boshqalar ham, oʻgay boʻlsa-da, akasini sevib qolganmikin?.. Shuncha yil oʻzimni undan sovitmoqchi boʻldim… Qizlik paytimda ana shu sevgimning dastidan enamning kaltaklarini yedim, akam qancha vaqt menga gapirmay yurdi… Qaytolmadim-ku yoʻlimdan!.. Qayoqdanam ota-onam uni koʻchadan topib asrab olishgan ekan?! Asrab olishmasa, shunaqangi narsalar boʻlmasmidi?.. Ammo mana, erim bilan shuncha yashadim, koʻnglim ilimasa nima qilay?.. Nega meni hech kim tushunmaydi-a, nega?.. Oʻgay akamni koʻrdim deguncha, oʻzimni yoʻqotib qoʻyaversam, unga xayolan talpinaversam… Akamning, hech boʻlmasa, oʻshaning rahmi kelmasa… Nima qilay?.. Qachongacha vijdonimga qarshi, oʻzimni aldab yashayman?!”
Lolaxon kun peshindan oqqanda sekin hovliga chiqdi. Tevarak-atrofga qandaydir hissiz nazar bilan boqdi… Shu tobda saroylardek savlat toʻkib turgan hovli ham, soʻrida choʻk tushib astoydil koʻrpa qaviyotgan anavi qaynonasi-yu, hatto oʻzining egnida yashnab turgan "Esmeralda” koʻylagigacha, hamma-hammasi koʻzlariga baloday koʻrinib ketdi. "Yoʻq, ketmasam boʻlmaydi, — xayolidan oʻtkazdi Lolaxon, — Borib akamni koʻrmasam, unga yana bir marta uqtirib koʻrmasam boʻlmaydi… Men Oyposhshaminan yayra-ab yashashlariga sira-sira chidolmayman… U akamning tirnogʻigayam arzimaydi… Akamga faqat men munosibman…” Lolaxon sekin qaynonasining roʻparasiga keldi-da, gapni nimadan boshlashni bilmay kalovlanib qoldi.
— Ha, qizim, — dedi qaynonasi uning nimadir demoqchi boʻlayotganini sezib, — Gapingiz bormidi menda?.. Yasanib olibsiz, tinchlikmi?..
Lolaxon bir muddat sukut saqlab turgach, oʻzini qoʻlga oldi. U yoq-bu yogʻini toʻgʻrilagan boʻlib qoʻllari bilan koʻylagini paypaslay-paypaslay soʻz boshladi:
— Men uyimizga ketyapman, aya!.. Butunlay ketyapman…
— Voy, bu nima deganingiz, bolam?.. Butunlay deganingiz nimasi?.. Yo Neʼmat qurgʻur xafa qip qoʻydimi-a?.. Biluvdim… Nimaga har kuni hovlidan uyga kirmaydigan kelinimdan bugun darak yoʻq, devdim-a!.. Hali kelsin u yaramas, adabini bermasammi!..
— Yoʻq, undaymas… Shunchaki… Oʻgʻlingizda koʻnglim yoʻq… Iltimos, orqamdan borib ovora boʻlmasinlar… Men endi qaytolmayman… — Lolaxon shu gaplarni aytdi-yu, orqa-ketiga qaramay, hovlidan chiqib ketdi.
Qaynona esa, nimalar boʻlayotganiga hanuz aqli yetmay, allaqachon yoʻlga tushib olgan kelinining ortidan hay-haylab qolaverdi.
