Saryogʻli nozik seld gazagi

Moʻjizaviy gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash usuli:
1. Saryogʻni xona haroratida yumshating.
2. Seld baligʻi terisi va ichki qismlarini tozalang. Muzdak oqar suvda yuving va oshxona sochigʻida quriting. Mayda shaklda toʻrgʻang.
3. Pishirilgan tuxumni qirgʻichning kichik tomonidan chiqaring.
4. Yumshatilgan saryog', seld baligʻi, tuxum, xantalni bir idishda birlashtiring. Aralashtiring.

5. Folga qogʻozini tekis joyga yoying. Mayda toʻrgʻalgan koʻkatni yupqa qatorda seping. Koʻkat ustidan seld-saryogʻli massani kolbasa shaklida soling.
6. Folga qogʻozini oz-oz qismda koʻtaring. Huddi seldli massaga koʻkat sepgandek.
7. Barcha tomoni koʻkat bilan oʻralgan seldli kolbasani folga qogʻoziga oʻrang va 1 soatga muzlatgichga qoʻying.
8. Belgilangan vaqt oʻtib, nozik gazakni non boʻlaklariga surting yoki kesib qoʻying. Nozik va mazali gazakni dasturxon davrasiga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
- 180 gramm saryog'
- 1 dona seld baligʻi
- 1 dona pishirilgan tuxum
- 1 choy qoshiq xantal (gorchitsa)
- 30 gramm ukrop
Tayyorlash usuli:
1. Saryogʻni xona haroratida yumshating.
2. Seld baligʻi terisi va ichki qismlarini tozalang. Muzdak oqar suvda yuving va oshxona sochigʻida quriting. Mayda shaklda toʻrgʻang.
3. Pishirilgan tuxumni qirgʻichning kichik tomonidan chiqaring.
4. Yumshatilgan saryog', seld baligʻi, tuxum, xantalni bir idishda birlashtiring. Aralashtiring.
5. Folga qogʻozini tekis joyga yoying. Mayda toʻrgʻalgan koʻkatni yupqa qatorda seping. Koʻkat ustidan seld-saryogʻli massani kolbasa shaklida soling.
6. Folga qogʻozini oz-oz qismda koʻtaring. Huddi seldli massaga koʻkat sepgandek.7. Barcha tomoni koʻkat bilan oʻralgan seldli kolbasani folga qogʻoziga oʻrang va 1 soatga muzlatgichga qoʻying.
8. Belgilangan vaqt oʻtib, nozik gazakni non boʻlaklariga surting yoki kesib qoʻying. Nozik va mazali gazakni dasturxon davrasiga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!