Hikoya: Iztirobli umr

Kun issiq. Yerda ungan maysalar osmonga tikilib, yomgʻir yogʻishini istashmoqda. Ayniqsa, uy orqasidagi daraxtzorlar ichidan makon topgan otquloqlarning yomgʻirni kutayotganligi ularning rangidan bilinib turibdi.
Abdivoyning ham bujmaygan yuzi otquloqnikidan qolishmaydi. Abdivoy oʻn sakkizga kirgan boʻlsa-da, boʻyi va tanasining oriqligidan aziyat chekadi. Unisi ham mayli, tengdoshlarining masxaralashi, daydi itlarning hurishi, maqtanchoq qizlarning nopisand nazari yigitchaning qalbini oʻksitadi. U oynaga qarab oʻzidan, badbashara yuzidan nafratlanadi.
Onasi Abdivoyni urishmaydi, qargʻamaydi. Oʻzi-ku, amakisining oʻgʻliga tegib, Abdivoyni tugʻdi. Nima oʻzgardi? Ota-onasining raʼyiga qarshi bormagani uchun mukofotmi bu? Yaqin qarindosh boʻlgani uchun bolasi nogiron tugʻildi. Bir yildan keyin ajrashishdi. Har tugul uzoq qarindoshlik rishtalari boʻlgani uchun Samad uy olib berdi va olti oyga qolmay boshqa ayolga uylandi. Farzandli boʻldi. Bolasi soppa-sog'…
Oysha yuragi kuyib yigʻlagandi oʻshanda. Ota-onasi bilan ham janjallashib qolib, hozir eri olib bergan uyda yashaydi. Abdivoyning yuragi shunga ham siqiladi. Bir haftadan beri isitmalab, hamma joyi ogʻrib chiqdi. Bugundan tuzuk. Abdivoy terakzorlar orasiga qoʻyilgan taxta karavotda choʻzilib yotarkan, Oyzodani esladi.
Sinfdosh qiz Oyzoda Abdivoy uchun yetishilmas orzu boʻlsa-da, faqat uni oʻylaganda koʻngli taskin topadi. Oyzoda Abdivoydan ancha baland boʻyli, gavdali qiz edi. Abdivoyga qizning koʻzi yoqardi. Oyzoda Toshkentga oʻqishga ketganidan beri uni koʻrolmaydi. Shularni xayol qilib yotarkan, birdan yoʻtali qoʻzidi. Tugʻma shunday. Abdivoy onasiga bildirmaslik uchun ogʻzini ikki qoʻllab yopib, uyga kirib ketdi. Xonasiga kirib, shkaf ustidan ikki dona dorini olib ichdi. Yoʻtal biroz tinganday boʻldi. Nimagadir yuragi hapriqib, oʻlim sharpasi uni quvib kelayotgandek ortga qoʻrquv bilan tisarildi. Keyin yerga oʻtirib qoldi. Yoʻtal yana kuchaydi. Abdivoy charchab qolganini his qildi. Polning gilam yetmagan joyiga yotib qoldi. Bor ovozi bilan «Oyi», deb baqirdi. Oysha opa oshxonada kuymalanib yurar ekan, Abdivoyning ovozidan choʻchib tushdi.
— Qaerdasan, bolam? — deya Oysha opa Abdivoyning xonasiga yugurdi.
— Oyi, yonib ketyapman, oʻlyapman, qutqaring! — deb pitirlardi Abdivoy.
— Karavotga yot, bolam, oʻzingni tut, meni qoʻrqitma, — deb Oysha opa Abdivoyni xona toʻridagi karavotga yotqizdi va yalangoyoq hovliga yugurib, qoʻshnisi Madina opani chaqirdi.
— Madinaxon, Madinaxon, tez keling, tezroq boʻling…
Past devorlar osha Oysha opaning ovozi Madina opaga yetib bordi. Madina opa tuman shifoxonasida ishlaydi. Dam olish kunida uyida edi.
— Tinchlikmi, opa? — dedi tashvishli koʻzlarini qoʻshnisiga qadab.
— Tez keling, Abdivoyning mazasi boʻlmayapti!
Madina opa Abdivoyga ukol qildi. Abdivoyning oriq tanasiga qarab, ichi achishdi. Ammo buni Oysha opaga sezdirmadi. Abdivoy tinchib, uxlab qoldi. Oysha opa qoʻshnisini kuzatib qaytarkan, Abdivoyning rangsiz yuziga qarab, yigʻlab yubordi.
* * *
Abdivoy yarim tunda uygʻonib ketdi. Hammayoq sokin, faqat uzoqdagi itlarning ovozi quloqqa elas-elas eshitilardi. Nimagadir turmoqchi boʻldi, ammo tanasini koʻtarolmadi. Oyisining karavotga suyanib uxlab qolganini koʻrib, yuragi uvishdi:
«Eh, onajonim-a, meni nega tugʻdingiz? Erta men oʻlib ketsam, yana siz qiynalasiz, azoblanasiz. Qaniydi, qayta tugʻilishning imkoni boʻlsa-yu, sogʻlom, baland boʻyli, koʻrkam yigit boʻlib tugʻilsam… Keyin siz men bilan faxrlanib yurardingiz!»
Abdivoyning issiq koʻz yoshlari qora yuzini goʻyo kuydirib tomchilar, ovozi chiqmasligi uchun yutinib-yutinib turardi. Derazadan balqib turgan oyga qarab chuqur xoʻrsindi. U oʻz umri davomida shunday buyuk hisni tuydiki, unga boshqa hech narsa kerakmas. Abdivoy hozir oʻzini, qalbini, onasining mehrini tuya olgani uchun baxtli, unga bundan ortiq baxtning keragi ham yoʻq. Abdivoy yana deraza tarafga qarab, balqib turgan oyga bir qur nazar tashladi-da, onasining ajin bosgan yuziga boqdi. Oq tushgan sochlarini siladi. Oysha opa uygʻondi-yu, bolasining koʻzlaridagi xotirjamlikni koʻrib, biroz oʻziga keldi.
— Uxlayvering, onajon, uxlayvering, men yaxshiman, sizni juda yaxshi koʻraman, oyijon…
— Men ham seni yaxshi koʻraman, bolam, bolajonim…
— Oyijon, siz oʻzingizni asrang, hech qachon yigʻlamang…
Abdivoyning oxirgi aytgan gaplari shu boʻldi.
Uning yuzida esa kechagi tabassum qotib qolgandi.
Taʼziyaga kelayotgan toʻp-toʻp odamlar orasida Abdivoyning otasi Samad ham bor edi…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!