***
U Lolaxonning otasi. Yoshi ham yetmishni yoqalab qoldi. Yigitlik davrida ketmonchilikdan to kolxozning ombor mudirligigacha yetgan. Oʻziyam ja chapani yigit boʻlgan-da!.. "Uni ber, buni ber”, deb oldiga kelganlarning keragicha oshini yegan, arogʻini ichgan, xullas, kayfini qilgan. Ammo bir soʻm ham pora olmagan. Bolalarimga harom yedirmayman, oʻsha harom oʻzimga kelib, oʻzimdan ketaversin, degan… Xoʻsh, oqibati nima boʻldi?.. Qarigan chogʻida bu bolasi tushmagurlar ignachalik ham karomat koʻrsatishmadi… "Akamni yaxshi koʻraman deydi-ya!.. Astagʻfirullo!.. Qanday zamonlar boʻlyapti oʻzi?.. Dardini kimga aytsin?.. Enasi qurmagʻur mana 40 yildan berisiga tuppa-tuzuk yashayapti-ku menminan!.. Kimga tortdi oʻzi bu shakkok qiz-a?.. Men axir unga harom yedirmagandim-ku!.. Nega qarigan chogʻimda yuzimga oyoq qoʻymoqchi?.. Oʻgay boʻlsayam, harqalay, aka degan nomi bor…”
Doʻlta buvaning beixtiyor koʻzlari yoshlandi. Umrida yigʻlab koʻrmagandi. Hozir bi-ir toʻyib yigʻlamoqchi boʻldi-yu… Buniyam eplayolmadi… Hadeganda oʻpkasi toʻlib kelavermagandan keyin qanday yigʻlasin, axir?.. "Bu… Yigʻi deganiyam anavi qizim Lolaga oʻxshab qaysar bir narsa boʻladi shekilli-da!”
Doʻlta buva bir kampiri Mayram xolaga, bir hanuz roʻparasida tumshayib oʻtirgan qiziga qarab oldi-da, poʻpisa aralash gap boshladi:
— Menga qara, senlarni harom-harishminan boqmagandim-ku! Hech zamonda odam akasigayam koʻz olaytiradimi-a?.. Bolalikdan aka-singil boʻlib oʻsding, axir!.. Yoʻq… Bunaqasi mening avlod-ajdodimda boʻlmagan… Qarigan chogʻimda mahalla-koʻy oldida boshimni egmoqchimisan?.. Bunaqa hunaring oʻtmaydi… Hozir tinchgina uyingga joʻnamasang…
— Nima qilasiz?.. — otasining soʻzini boʻldi Lolaxon yigʻlab, — Ayting, nima qilasiz?.. Sizlar sevgi nimaligini qayoqdanam tushunardingiz…
— He sevgingning padariga laʼnat!.. — qoʻliga hassasini olib baqirdi Doʻlta buva, — Sevgimish-a, sevgimish!.. Akasiga koʻz olaytirgan qiz juvonmarg boʻlmay qolmaydi… Yoʻqol, dedim, obroʻying borida!.. Boʻlmasa… Boʻlmasa… Hoziroq qargʻavoraman, haromi!..
Mayram xola hozir qandaydir noxushlik yuz berishini sezib jon talvasasida erining yelkasiga yopishdi.
— Qoʻying, otasi, shaytonga hay bering… Oʻzingizni bosing… Hali yosh-da! Insofga kep qolar, axir!
Lolaxon esa bu vaqtda chorbog' tomonga oʻtib silkina-silkina yigʻlardi.
***
Lolaxon bahor oylarini juda yaxshi koʻradi. Har kuni erta tongda ariq boʻyiga chiqib oʻtirsa koʻngli yoziladi… Yana bahorning shunisini yoqtiradiki, akasi kechasi-yu kunduzi dalada boʻladi. Uyda aytolmagan ichidagi gaplarini ishlayotgan joyiga borib bemalol ayta oladi… Lekin… Akasi ham har safar jerkib solaversa, uni aqldan ozganga yoʻyaversa, nima qilsin?.. Qanday qilib uning tosh koʻngliga yoʻl topsin?.. Baribir, tugʻishgan aka-singil emas-ku, ular!.. Axir sevib qolgan boʻlsa, uni koʻrdi deguncha yuragi oʻynab ketaversa, u gunohkor emas-ku!.. Yoʻq… Chidayolmaydi… Oyposhsha bilan bir toʻshakda yotib turishiga, oʻshani xotinim deb atashiga aslo chidayolmaydi…
"Oʻldiraman, — pichirladi Lolaxon, — Ha, ha… Oyposhshani oʻldiraman!.. Ana undan keyin Xoliqnazar faqat meniki, faqat oʻzimniki boʻladi… Mayli… Qamalsam-qamalarman… Baribir, bir kun qutulib chiqaman-ku!.. Ha… Uni Oyposhshaga berib boʻpman!..”
