Sabzavot-tovuqli gril

Moʻjizaviy taʼmga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash usuli:
1. Tovuq goʻshti filesini uzunligi boʻylab 4 qismga boʻling. Oziq - ovqat plonkasiga oʻrang va oshxona bolgʻasi bilan goʻsht qismlarini urib chiqing.
2. Goʻshtlarga limon sharbati va tuz, murch sepib, marinadlang. Qizdirib, yog' surtilgan gril tovasida goʻsh boʻlaklarini har tomonlama, qizartirib pishiring.
3. Lavash noni ustiga salat bargi, goʻsht boʻlagi, kesilgan pomidor, mayda toʻrgʻalgan koʻkat va taʼbga koