📖 Hikoyalar

BAXTNING BIR LAHZASI…

13 daqiqa 2K marta oʻqildi
BAXTNING BIR LAHZASI…
— Tanyusha, men seni bir odam bilan tanishtirmoqchiydim, — sekin shivirladi Vlad. — Faqat iltimos, aqlli qiz boʻlib, jilmayishni unutmagin!
— Bugunmas, — dedi Tanya qovogʻini uyib. — Bilasan-ku, men unaqangi narsalarni jinimdan yomon koʻraman!
— Ahmoq boʻlganmisan? U odam juda badavlat. Hamma hurmat qiladi. Menga judayam kerakli… Menga qara, senga birpas oʻsha bilan gaplashib koʻrish shunchalik qiyinmi?.. Oʻtinaman!..
— Sen mendan foydalanmoqchimisan?
— Asalim, kelajagimizni oʻylasang-chi!..
Tanya teskari oʻgirilib oldi.
— Bizda kelajak nima qilsin?
— Tanyusha, sekinroq gapirgin! Atrofdagilar bizga qarab qoʻyishyapti.
— Voy Xudoyim!.. Bunaqasini koʻrmagandim… Mayli, tanishtir oʻsha odaming bilan! Lekin vaʼda ber, keyin meni uyimga olib borib qoʻyasan! Men juda charchadim.
— Albatta, jonim, — Vlad ayolning qoʻlini oʻpdi, — Dunyoning narigi chetiga desang ham olib boraman. Men hozir…
Vlad koʻz ochib yumguncha toʻplanganlar orasiga kirib gʻoyib boʻldi…
Tanya odamlarga hissiz koʻzlar bilan boqarkan, bir narsani sira tushuna olmasdi. Nega Vladga bu qadar osonlikcha yon beradi? Soʻzini qaytara olmaydi? Axir, allaqachon oʻrtalarida bir paytlar paydo boʻlgan yoniq muhabbat soʻna boshlagan-ku!..
Vlad besh daqiqalardan soʻng yonida keksa bir erkak bilan paydo boʻldi.
— Mana, Tanyusha, tanishinglar, bu kishi hammamiz uchun hurmatli Yan Olegovich boʻladilar!.. Bu — Tanyusha!..
Qariyaning oʻzi gapni ilib ketdi.
— Siz bilan tanishganimdan bagʻoyat mamnunman. Bilasizmi, sizni anchadan beri kuzatib turgandim. Juda goʻzalsiz! Sizdek ayolni koʻpdan beri uchratmagandim…
— Yan Olegovich, ruxsat bersangiz, sizlarni yolgʻiz qoldiraman! — dedi Vlad ketishga chogʻlanib. — Zerikmanglar, men tez qaytaman!..
Tanya uning ortidan xoʻmraygancha qarab qoldi. Yan Olegovich uning holatini sezsa-da, bildirmadi. Ehtiyotkorlik bilan Tanyaning belidan oldi-da, shampan vinosi ichishga taklif etdi. Ayol qarshilik qilmadi.
— Sizga buer yoqdimi? — soʻradi qariya stol qarshisiga borib oʻtirishgach.
— Yoʻq, men bunday tantanalarni yoqtirmayman. Hammasi yuzaki.
— Siz haqsiz. Ishonasizmi, sizning ochiq gapirishingiz menga juda yoqdi.
— Xursandman.
— Yoʻq, Tanyusha, siz uyimga kelib aksincha meni xursand qildingiz.
— Hali… Sizmi bu uyning egasi? — hayrat aralash qariyaga tikildi Tanya. — Kechiring, men oʻylamay gapirib yubordim! Xafa boʻldingizmi?
— Aslo… Qurib ketsin shu tantanalari!.. Istasangiz, men sizga ichkarini koʻrsatardim.
— Koʻrsata qoling!
Qariya uni hovliga olib chiqdi. Oʻrtaga ajoyib favvora qurilgan. Hovlining aylana-atrofi gulzor. Sal nariga chet ellardan keltirilgan manzarali daraxtlar ekilibdi. Yonida oʻrindiq. Umuman, buerni shohona qasrga bemalol qiyoslasa boʻlardi…
— Maylimi, sizga bir savol bersam? — qariya sigarasini tutatib Tanyaga yuzlandi.