Yuragi shaytoniy hislarga toʻlib-toshgan Lolaxon beixtiyor erini, kechagina ortidan hay-haylab qolgan qaynonasini esladi. Neʼmatjonning har safar yuzlaridan, boʻyinlaridan yutoqib-yutoqib boʻsa olishlarini, suyib-erkalashlarini koʻz oldiga keltirib koʻrdi… Shu mahalda nega bularning hammasini oʻylab qoldi?.. Bilmaydi… Faqat… Erini yodga olgani sari uning siymosi ilondek sovuq tuyulaverdi… "Oʻshandayam meni akasidan sovisin degan niyatda shu goʻrsoʻxtaga uzatib yuborishgan-da! — xayolidan oʻtkazdi Lolaxon, — Axir men oʻgay akamni bolaligimdan yaxshi koʻraman-ku!.. Mayli… Oʻlib ketishsin… Oyposhshaning boshiga yetganimdagina koʻzi ochiladi bularning…” Lolaxon bir qarorga kelgandek sekin oʻrnidan turdi-da, hovlisiga yetguncha oʻz niyatini qanday amalga oshirish haqida bosh qotira bordi.
***
Oyposhsha ozgʻin, kesimi judayam kichkina ayol. Onasi qazo qilgach, oʻgay onaning qoʻlida rosa azob chekdi. Ana oʻsha oʻgay ona uni bolaligida, "He, sholipoyadagi yogʻoch qoʻriqchiga oʻxshamay oʻl!..” — deb qargʻagani-qargʻagan edi. Xoliqnazarga tegib endi baxtimni topdim deganda qayinsinglisining qiligʻi oshib tushyapti!.. Buyoqda necha yildan beri farzand koʻrmay ezilib yurgan boʻlsa… Qaysi biriga chidasin?.. Bu ham yetmaganday kecha tushida oziq tishi oʻzidan-oʻzi tushib ketibdi… Yana qanday balolar boshlanar ekan-a?.. Tap etib eriga bir narsa boʻp qolsa-ya!.. "Tuf-tuf-tuf…” Oyposhsha oʻylagan bemaʼni oʻyidan vahimaga tushib shosha-pisha hovliga chiqdi. Uyda negadir hech kim koʻrinmadi. U yuragi gʻash tortib supur-sidir qilish ilinjida yana ichkariga qarab yurdi. Shu payt kutilmaganda Lolaxonning ovozi eshitilgandek boʻldi.
— Hoy, toʻxta, senda ishim bor!..
"Boshlandi, — oʻzicha pichirlab oldi Oyposhsha sekin orqasiga oʻgirilib qararkan, — Quturmay oʻlgur yana er talasha boshlaydi hozir…”
Lolaxon Oyposhshaning yaqiniga kelib toʻxtadi-da, kamzulining yon choʻntagidan ingichka ipak arqon chiqardi.
— Men senga necha marta aytgandim-a?.. — tahdid bilan soʻz boshladi Lolaxon Oyposhshaga yeb qoʻygudek tikilib, — Xoliqnazarning boshini ochib qoʻy demaganmidim?! Ersiramay oʻlgur, sen unga munosibmassan…
— Lolaxon, axir u akangizday gap-ku!.. — dedi goh qoʻrquv, goh hayajon aralash Oyposhsha, — Hadeb bitta gapni qaytaraverarkansiz-da, endi!..
