TATAR KAMPIR…

Etmishdan oʻtgan, uzoq yillik bel ogʻrigʻi qaddini egib qoʻygan Nina xolaning uch xonali kvartirasi xorij musiqasi, qichqirib sakrayotgan mast-alast erkak, ayollarning dupur-dupuridan zir titrardi. Nina xola balkonning bir chetida mungʻayib oʻtirgan koʻyi oʻzicha gʻudranib qoʻyardi.
— Iloyim yer yutsin senday kelinni!.. Bilaman, Marat oʻgʻlimni shu niyatda qamatgansan. Oʻynashlaringminan hiringlasholmasding-da bolam borida!.. Xudo jazoingni bersin iloyim!..
— Hoy kampir! — Nina xola tanish, yoqimsiz tovushni eshitdi-yu, yuragi hapriqib, jonholatda oʻrnidan turishga tutindi. — Nimaga qahva damlanmagan haligacha? — semizdan kelgan, baland boʻyli, siynalarining yarmi ochiq Zina ikki qoʻlini belini tiragancha kampirni soʻroqqa tuta boshladi. — Nimaga koʻzingni loʻq qilib turibsan? Bor qahvalarni tayyorlab qoʻy! Biz fol ochamiz!..
— B-boʻpti, kelin! — deya oldi zoʻrgʻa Nina xola qaltis harakat qilib qoʻydimi, ogʻriq turgan beliga ikki kayftini bosib. — Hozir damlab beraman!..
— Fol ochmay doʻzaxga doʻmbira boʻlgin! — ichkari uyga kiriboq qichqirib raqs tusha boshlagan kelinining ketidan qargʻana-qargʻana oshxonaga oʻtdi Nina xola.
Odam qarisa, qoʻllari ham titrayveradigan boʻlib qoladi shekilli. Aksiga olgandek, suv qaynayotgan choynakni tutqichidan ushlab stol tomon olmoqchi boʻlgandi, tutqich tutgan qoʻllarida beixtiyor titroq turdi. Choynak polga agʻanab qaynoq suv sholcha ustiga toʻkildi. Bu orada Zina vannaxonaga kirib ketayotgandi. Taraqlagan tovushni eshitib yugurgancha oshxonaga kirdi.
Nina xola nima qilishni bilmay bir chetda qotib turardi.
— Voy Xudoyi-im!.. — chapak chalib soʻkina boshladi Zina. — Bu noshud kampirning dastidan qaerga qochay-y?.. Nima qilib qoʻyding?.. Endi bir kamim sening orqangdan axlatingni tozalashmidi?.. Rasvo qilding-ku sholchamni, yashshamagur!.. Buyoqqa yur, qarimay oʻlgur!..
Zina kutilmaganda Nina xolaga yopishib yoʻlak tomon sudradi.
— Hoy, nima qilayapsan? Oʻldirib qoʻyasan-ku kampirni!.. — baqir-chaqirni eshitib yoʻlakka chopib chiqqan erkak-ayol ulfatlar Zinani tortqilay ketishdi.
— Qoʻyvorlaring meni! — Zina ularni siltab tashlab tashqari eshikni ochdi. — Yoʻqol!.. Bu mening uyim!.. Oʻgʻlingning urib-tepganlari yetadi! Endi senam oʻsha yaramas bolangning yoniga borib yasha!..
* * *
Nina xola nimalar boʻlayotganiga hamon tushuna olmasdi. Tashqarida qish hukmron. Shu kuni qor boʻralab yogʻardi. U uy orqasiga oʻtdi-da, kamzuliga qattiqroq oʻralib katta koʻchaga boqdi.
— Ie, bu qanjiq meni oʻz uyimdan haydamoqchimi? — oradan besh-oʻn daqiqa oʻtib hushyor tortgan Nina xola uchinchi qavatdagi kvartirasi derazasi tomon qarab lablarini tishladi. — Nimaga? Oʻgʻlim bechorani-ku, ming xil tuhmatlar bilan qamatdi. Boʻlmasa, mening bolam umrida birovni chertmagandi. Oʻzi yoʻq yerdan janjal chiqardi. Ichvolib boshini devorga urib qonatdi-da, hammasini Maratimga toʻnkadi… E, boʻshang boʻlmay qursin shu bolam ham!.. Milisalarning tepkisidan qoʻrqqan-da! Yoʻqsa, qilmagan ishini qildim deb oʻzini dor ostiga tutib berarmidi… Yoʻq, haydab boʻpti bu megajin!.. Gʻing desin, qoʻshnilarni chaqiraman… Boshqalaridan umid qilmasam ham hech boʻlmasa, chekka podyezddagi oʻzbek qoʻshnilar chiqib ajratib olishar!.. Musulmon-ku!..