— Mayli.
— Ayting-chi, sizday aqlli va goʻzal ayol Vladga oʻxshagan yigit bilan nega uchrashib yurganiykin?
Tanyaning qovogʻi uyildi.
— Siz aqlliligimni qaerdan bila qoldingiz?
— E, men ancha yoshga kirganman. Shunday ekan, odamning kimligi, qandayligini tez anglay olaman. Bu mening ikkinchi kasbim, ha!
— Birinchi kasbingiz nima?
— Tanyusha, keling, yaxshisi, siz haqingizda gaplashamiz!.. Bilasizmi, agar adashmasam, siz baxtsiz insonsiz.
— Nega unaqa deyapsiz?
— Chunki oʻzimga yoqadigan odamlarning baxtsiz boʻlishini istamayman.
— Unda nimani taklif etasiz?
— Birinchi navbatda ismimni aytib chaqirishingizni xohlardim. Ana shunday qilsangiz, oʻzimni ancha yoshargan his etaman.
— Xoʻp, Yan, nimani taklif qilgan boʻlardingiz?
— Menikiga borsangiz…
— Shunda meni baxtli qilasizmi?
— Yo'-oʻq, aksincha siz meni baxtiyor qilasiz. Menda boʻlsa, siz uchun syurpriz bor.
— Nima ekan?
— Hozircha sir. Tez orada oʻzingiz bilib olasiz.
— Qachon?
— Tanyusha, nega titraysiz? Qoʻrqmang, kerakli odamlar siz bilan bogʻlanib, hammasini tushuntirishadi… Xoʻp, endi boraylik!..
Qariya uni yana boya tanishgan joylariga kuzatib qoʻydi-da, oʻzi mehmonlar orasiga kirib ketdi. Tanya Vladni qidira boshladi. U sal narida ikki qiz bilan turar, nimalarnidir tushuntirish bilan ovora edi.
— Vlad, sen meni uyimga olib borib qoʻymoqchiyding! — dedi Tanya unga yaqinlashib.
— Ie, sen qaytdingmi? Xoʻsh, qanday oʻtdi suhbatlaring?
— Mashinada aytaman.
— Boʻpti, jonim, men hozir. Mashinani olib chiqay…
Shu mahalda soat tungi ikkilar bor edi. Mehmonlar ham asta-sekinlik bilan tarqala boshlashdi. Tanya qorongʻilikda koʻchaga chiqib oʻnlab mashinalar orasidan Vladnikini qidira boshladi. Nihoyat oldiga mashina kelib toʻxtadi. Tanya orqa eshikdan sekin ichkariga kirib oʻtirdi-da, Vladga qarab:
— Nega turibmiz? Yurmaysanmi? — deya soʻradi.
Vlad indamay motorni oʻt oldirdi va mashina joyidan qoʻzgʻaldi.
— Sigaretimni olib ber! — dedi Tanya oʻrindiqqa suyanib oʻtirgan koʻyi. — Juda siqilib ketdim.
Vlad qayrilmasdan qutichadagi «Parlament» sigaretini Tanyaga tutqazdi.
— Ie, nega bunaqa sigaret olding? Sassiq-ku bu!..
Yana javob boʻlmadi.
— Vlad, — tutunni ochiq oynadan tashqariga puflab davom etdi Tanya, — Menga rostini ayt. Qachondan beri sen uchun suyuqoyoqqa aylandim-a? Qayoqdagi qariya bilan tanishtirding. Nahotki men shunaqalarning tengi boʻlsam?.. Bu birinchisi. Ikkinchidan, nega oʻsha qariya uy egasi ekanini aytmading?.. Aytgancha, u meni baxtli qilmoqchi ekan… Seni bu narsalar qiziqtirmaydimi?.. Nimaga jimsan? Ogʻzingga tolqon solvolganmisan?
— Men Vladik emasman — erkak toʻsatdan orqasiga oʻgirildi.