Lolaxon bu gaplardan soʻng battar tutoqib, kutilmaganda Oyposhshaning boʻyniga chang soldi. Afsuski, qarshilik koʻrsatishga, Lolaxonning changalidan qutulishga Oyposhsha kuch topolmadi. Jon shirinlik qilib qancha silkinib chiranmasin, foydasi boʻlmadi. Lolaxon qoʻlidagi arqonni epchillik bilan uning boʻyniga oʻrab olib kuch bilan boʻgʻar, Oyposhsha xirillab-xirillab tipirchilagan sari "Oʻlasan!.. Oʻlasan!..” — deya qichqirardi. Shu payt Lolaxon tasodifiy tepki zarbidan ancha nariga uchib ketdi. Belida paydo boʻlgan qattiq ogʻriqqa chidolmay asta boshini koʻtardi-yu, sal narida Xoliqnazar xotinining yuziga tinimsiz shapatilab hushiga keltirmoqchi boʻlayotganini koʻrib battar tutoqdi. Lekin u hozir harchand urinmasin, zambildek ogʻirlashib qolgan gavdasini yerdan koʻtarib olishga kuchi yetmasdi.
***
Xoliqnazar traktorchi boʻlsa ham juda gʻururi baland yigit. Shaʼnini poymol qilishsa, sira kechirolmaydi. Xotinini juda yaxshi koʻradi, eʼzozlaydi. Bola tugʻilmayotganidan siqilgan paytlarida unga dalda beradi, yupatadi. Lekin Lolaxonning vahshiyona qiligʻidan soʻng ancha choʻkib qoldi. Ikki kungacha uydan hovliga chiqmadi. Oʻyladi, ezildi. Nima qilishni, qanday yoʻl tutishni bilmay rosa xunob boʻldi. "Koʻzimni chirt yumib oʻldirib yuboray desam, Xudodan qoʻrqsam… — oʻylardi u boshini changallab, — Urganing, soʻkkaning, hatto uydan haydab yuborganing bilan tushunmasa bu behayo… Nima qilish kerak-a, nima qilish kerak?..” Bu ham yetmaganday endigina koʻchaga chiqsa, mahalla oqsoqoli Imomberdi sovunkash (Yoshligida sovun olib sotgani uchun qishloqdagilar shunday laqab qoʻyib olishgan) koʻchadan oʻtib ketayotgan ekan. Xoliqnazarni koʻrdi-yu, xuddi yoʻqotgan narsasini topib olgan odamdek hovliqib gap boshladi:
— Xoliq… Uka, hammasini eshitdim… Yaxshi ish boʻmapti… Lokigin… Sen toʻgʻri ish tutibsan-u… Mahallada boshqacha gaplar ham tarqab ketib qopti-da, uka!..
— Yana qanaqa gap tarqalishi mumkin?.. — hayron boʻlib soʻradi Xoliqnazar.
— Sening kimligingni mahalla biladi-ku!.. Gap shundaki, singling, aytishlaricha, Homit birgadni shiyponida yotib yurganmish… Kimdir kechki payt u yerdan bir-ikkita begona erkak chiqib ketganini koʻrganmish… Tagʻin… Bilmadim…
Xoliqnazarning hushi boshidan uchdi. Bunday xunuk gaplardan soʻng sovunkashning koʻzlariga qarayolmas boʻldi. Nomusdan yuzlari shuvut boʻlib na yurishni bildi, na turishni. "Lola buzuqi… — xayolan oʻziga-oʻzi savol berardi u yerdan koʻzini uzmay, — Menga osilgani yetmaganday, boshqalarniyam yoʻldan ura boshlabdimi endi?.. Oilamiz shaʼnini yerminan bitta qilmoqchimi u maraz?! Oʻldiraman!.. Bir tomchi qoni qolmaguncha boʻgʻizlayveraman uni… Buzuqlik qanaqa boʻlishini koʻrsatib qoʻyaman hali…” Xoliqnazar yoʻlga otlanmoqchi boʻlib yerdan boshini koʻtarganida Imomberdi sovunkash allaqachon koʻzdan gʻoyib boʻlgandi.
