📖 Hikoyalar

SOBIRBEKNING SEVGISI .....(EX SEVGI)

1 daqiqa 2.4K marta oʻqildi
SOBIRBEKNING SEVGISI .....(EX SEVGI)
Mastlik oʻlsin, sezmaydi. Qachon nima qilganin. Avliyoxam bilmaydi.
Bu alkashni bilganin. Aslida bizni Sobir. Kotta bir ximik boʻlgan. Adashib moddalarda. Kegin enasin koʻrgan. Kashfiyotlar qilib-qilib.
Sevgiga topgan davo. Davoni sharob bilib. Mast yuradi doimo. Aytishicha mast boʻlsa.
Sevgi esdan chiqarmish.
Mana shuni kashfiyot deb.
Sobir alkash icharmish.

Bir tomondan u xaqdek.
Ichsang davo toparsan.
Lekin juda yomoni.
Oxiratni yoparsan.

Bu oʻlmagur Sobirbek.
Qoʻshnimizni sevardi.
Ichib olsa bechora.
Biz tomonga kelardi.

Erta tongda u kayf.
Kochamizda yuribdi.
Bir qoʻli yoʻq koʻylagu.
Yirtiq shimda turibdi.

Qoʻlini arang kotarib.
Qoʻshni uyni koʻrsatar.
Ovoz keladi uydan.
*bu kuningdan boʻl battar*

Chiday olmay bechora.
Boshin egib ketadi.
Shu bilan u piyoda.
Tunda uyga yetadi...

U yegan kaltaklarni.
Xatto itam yemagan.
Lekin, kuni yoʻqki xech.
Koʻchamizga kelmagan.

Sovuq qishmi, yomgʻir kuz.
Xar kuni u keladi.
Shuncha yillar oʻtsa xam.
U qoʻshnimni sevadi.

Bazida u alamdan.
Koʻz yoshlarin toʻkadi.
Yuraksiz qoʻshnilarim.
Chin oshiqni soʻkadi.

Bechora chindan sevsa.
Yana u mi ayibdor.
Aslida Sobir emas.
Mani qoshnim gunoxkor.

Koʻchada koʻrib kecha.
Gapga soldim oʻzimcha.
- Bugun dam olmabsizda.
- Kelmasam boʻlmasdida.

Homush edi nigoxi.
Umidini uzgandi.
U tirik ediku lek.
Orzulari oʻlgandi.

Unga judayam qiyin.
Buni yolgʻiz men bildim.
Kelgan edi dardlashgim.
Qandaydur xazar qildim.

Oʻsha kun esdan chiqmas.
Kelib ketdi xoʻrligim.
Sobir oshiq yotardi.
It xidlardi oʻligin.

Qaxraton qish kunida.
Sobir oʻldi xor boʻlib.
U makon bilgan koʻcha.
Qolgan endi tor boʻlib.

Oynadan termulgancha.
Qoʻshnim xarkun yiglaydi.
Hursand boʻling qoʻshnilar .
Sobir endi kelmaydi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!