— Nima?.. Kimsiz unda? — koʻz oʻngida butkul begona yigitni koʻrgan Tanyaning rangi oqardi. — Mashinani toʻxtating, men tushib qolaman!
— Qaerga tushasiz? Shu dashterda-ya? Shahargacha hali oʻn chaqirim bor.
— Bir amallab yetib olarman.
— Yarim kechasi-ya?
— Siz Vladikning mashinasida nima qilyapsiz?
— Bu oʻzimning mashinam.
— U holda nega meni mashinangizga oʻtqazdingiz?
— Men oʻtqazganim yoʻq. Oʻzingiz oʻtirdingiz. Qarasam, juda asabiy ekansiz. Indamay qoʻya qoldim.
— Tushirib yuborsangiz boʻlardi-ku!..
— Hech qachon taksichilik qilmaganman. Bir sinab koʻrgim keldi… Mayli, istasangiz oʻshaerga qaytarib tashlab kelaman.
— Yoʻq… Agar oʻzingiz ham shaharga ketayotgan boʻlsangiz, olib borib qoʻying. Haqini toʻlayman!.. Siz ham mehmonga borganmidingiz?
— Ha — javob qildi haydovchi.
— Bir oʻzingizmi?
— Ha… Otingiz nima?
— Tanya.
— Meniki Alik. Doʻstlarim shunday deb chaqirishadi. Asl ismim esa, Oleg…
Shu koʻyi ikkovlari ham bir ogʻiz gapirishmadi. Shahargaetib kelgachgina, Tanya tilga kirdi:
— Chirogʻingizni yoqing, men yoʻl haqini toʻlab qoʻyishim kerak!
— Shart emas. Sizga xizmat qilganimdan mamnunman.
— Rahmat.
* * *
Tanya uyga kirib kompyuterni yoqdi. Keyin sigaret tutatdi…
Bilmaydi. Monitorga tikilgancha uzoq vaqt oʻtirdi. Shu orada yarim quti sigaret chekib yuboribdi…
Kutilmaganda oʻzini yomon his qila boshladi. Bildiki, hozir hushidan ketadi. Doimo shunday boʻladi. Bolaligidan qolgan asorat bu. Tezda oʻrnidan turdi-da, har ehtimolga qarshi yoniga spirt va ukol uchun shpris-dorilarni qoʻydi…
Birdan qulogʻi shangʻillay boshladi. Koʻz oldi qorongʻilashdi. Tanya shosha-pisha oʻrnidan turdi. Ha, tezda yotish lozim!..
«Koʻp chekib yubordim shekilli»… Tanyaning oxirgi marta esida qolgani shu boʻldi. U hushidan ketdi…
* * *
Dugonasi Yankanikida mehmonlar bor edi. Ular Ivan Kupalo bayramini nishonlashyapti. Toʻgʻri-da, bu bayramning boshqalaridan nimasi yomon?..
Mehmonlar bir soatcha ichkarida oʻtirishgach, birdan oʻrinlaridan turib tashqariga — koʻl boʻyiga yoʻl olishdi. Uerda havo toza, koʻlning muzdek shabadasi jonning huzuri…
Birpasda oʻrtaga olov yoqishdi…
Tanya ham olovdan uch metrlar narida turardi. Yoʻq, daraxtlar ortiga yashirinmadi. Bir joyda tik turgancha mehmonlarni kuzata boshladi. Uni koʻrishdi. Ammo hech kim eʼtibor qaratmayapti. Tanya boʻlsa bunaqangi munosabatlarga koʻnikmagan. Avvaliga hayron boʻldi. Qiziq, oʻzi buerda nima qilib turibdi? Qanday kelib qoldi? Nega uni hech kim payqamayapti? Hammalari tanish odamlar-ku!.. Ana, Diana Maksim bilan uchinchi qavatda turishadi. Yurka bilan Lina esa, beshinchi qavatdan…
Tanya ularga yaqinroq borishga ahd qildi. Lekin… Qadam tashlamoqchi boʻlganda, asta-sekin havoga koʻtarildi…
«Men oʻldimmikan? — xayolidan oʻtkazdi u. — Bu oʻzim emas, ruhim boʻlsa-chi?.. Unda nega ovqatning hidini dimogʻimda tuyyapman?.. Yo oynadan oʻzimni tashladimmikan?.. Bilmadim… Esimda yoʻq… Toʻxta, balki suvga tushib koʻrarman?..»