***
Xoliqnazar shiyponga borishdan avval uyga kirib ogʻilxonadan uzun bir arqon topdi. Pichoq koʻtarib yurishga negadir yuragi dov bermadi. Ish bitgach, hech kimga indamay koʻchaga chiqdi-yu, shiypon tarafga qarab yoʻl soldi…
Homit birgad: "Shiyponni taʼmirlash kerak”, degandan beri bu yerga dalachilar qadam bosmay qoʻyishgan, suvoqlari koʻchib, sinchlari yiqilay-yiqilay deb qolayozgan binoni kunduzi kalamushlar, kechasi boʻlsa, qishloqning quturgan itlari makon tutishgandi, xolos. "Bunaqangi qoʻrqinchli yerda bir oʻzi qanday yashab yuribdiykin bu yaramas?.. — koʻnglidan oʻtkazdi Xoliqnazar shiypon soʻrisida teskari oʻgirilib olgancha suvga qotgan non botirib yeyayotgan Lolaxonga sekin-astalik bilan yaqinlashib kelarkan, — Tovuqmiya-ey, erinikiga borib tinchgina yashayversa oʻlarmikin?.. Ha, miyam qursin-a, qalangʻi-qasangʻilar kep turgandan keyin nimadan qoʻrqardi…”
Lolaxon oʻziga yaqinlashib kelayotgan qadam tovushlarini sezgandek shoshilinch orqasiga oʻgirildi-yu, roʻparasida Xoliqnazar turganini koʻrib beixtiyor quvonib ketdi.
— Voy, keling… Mendan xabar olgani keldingizmi?.. Bilardim, akajon, sizam menga befarq emasligingizni aniq bilardim… Voy, nega arqon koʻtarib yuribsiz?.. Ha-a, mol boqishni bahona qilib chiqibsiz-da-a uydan!.. Toʻgʻri-da, anavi "qoʻriqchingiz” bilib qolsa qoʻyarmidi sizni…
Xoliqnazar uning gaplarini jim turib eshitdi. Soʻzini tugatgach, zoʻrgʻa jahlini tiyib savolga tuta boshladi:
— Qaysi erkak bilan yotib yuribsan?..
Kutilmagan savoldan Lolaxon seskanib tushdi.
— Nima deganingiz bu?.. Qanaqa erkak?..
— Kimlardir kep-ketib yurganmish-ku!..
— Voy, tavba qildim-ey… Kim nima desa ishonaverarkansiz-da! Axir… Men hali aqldan ozganim yoʻq-ku!.. Nahotki, men shunaqangi buzuq ayollarga oʻxshasam-a?..
Bu gaplardan soʻng Xoliqnazar ancha hovuridan tushdi. Yuragining allaqaerida Lolaning yengiltak emasligiga ishongandek boʻldi… Lekin… Uyga olib ketishga qoʻrqdi… Otasidan hayiqdi… Hamma gaplarini aytib boʻlib ham undan koʻz uzolmayotgan oʻgay singlisining yuz-koʻzlariga, mayin sochlari-yu, goʻzal chehrasiga ichki bir achinish bilan umrida ilk marotaba tikilib qaradi. Koʻzlar toʻqnashdi… Ammo Xoliqnazarning koʻzlarida sevgi-muhabbat emas, akalik mehri tovlanardi, xolos.
***
Xoliqnazar qishloqqa qaytarkan, yoʻl-yoʻlakay barcha gʻam-anduhlarini aroq bilan bir yengib koʻrmoqchi boʻldi va uyiga kirmay toʻgʻri guzarga qarab yurdi… Pivoxonaga yetib kelgach, oʻziga ulfat qidirib koʻrdi. Xuddi aksiga olgandek birontayam tanish uchrayvermagach, stakanni toʻldirib aroq oldi-da, bir koʻtarishda sipqordi. Keyin… Aroqning ustidan sigaret tutatib koʻrdi… Kayfi taranglashgan sari Lolaxonga achinib ketaverdi, mehri tovlanaverdi. Ikkinchi stakanni yarmigacha boʻshatgach, dovdirab ketmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan yurib oziq-ovqat doʻkoniga kirdi. U yerdan bir boʻlak kolbasa, non, mayda-chuyda degandek sotib oldi-yu, yana shiyponga joʻnadi…
Xoliqnazar yetib kelganda Lolaxon bu yerlarda oʻzidan boʻlak hech kim boʻlmagani uchunmi, lozimini tizzadan balandigacha koʻtarib oyoq yuvayotgan ekan. Xoliqnazar beixtiyor gʻalati boʻlib ketdi. "Yoʻq… — dedi ichida, kayfi boʻlsa ham oʻzini tutib, — Axir… Singlim-ku!.. Qarab turaversam uyat boʻladi…”
— Lolaxon!.. — deya qichqirdi u teskari qarab, — Senga ovqat opkelgandim, singlim!..