Nina xola dadil tortib ortga qaytdi.
Sezdi. Podyezdga kirayotganda birinchi qavatda yashaydigan oʻris qoʻshnilar qarab-qarab qoʻyishdi…
Be, ular tomosha koʻrishni bilishadi. Oʻtgan yili Marat kayfi oshib qolgan xotiniga baqirgandayam bittasi qorasini koʻrsatmagan. Eshik tirqishidan quloqlarini ding qilib miriqib eshitishgan xolos…
* * *
Nina xola qoʻrqa-pisa kvartirasi eshigiga yaqin bordi. Eshik lang ochiq edi. Zalning eshigi ham yopilmagan. Zina polda sonlari ochilgancha dumalab yotar, aylana atrofiga qusib tashlagandi.
Nina xola ijirgʻanib ogʻiz-burnini kaftlari bilan yopib sekingina xonasiga kirib oldi.
— Xudoga shukr, — dedi u eshikni ichkaridan tambalashga tutinib. — mastligiyam menga yaxshi boʻldi. Sovuqda qotib oʻlmaydigan boʻldim. Oʻlib ketsin qusigʻiga belanib!..
Kampir sim-sim ogʻriyotgan belini, oyoqlarini damba-dam uqalay-uqalay karavotiga choʻzildi.
Keksa odamga bundan ortiq istirohat bormidi. Ozgina boʻlsin, yumshoq koʻrpada choʻzilib yotsa, charchogʻi chiqadi, alamlarini unutadi…
* * *
Tong otganmidi, yoʻqmidi, Nina xola anglay olmay qoldi. Bilgani, hali tashqari qorongʻi edi.
Yoqimsiz tovushdan uygʻonib ketdi.
Ne koʻz bilan koʻrsinki, tepasida koʻzlari qizarib, ogʻzidan soʻlaklari oqqancha qoʻlida oshpichoq tutgan kelini Zina chayqalib turardi.
Nina xola azbaroyi qoʻrqib ketganidan dast boshini koʻtarib yostigʻini mahkam quchoqlab oldi.
— Menga qara, kampir, — deya Nina xolaga yaqinroq keldi Zina. — mayli, mastligimdan foydalanib kiribsan. Hech narsa demayman. Lekin bir shartimni bajarmasang, mana shu pichoqminan naq soʻyib tashlayman! Mening yoʻqotadigan hech narsam yoʻq!.. Eshitdingmi-yoʻqmi?..
— E-eshitdi-im… P-pichogʻingni ol nari!.. — qoʻrqqanidan boshini ikki qoʻli bilan berkitdi Nina xola.
— Ovozingni chiqarsang, qoʻshnilarning oldida sharmanda qilsang, oʻzingdan koʻr! — davom etdi Zina. — Yo… Aytasanmi-a?..
— Yoʻq… Aytmayman… Oʻldirma… Tegma menga!..
— Mana bu boshqa gap. — iyaklaridagi soʻlaklarni kirlangan kaftlari bilan arta-arta sovuq tirjaydi Zina. — Endi quloq sol. Hoziroq sening nomingdan ariza yozaman. Sen imzoingni qoʻyib berasan. Xoʻsh, rozimisan?..
— Q-qanaqa ariza?.. — keliniga ham hayrat, ham vahima aralash tikilib soʻradi Nina xola.
— Keyin bilasan. Hozir jimgina yotib kut!..
* * *
Nina xola kelinining xohishiga qarshi hech narsa qila olmadi. Garchi, arizaning nima ekanini tushunmasa-da, qandaydir muhim hujjatligini yuragi sezdi. Ammo bosh tortishga qoʻrqardi. Zinaning vajohati bunga yoʻl bermasdi.