Tanya suvga yaqin borgani bilan ichiga tusha olmadi. Koʻldan besh santimetrlar balandlikda muallaq turib qoldi.
«Demak, aniq oʻlibman, — koʻnglidan kechirdi u. — Eh, afsus… Ha mayli, oʻlibdimi, endi narigi dunyoda nima gaplar ekanini aniqlab koʻradi. Afsus, Yankaning goʻshti menikida edi. Ertalab chiqsa, men boʻlmasam… Uf-f, rosa qiynaladigan boʻldi-da, bechora!..»
Tanya havoda turganerida asfaltda qonga belanib yotgan tanasini tasavvur qilib koʻrdi.
— Borib koʻrsammikan?.. E, sasib ketgandir hammayoq… Yaxshisi, mehmonlar tomonga borib, Yankaga qandaydir yoʻl bilan belgi berib koʻraman…
Hash-pash deguncha Tanya yana olov qarshisida hozir boʻldi. Mehmonlar suhbatga berilgandan berilib ketishibdi. Astoydil quloq tutdi.
— Nima desalaring denglar-u, — dedi Kostya, — Lekin Tanyaga achinaman. Yolgʻiz shoʻrlik.
— Obbo, — gapga aralashdi Yanka. — Siz erkaklar yolgʻiz ayollarning hammasiga achinasizlar…
— Nima deganing? Yolgʻizlik yomon. Shunday kunlar boʻladiki, suv berishga bir odam topolmay halak boʻlishi mumkin kishi.
— Tanya yolgʻizmas. Sen koʻrsayding, uning yoniga qanaqangi mashinalarda erkaklar kelishadi…
Bu suhbat ham Tanyaning joniga tegdi. Asta havoga koʻtarilib, oʻrmon ichkarisiga kirdi. Besh metrlar narida nimadir yarqiragandek tuyuldi. Tanya pastladi. Qiziq, bu ilohiy gul… Oʻrmonda qanday paydo boʻldi bu gul? Aytishlaricha, u narigi dunyo jannatida boʻlishi lozim edi. Nahotki, narigi dunyoda yuribdi?..
Ha, yana aytishardiki, shu gulga mabodo roʻpara kelgan odam nima tilak tilasa, albatta, ijobat boʻlarmish. Qani, tilak tilab koʻrsin-chi!..
Tanya gulni yerdan yulib oldi-da, asta shivirladi:
— Men baxt nima ekanini bilishni istayman… Men uni his qilishni istayman. Iltimos, hech qursa bir daqiqagina… Shu bir daqiqalik baxt abadiy davom etsin, iltimos!..
Shunda Tanyaning qoʻlidagi gul oʻz-oʻzidan moviy rang olov chiqara boshladi. Olov uning qoʻllarini kuydirmas, faqat qaraganda koʻzlari ogʻrirdi. Tanya koʻzlarini yumgancha keyin nima boʻlishini kutdi. Birozdan soʻng olov xiyla pasaydi. Tanya koʻzlarini ochdi…
* * *
Tanya koʻzlarini ochganda polda choʻzilib yotardi. Ustida kompyuter turadigan stol, monitor yuziga tegay-tegay deb turibdi. Tanyaning oʻzi zoʻrgʻa nafas olardi. U nimalar boʻlganini eslashga urinib koʻrdi. Ha, stuldan turgan zahoti hushidan ketgan. Demak, yiqilayotib stolni ushlab qolgan-u, ustiga qulagan…
Xoʻsh, endi qanday turib oladi oʻrnidan?.. Qimirlasa-yu, monitor tushib ketsa… Simda tok boʻlsa-chi?.. Tanya bolaligidan tokka yaqinlashishga qoʻrqadi…
Yana koʻzlarini yumdi. Qaytadan havoga koʻtarilayotganini his etdi. Tagʻin olov yonida paydo boʻldi.