— Voy, aka, sizmisiz?.. Nega teskari qarab turibsiz?.. Kelavermaysizmi? — dedi erkalangan ohangda Lolaxon hanuz oyoq yuvishda davom etarkan.
— Mayli… Sen bemalol yuvinib olavergin… Keyin borarman…
Hash-pash deguncha Lolaxon yuvinib ham boʻldi. Xoliqnazar oʻrtaga eski bir dasturxon yozib, olib kelgan narsalarini qirqib-qirqib Lolaning oldiga qoʻydi. U kolbasani ishtaha bilan tanovul qilarkan, oʻgay akasidan koʻzini uzmasdi. Kayfi keragicha taranglashib boʻlgan Xoliqnazar esa, ketini-ketiga ulab sigaret tutatardi. Lolaxon ovqatlanib boʻlgach, tobora koʻzi ketib borayotgan akasiga tikilib turib oʻzi ham payqamagan holda ohista pichirladi: "Bugun Xoliqnazar, baribir meniki boʻladi…” Xoliqnazar haqiqatan bir tomondan ichkilik, bir tomondan sokinlik eltdimi, oʻtirgan yerida rostakamiga uxlab qoldi. Uning uxlaganiga toʻliq ishonch hosil qilgan Lolaxon boʻlsa, tezda nimchasini yostiq oʻrnida qoʻyib polga yotqizdi. Keyin… Bir muddat tikilishdan soʻng akasining koʻksiga boshini qoʻydi. Sezmadi. Labiga labini bosib koʻrdi. Yana payqamadi… Fursatdan foydalangan Lolaxon endi Xoliqnazarning duch kelgan yeridan oʻpa boshladi. Oʻz niyati, ehtiroslari yoʻlida sharm-hayosi ham koʻziga koʻrinmadi. Pishillab uxlayotgan akasiga suykalaverdi, toʻlgʻonaverdi… Kayfi tarang erkak nima qilsin?.. Balki, tushda deb oʻyladimi, yo ehtiros ustunlik qildimi, uyquli koʻzlarini ochish malol kelsa-da, ustiga astoydil yastanib yotib olgan juvonni beixtiyor quchoqlab oldi…
XOTIMA OʻRNIDA
Lolaxonning oʻylamasdan bosgan qadami ikki oilani buzibgina qolmadi.
Ertasi kuni uygʻonib oʻzini singlisining bagʻrida koʻrgan Holiqnazar nomusdan oʻlay dedi. Taqdiriga, qismatiga laʼnatlar oʻqidi. Lolaxonni ham urishib tashlashni xohlardi. Urib tashlagisi kelardi. Biroq tili qisiq. Istaydimi-yoʻqmi, qand yeb qoʻygan. Endi ajrini tortishga mahkum…
Shu kuni peshinga yaqin Holiqnazar serqatnov yoʻlga chiqib katta tezlikda kelayotgan yuk mashinaning ostiga oʻzini otibdi.
Lolaxon esa…
Jondan aziz akasining oʻlimidan soʻng koʻp yashay olmadi.
Oʻzini katta kollektorga otib nobud boʻldi. Turish-turmushi gunohlardangina iborat, sevgi deyishga-da arzimas borliq, hayvoniy hirslar asosiga qurilgan ehtiros yer bilan bitta boʻldi.
Astagʻfirillo!!!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!