— Ana boʻldi. — deya oppoq qogʻozni siynalari orasiga berkitdi Zina. — Manavi pulni olgin-da, quri bu uydan!..
Nina xola itoat bilan kelini tutqazgan bir dasta ikki yuztalikni qoʻliga oldi.
— Nega qarab turibsan? — oʻshqirdi Zina. — Boʻl tez! Hali zamon mehmonlarim kelishadi. Bilib qoʻy, birovga churq etsang, joning meni qoʻlimda, tuzukmi?
— Indamayman, bolam, indamayman. — harsillay-harsillay chit roʻmolga yengil kiyimlarini tugib Nina xola tashqariga yoʻnaldi. — Faqat… Urmasang bas!.. Aytgancha… Qachon kelay?.. Koʻcha…
— Oʻzim chiqib olib kelaman. — Zina kampirning hech narsaga tushunmaganiga toʻliq amin boʻldi chogʻi, aldashga oʻtdi. — Mehmonlarim ketishiminan olib kelaman. Oʻlmaysan birpas koʻcha aylanib tursang.
— Unda… Manavi tugunni qoldira qolay. — dedi Nina xola. — Xonamga qoʻyib…
— E, yoʻqot isqirtlaringni!.. — uni jerkib tashladi Zina. — Qarashga odam jirkanadi. Tez boʻl!.. Namuncha imillayverasan?..
Nina xola tayoq yeb qolmaslik uchun bukchaygan qaddini qoʻllari bilan tutib pildiragancha tashqariga yoʻl oldi.
* * *
— Kelin boʻlmay har narsa boʻlsin-da, shuyam! — qor uchqunlay boshlagan qorongʻi kechada nomaʼlum manzil tomon ketib borardi Nina xola. — Shunday sovuqda meni haydab soldi-ya!.. Shunchalik ham shafqatsiz boʻladimi?!. Endi qayga boraman? Kimning eshigini yarim kechada taqillatib kiraman? Qarindosh-urugʻim boʻlmasa. Qoʻshnilarga aytishga… E, yoʻq, oʻldirib qoʻyadi yaramas. Aytdi-ku birovga gullab qoʻyma deb!.. Toʻxta, shu sovuqda qachongacha izgʻib yuraman oʻzi? Qachon chiqadi-yu, qachon olib kirib ketadi? Umuman chiqmasa-chi? Sovuqda qotib oʻlsam-chi?.. Yoʻq, milisaga boraman. Ha, imi-jimida bor gapni aytaman. Oʻshalar meni himoya qilmasa, xarob boʻladiganga oʻxshayman. Milisalarning oldida menga qoʻl koʻtara olmaydi. Eh, qaerda ekan milisasi oʻzi?.. Oʻgʻlimni qamaganda qaysi yoʻldan borgandim-a?..
Nina xola negadir daraxtzorni kesib oʻtmoqchi boʻlib chapga qayrildi va qadamini tezlatdi.
Shu payt oʻn-oʻn besh qadamcha narida kattakon itga koʻzi tushib taqqa toʻxtadi. It koʻzlari yonib Nina xolaga tikilgancha irillardi.
— Ket!.. — qoʻl siltab uni haydashga tutindi Nina xola. — Tur ket!..
It qimirlamadi. Aksincha qattiqroq irillay boshladi.