— Xudoyim, bu nima oʻzi?..
Men tirikmanmi oʻzi?.. Tirikman. Men nimadir qilib turishim lozim…
Koʻzlarini ochib, asta oyoqlarini qimirlatib koʻrdi. Hammasi joyidaga oʻxshadi. Ohista qaddini koʻtarib, kompyuter ulangan joyga qoʻl choʻzdi. Ulgurmadi. Monitor toʻsatdan polga quladi.
Shu tobda kvartira eshigi ochildi.
Kim boʻldi?.. Kalit faqat Vladda bor edi-ku!..
Xursand boʻlib ketdi. Hech qachon Vladning kelishidan bu qadar quvonmagandi.
— Tanyusha, senga nima boʻldi? — baqirdi Vlad ichkariga kiriboq va qutqarish uchun stol tomon tashlandi.
— Avval kompyuterni oʻchir! — dedi zoʻrgʻa Tanya.
Vlad oʻchirdi.
— Nima boʻldi?.. Toʻxta, seni hozir koʻtarib olaman!..
— Tegma, ogʻriyapti!.. — qichqirib yubordi Tanya. — Qovurgʻam singanga oʻxshaydi. Yaxshisi, qoʻlingni ber!
— Balki kasalxonaga olib borish zarurdir seni?
— Kerakmas. Hozirmas, Vladik. Birpas yotay, oʻtib ketar…
— Mayli… Oʻzing bilasan… Bilasanmi, men nima uchun kirdim oldingga?
Vlad Tanyani karavotga yotqizgach, stol-stullarni joy-joyiga qoʻyib chiqdi.
— Menga nima boʻlganining endi qizigʻi yoʻqmi? — alam bilan soʻradi Tanya.
— Tanyusha, bas qil! Seni yaxshi bilaman. Bormayman dedingmi, tamom!..
— Ha-a, nimaga kirding oldimga?
— Ikki kundan soʻng Venaga uchib ketaman… Bilasanmi, sen Yan bilan qanday kelishuvga erishgansan, bilmadim-u, lekin u firmam bilan juda jiddiy bitimni imzoladi. Omadimiz kuldi, jonim!.. Xullas, sen men bilan oʻsha yoqqa borishing lozim. Ayt, ikki kun ichida tuzalib ketarmikansan?
— Sen hayvonsan! — dedi yotganerida Tanya. — Sen bilan hech qaerga bormayman. Seni koʻrishga koʻzim yoʻq!
— Tushunmadim…
— Nimani tushunmading? Oʻsha kuni qaerga, kim bilan ketganimniyam bilmaysan… Senga umuman qizigʻi yoʻq.
— Bilaman. Sen boshqasi bilan ketib qolibsan…
— Shu narsani bamaylixotirgina gapiryapsan-a?
— Nima qilay?.. Sening boʻyningga arqon solib yurolmayman-ku!..
— Shunaqami? Unda… Kalitni joyiga qoʻygin-da, koʻzimdan yoʻqol!..
— Tanyusha, oʻzimning boyligim, seni qanday yolgʻiz tashlab ketaman?
— Ikkiyuzlamachisan sen!.. Meni tinch qoʻy! Men hozir oʻzimni yomon his qilyapman…
— Boʻpti, lekin vrachni baribir oldingga yuboraman!..
Vlad shoshilinch kalitni joyiga qoʻydi-da, tashqariga chiqib ketdi…
* * *
Ertalab Yanka kirdi. Ranglari bir ahvol edi. Tanya zoʻrgʻa oʻrnidan turib oʻtirdi.
— Senga nima boʻldi, Yana?
— E, kecha qoʻshnilar bilan Ivan Kupalo bayramini nishonlagandik. Ertalabgacha oʻtiribmiz…
Tanya birdan hushyor tortdi.
— Nechada bordilaring? — soʻradi Tanya.
— Soat kechkiettilarda.
— Olov ham yoqdilaring-a?
— Ha, sen qaerdan bilasan?
— Keyin… Sening Kostyang men haqimda gapirdi, rostmi?
