🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻinib yashaylik bir birimizni

5.1K marta oʻqildi
Sogʻinib yashaylik bir birimizni
Ilk sevgi eng baland koʻkdagi yulduz.
Undan uzolmaymiz koʻz qirimizni.
Visol deganlari armon boʻlsa ham,
Sogʻinib yashaylik bir birimizni.

Omonat dunyoga omonlik tilab,
Har dilga ezgulik olovin qalab,
Yahshi yu yomonni yod aylab,
Sogʻinib yashaylik bir birimizni.

Yodimda shod kulib yurgan onlarim,
Jonimga jon qadar jona jonlarim,
Unutmasdan albat qadirdonlarim,
Sogʻinib yashaylik bir birimizni.

Tim qora qosh koʻzli goʻzalim erkam,
Yaratgan bahtingiz aylasin bekam.
Sizdan bir utinchim nozli malikam,
Sogʻinib yashaylik bir birimizni.

Bahorni sogʻinib kutgan loladek,
Sayroqi bulbullar aytgan noladek,
Koʻnglida gʻubori yuk yosh boladek,
Sogʻinib yashaylik bir birimizni.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sogʻinch haqida sherlar

Seni sogʻindim deb aytolmadim

12-aprel, 20215.4K
Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻindim

13-aprel, 20214.5K
Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻinch

13-aprel, 20214.2K