— Bu ketadiganga oʻxshamaydi! — rangi oqarib astoydil oʻtirib oldi Nina xola. — Xudoning yuborgan qargʻishi boʻlmay oʻlgur!.. Yeb qoʻymasa goʻrgaydi!.. Voy-voy-ey-y!.. Endi bunisiyam bormidi menga?!. Yo… Qilgan gunohlarim uchun jazoimni berayaptimi Xudo?.. Yoshligimda qanday edim oʻzi? Anavi Zina qanjiqqa oʻxshagan battolmidim? Yoʻq, unaqa emasdim. Birovni behuda xafa qilmasdim…
Ha-a, oyimminan dadamning oldiga Mishani yetaklab kelganim yodimda. Qurib ketsin. Yoshlik ekanmi, qahvaxonalarda oʻtirib qizil vino ichishni xush koʻrardim. Ayniqsa, Misha bilan tanishganimdan keyin Xudo bergandi… Ishqilib, mana shu ichkilik tufayli ixtiyorimni unga topshirib qoʻydim. Ota-onamning koʻnglini ogʻritdim. Buyam yetmaganday, ularga zarda qilib uydan chiqib ketdim. Mishani tashlab Mardonni topdim. Nima koʻrdim? Maratimni orttirdim. Er ham hech qancha erlik qilmadi. Qamaldi ketdi. Men yana zarda qildim. Uni koʻrish uchun turmaga bormadim. Qamoqdan kelgach, bolani koʻrsatmadim. Mardon ham tashlab ketdi…
Mayli, peshonamga yozilgani shu ekan. Har kim ekkanini oʻradi-da!.. Hammasi oʻzimdan. Yoshligimda tuzuk-quruq odam boʻlsam, shu kunlarni koʻrmas edim. Mayli, endi itdan qanday qutulay? Yashshamagur koʻzini loʻq qilib turibdi…
— Ha, qorning ochdimi? — asta-sekin oʻrnidan qoʻzgʻalishga urindi Nina xola. — Meni yeb qoʻyasanmi? Qari kampirni-ya?.. Toʻxta, hozir…
Nina xola nimadir yodiga tushgandek, shosha-pisha tugunini kovlashtirdi. Kiyimlar orasida bir burdagina non bor edi. Shuni olib itning oldiga tashladi.
It nonga andarmon boʻlishidan foydalanib qolish ilinjida ehtiyotkorlik bilan ortga tislana boshladi. Biroq it nonga qarab ham qoʻymadi. Nina xola tomon yurdi.
— Voy!.. Qoch!.. Daf boʻl!.. It boʻlmay oʻlgur, yoʻqol!..
Kampir sovuq jonidan oʻta boshlaganini-da unutib qochishga tushdi. Yigirma-oʻttiz qadam naridan anhor oqib oʻtgan ekan. Pishqirib oqayotgan anhor boʻyiga kelib taqqa toʻxtadi.
— Toʻxta dedim! — ayozdan lablari titrab qichqirdi Nina xola irillashni bas qilib dumini likillatgancha yaqinlashib kelayotgan itga. — Agar toʻxtamasang, oʻzimni suvga tashlayman!.. Senam, anavi Zina megajinam qutulasanlar mendan!.. Toʻxtaysanmi-yoʻqmi?..
Jonivor nimani tushunsin. Kampirga juda-juda yaqin kelib qoldi.
— Endi oʻzingdan koʻr! — suvga sakrashga chogʻlandi Nina xola. — Bilib qoʻy, oʻlsam sen aybdor boʻlasan. Hamma sendan koʻradi!.. Mana senga!..
Nina xola koʻzlarini chirt yumib oʻzini suvga tashladi.
Kuchli oqim uni bir zumda anhorning oʻrtasiga tortib ketdi.
* * *
Shu tobda ikki-uch erkak shirakayf holda bog' ichidan oʻtib borishardi. Ulardan biri choʻkayotgan kampirni koʻrib qoldi-yu, anhorga qarab chopdi…
Nina xola ikki soatlar chamasi vaqt oʻtib kasalxona palatasida koʻzini ochdi. Harqalay, suvga toʻyinib ulgurmay qutqarib qolishibdi…
Qoʻl-oyoqlarini qimirlatib koʻrdi. Joyida. Xuddi yomon bir tush koʻrgan kabi uzoq muddat shiftga termulib yotdi. Nimalar boʻlganini eslashga urindi. Xotiri pand berib qoʻyaverdi…
Shu mahal palata eshigi ochilib baland boʻyli, bashang kiyingan, qoʻlida jild tutgan qirq yoshlar atrofidagi erkak ichkariga kirdi va eshikni mahkam yopib Nina xolaning tepasiga yaqin bordi.
— Xoʻsh, xola, tuzukmisiz endi? — soʻradi u kulimsirab. — Hech qaeringiz ogʻrimayaptimi?
— Yoʻq, yaxshiman, bolam. — dedi Nina xola va sekin oʻrnidan turib oʻtirdi. — Siz kim boʻlasiz?..
— Menmi?.. — bosh qashib qoʻydi erkak. — Baribir tanimaysiz.
— Ha-a, sizmi meni suvdan chiqarib olgan?