— Tushunmadim… Nima, sen ham borganmiding?.. Yoʻg'-e, u yerda sen yoʻq eding…
— Eshit, sen unga javoban rosa meni yomonlading…
— Bu gaplarni qaerdan olding?
— Bilaman-da!..
Tanya juda hayratda edi. Kechagi voqealar bilan Yankaning gaplari haqiqatan mos kelyapti… Nahotki?..
— Demak, gap bunday, — deya dugonasiga oʻgirildi Tanya. — Men sening oʻtirishingga kirmayman. Ana, goʻshtingni olgin-u, koʻzimdan yoʻqol!..
— Oʻrtoqjon, bu nimasi? Odam mastlikda nimalar demaydi…
— Bor, bor!
Tanya uni itara-itara kvartiradan haydab chiqardi va eshikni tambaladi.
* * *
Tanya ortiga qaytib oʻrniga choʻzildi va koʻzlarini yumdi.
Qiziq, kecha nimalar boʻldi oʻzi?
Demak, yuztuban polga yiqilgan-u, shu zahoti boshqa bir dunyoga borib qolgan.
Oʻlib ketsin!
Uning yodiga oʻrmondan topib olgan ilohiy gul, keyin… Tilak tilagani tushdi. Ha, bir daqiqalik baxt tilagandi. Shu bir daqiqalik baxt abadiy boʻlishini istagandi…
Shu baxtni tasavvur qilishning imkoni bormikan?..
Tanya biroz yotgach, uyquga ketdi…
* * *
Samolyot salonida styuardessa hammaga ichimlik tarqatib yurardi. Vlad bir stakan ichimlik olib Tanyaga uzatdi. Ayol Vladgaeb qoʻygudek tikilib qaradi.
Qanday yomon koʻradi-ya bu nusxani!.. Nimaga u bilan uchishga rozi boʻldi? Uyda jimgina oʻtiraversa oʻlarmidi?..
— Eh! — dedi Vlad kaftlarini bir-biriga ishqalab. — Venada maza qilamiz. Biz uchun alohida dasturlar tayyorlab qoʻyishgan…
Tanya indamay hojatxonaga kirib ketdi. Kirgani hamono sigaret tutatib oynadan tashqariga boqdi. Samolyot oppoq bulutlar ustidan uchib borardi.
«Oh, qaniydi bulutlar ustida uchib yursam!..» — xayolidan kechirdi u…
Xayolidan shu soʻzlarnigina oʻtkazishga ulgurdi, xolos. Shu payt samolyotning oʻng motori portlab ketgandek tuyuldi. Samolyot siltana boshladi. Hammayoq toʻs-toʻpolonga aylandi. Kimdir yiqilgan, yana kimdir bor ovozda qichqirgan…
Faqat Tanya havoda muallaq turardi. Bu holat ham uzoqqa choʻzilmadi. Samolyot qulay boshlaganda u oynani sindirib tashqariga oʻzini urdi. Yerga qulamadi. Aksincha bulutlar uzra bemalol parvoz qila boshladi…
Bir mahal qarasa, qulab borayotgan samolyot yonida Vlad hamer tomon tushib boryapti.
— Uf-f… Endi Vlad yoʻq! — deya oldi Tanya…
* * *
Ayol qora terga botib uygʻondi. Koʻzlarini ishqalay-ishqalay ochdi-yu, telefonga yopishdi:
— Allo, Vlad, bu men, Tanyaman!
— Nima boʻldi, yulduzim?
— Iltimos, Venaga uchma!
— Bu nima deganing?.. Yomon yiqilib, sal bosinqirayapsanmi deyman?
— Sen tushunmaysan… Qandaydir koʻngilsizlik yuz berishini sezib turibman. Samolyot qulab tushishi mumkin, eshityapsanmi?
— Balki qulamas…
— E, bilganingni qil!..
* * *
Oradan ikki kun oʻtdi. Vlad ketayotib ham qoʻngʻiroq qilmadi. Tanya yuragi gʻashlanib, sekin oʻrnidan turdi. Shu tobda eshik qoʻngʻirogʻi chalinganday tuyuldi. Borib eshikni ochdi. Ostonada Alik kulib turardi.
