🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Yana maktub, keraksiz qogʻoz...

4.9K marta oʻqildi
Yana maktub, keraksiz qogʻoz...
Yana maktub, keraksiz qogʻoz,
Qoʻlingizda titrab turibdi.
Yana koʻngil tentirab bir oz,
Mexringizni izlab yuribdi !

Yozolmadim biron soʻz tayin,
Oppoq qogʻoz gʻamgin yetibdi.
Sogʻinchlarim toʻkilib mayin,
Soʻz oʻrniga yoshlar ketibdi !

Labingizga bosing bir bora,
Ahir lablar unsiz soʻnibdi.
Yozolmayin baydin bechora,
Egilgancha koʻngil koʻnibdi !

Xar kun shunday maktub bitaman,
Hayollarim oʻydan tolibdi.
Yozolmasdan yoshlar toʻkaman,
Soʻzlarim xam hayron qolibdi !

Yana maktub, yana soʻzlar oz,
Dilchi, alam yutib yuribdi.
Qoʻlingizda titragan qogʻoz,
Yuragimni tutib turibdi..
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sogʻinch haqida sherlar

Seni sogʻindim deb aytolmadim

12-aprel, 20215.4K
Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻindim

13-aprel, 20214.5K
Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻinch

13-aprel, 20214.2K