— Men emas. — erkak Nina xolaning oyoq tarafiga choʻkib jild ichidan bir surat chiqarib uzatdi. — Eng asosiysi tirik qoldingiz. Xo'-oʻsh… Endi xafa boʻlmasangiz, sizdan baʼzi narsalarni soʻrab olsam-a? Aytgancha, men prokuratura tergovchisi Mansurov Xalil boʻlaman. Mana bu suratdagi ayolni taniysizmi?
Nina xola suratni koʻrdi-yu, yuzini ters burib oldi.
— Taniysizmi, xola? — soʻrashda davom etdi tergovchi.
— Taniyman. Tanimayin men oʻlay… Oʻsha qanjiqni deb suvga tushib ketibman-da!..
— Qoʻying, yomon soʻzlarni tilga olmang… Demak, kechasi yuz bergan voqealarni ham yaxshi eslaysiz?
— Kechasi? Nima boʻldi kechasi?.. Men… Suvga tushib ketdim-da, bolam!..
— Siz marhuma Zina Rinadova bilan janjallashib qolgansiz. Keyin… U mast boʻlib uxlab qolganidan foydalanib, uyga oʻt qoʻygansiz-u, boqqa borib anhorga oʻzingizni tashlagansiz. Xoʻsh, toʻgʻri topdimmi?..
— Marhuma?.. Kim marhuma?.. — Nina xola yuragi bezovta urib sal qursa oʻrnidan turib ketayozdi.
Belida paydo boʻlgan ogʻriq tufayligina qaytadan oʻtirib oldi.
— Kim oʻldi?.. Zina oʻldimi?..
— Ha, siz oʻt qoʻygansiz-u, keliningiz olov ichida qolib ketgan…
— Kim oʻt qoʻyibdi?.. Men-a?.. Kim aytdi?..
Nina xola ogʻriqqa ham eʼtibor qilib oʻtirmay, dast oʻrnidan turdi.
— Qani, kim aytdi meni oʻt qoʻydi deb?..
— Oʻzingizni bosing, xola!.. Oʻzingizni qoʻlga oling!.. Mana, dalillar yetarli!..
Tergovchi qaytadan jildini ochdi-da, qogʻoz olib Nina xolaga tutqazdi.
— Bu nima? — soʻradi Nina xola. — Bu nima oʻzi?
— Bizga maʼlum boʻlishicha, keliningiz sizning nomingizdan uyni xatlab berishingiz haqida soxta ariza yozib, imzo chekishga majbur qilgan. Rostmi?
— Ha, rost! — jonlanib ketdi Nina xola. — U menga mana shu qogʻozni tutqazib imzo chekishga majbur qildi. Tomogʻimga pichoq tirab oldi.
— Keyin siz qoʻl qoʻydingiz. Shundaymi?
— Qoʻyaman-da! Jon hammagayam shirin.
— Qoʻni-qoʻshnilarni chaqirib chiqmadingizmi? Dod-voy qilmadingizmi?
— Be, qoʻshnilar chiqarmidi. Tomosha qilib turaverishadi ular. Odamning oʻlib ketganiminan ishlari yoʻq. Qolaversa, Zina «Birovga churq etsang, oʻlasan» deb qoʻrqitdi.
— Shundan keyin siz xonangizga kirib yotdingiz… Zinaning mast boʻlib uyquga ketishini kuta boshladingiz…
Nina xola indamadi…
U hamon tushuna olmasdi. Kutilmagan gaplar… Zinaning oʻlimi…
— Uy yondi dedimi? — miyasida nuqul shu savol aylanardi. — Nega yonadi?.. Kim yoqadi?.. Voy shoʻrim! Endi nima qilaman? Qaerda yashayman?.. Bolam-chi?.. Qamoqdan kelsa nima qiladi?.. Qaerdan boshpana topadi?..
— Xola, meni eshitayapsizmi?.. — oradagi sukunatni buzdi tergovchi. — Savolimga javob bermadingiz-ku!..
— Nima?.. Nimani soʻradingiz?
— Marhumaning uyquga ketishini kutdingizmi?..
— Yo'-oʻq… Nega kutarkanman?..
— Xola, tushuning, yoshingizni hurmat qilib qattiq gapirmayapman. Axir, six odam oʻldirgansiz!.. Buning uchun sizga kamida oʻn yil berishadi. Shuni bilasizmi?..