— Siz?.. Qaysi shamollar uchirdi?
— Oʻtib ketayotgandim… Bir koʻrgim keldi, Tanyusha!
— Kvartiramni qanday topdingiz?
— Topdim-da!..
Ichkariga kirishgach, Tanya mehmonni oshxonaga taklif etdi.
— Baribir tushunmayapman… Qanday topdingiz meni? — soʻradi Tanya.
— Toʻgʻrisini aytaymi?
— Ha.
— Yan Olegovichning odamiman.
— Nima boʻpti?
— Sizga nima desam ekan?.. Bilardim… Yan Olegovich sizga koʻz tashlab yurganini bilaman… Ammo… Men ham sizni koʻrganimdan keyin…
— Bu xushomadmi? — yigitning soʻzini boʻldi Tanya. — Erkaklarning hammasiyam shu ekan-da-a?.. Bir marta yotib koʻrish uchun nimalar deb tashlashmaydi!..
— Yoʻq, — Alik uning yelkasidan ohista tutdi, — Meni hali umuman bilmaysiz-ku!.. Yoqtirib qolganman sizni… Xohlasangiz ishoning, xohlamasangiz…
— Ishonmasam nima qilasiz? — kulib Alikning qoʻlinielkasidan nari surdi Tanya. — Shunda meni tinch qoʻyasizmi?
— Afsuski, tinch qoʻya olmayman…
— Axir boshligʻingiz bilan teskari boʻlib qolasiz-ku!..
— Tanya, men haqiqiy muhabbatni bir umr orzu qilib yashadim. Mana, oʻylaymanki, topdim oʻshani. Endi menga hech kim toʻsiq boʻla olmaydi… Iltimos, meni toʻgʻri tushuning!.. Sizni hech qachon koʻz yosh toʻkishga qoʻymayman, mana koʻrasiz!..
— Yoʻq, — dedi Tanya, — Men bir ogʻiz gapga uchib, oʻzini topshirib qoʻyadiganlardan emasman… Ochigʻi, erkaklardan kuyganman… Tinch qoʻying meni! Hech boʻlmasa bugun tinch qoʻying!..
— Xoʻp, siz nima desangiz shu! Bilingki, doimo umidvorman muhabbatingizdan!..
Alikni kuzatib qaytgach, Tanya yana Vlad haqida oʻylay boshladi.
— Nahotki, oʻldi?.. Balki hammasi boʻlmagan gaplardir…
Shu payt telefon jiringladi. Tanya shoshilinch goʻshakni koʻtardi. Yan Olegovich ekan.
— Tanyusha, — dedi u negadir xirillagan ovozda. — Kechiring, men sizga bir xunuk xabarni yetkazishga majburman…
— Nima boʻldi?
— Vlad uchgan samolyot qulab tushibdi… Hech kim tirik qolmaganmish… Hademay televizor orqali ham aytib qolishsa kerak… Faqat… Siz kuyinmang!..
Nega kuyinsin?.. Bu erkakdan allaqachon toʻyib ketgan… Aldaganlariga kuysinmi? Qoʻshib berib foyda koʻrmoqchi boʻlganlariga kuysinmi?..
Tanya boʻshashib stulga oʻtirib qoldi. Xayoliga kuni kecha koʻrgan narsalar keldi. Soʻngra… Ilohiy gulni esladi… Ha, bir daqiqalik baxt tilagandi. Shu baxt abadiy boʻlishini tilagandi… Demak… Nahotki, Alik boʻlsa shu baxt?.. Bechora tiz choʻkishga tayyor turdi… Nima qilsin?.. Yoʻq, u Vladga oʻxshagan emas… Agar shunday boʻlsa, oʻsha kechasi bir yoqqa sudrab ketmasmidi?..
— Oh, Alik, meni kechir!.. Oʻzimning ham yuragim jiz etgan. Ammo bir koʻrishdayoq oʻzimni topshirib qoʻyolmasdim. Tushun!.. Koʻrasan, keyingi kelganingda, sevgimni oshkor etaman… Chunki sen mening bir daqiqalik, ammo abadiy baxtimsan!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!