— Nima?.. — Nina xola koʻzlari ola-kula boʻlib tergovchiga qattiqroq termuldi. — Qamaysizmi meni?.. Qamaysizmi-a?.. Boʻpti, qamay qoling!.. Uyimni yonib ketdi deyapsiz-ku!.. Boradigan joyim qolmabdi. Mayli, oʻsha qamogʻingizda yashab tura qolaman…
Tergovchi bu gaplardan jigʻibiyroni chiqib qoʻl siltagancha nari ketdi.
Shunda palata eshigi ochilib ostonada yoshi elliklarga borgan, toʻladan kelgan bir erkak paydo boʻldi.
— Kechirasiz, siz tergovchimisiz? — soʻradi u bir Nina xolaga, bir Xalil Mansurovga javdirab.
— Ha, men. — dedi tergovchi eshikka yaqin kelib. — Oʻzingiz-chi?..
— Menmi? Men mana shu kampirning qoʻshnisi boʻlaman. Ismim Norqul.
— Voy, Norquljon, bormisan? — Nina xola tanish chehrani koʻrib beixtiyor jonlandi. — Qara, manavi odam meni qamayman deyapti!.. Endi oʻsha yerda yashaymanmi, bolam?..
— Xoʻsh, menda nima ishingiz bor edi? — kampirning soʻzini boʻlib Norqul akaga yuzlandi tergovchi.
— Bilasizmi… — dedi u choʻntagidan dastroʻmolcha chiqarib peshonasidagi terlarni artarkan. — Xolaning aybi yoʻq. Buni kechasi sheriklaringizgayam keliningiz aytgan ekan. Negadir ular quloq solishmabdi.
— Nega quloq solishmaydi. Nima degan ekan oʻzi?
— Ochigʻini aytaman. Kechasi Nina xolanikida katta ziyofat boʻlgandi. Biz bunaqangi shovqinlarga koʻnikib ketganmiz. «Ha endi, kelini tagʻin ulfatlariminan ichayaptikan-da!» dedik-u, qoʻl siltab qoʻya qoldik. Yongʻin ham Nina xola chiqib ketgandan keyin ikki soatlar oʻtgach boshlangan… Hammamiz yigʻilib olovni oʻchirdik. Jasadni ham oʻzimiz olib chiqdik. Keyin bilsak, Zina kampirni majburlab, qoʻrqitib uyni oʻziga oʻtkazish haqidagi arizaga qoʻl qoʻydirib olgan ekan. Nina xola arizaning nimaligini tushunmabdi hatto. Undan keyin yarim tunda qaynonani Zina qoʻliga pul tutqazib koʻchaga haydab solibdi. Shunday ekan, hamma ayb Zinaning oʻzida.
— Bu gaplarni boshqa qoʻshnilar ham tasdiqlaydimi? — soʻradi tergovchi.
— Albatta. Borib bemalol soʻrayverishingiz mumkin.
— Yaxshi. Oʻzim ham sira ishongim kelmay garang boʻlib turgandim… Mayli, siz tashqarida kutib turing. Hozir chiqaman…
— Xola, sira xavotirga tushmang. — dedi Norqul aka chiqib ketayotib. — Uyingiz ja unaqa qattiq yonmagan. Qoʻshnilar birgalashib taʼmirlab beramiz.
— Umringdan baraka top-e, bolam!.. — koʻzlariga yosh oldi Nina xola. — Endi meni hech kim haydab solmaydimi?..
— Aslo. Oʻgʻlingiz kelguncha qoʻshnilar navbatiminan qarab turamiz. Boʻpti, hozircha xayr!..
Tergovchi Norqul aka chiqib ketgach, Nina xolaning yelkasidan tutib karavotga oʻtqazdi.
— Charchagansiz, yotib dam oling. — dedi u. — Yana bir-ikki kun shu yerda boʻlishingizga toʻgʻri keladi. Ancha zoʻriqqansiz.
— Qamamaysizmi endi?
— Yoʻq, Qamashdan Xudo asrasin!.. Yoting, dam oling!..
Tergovchi chiqib ketdi.
Nina xola koʻzlarini yumgancha jimgina sukut saqlar, koʻzlaridan duv-duv yosh quyilardi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!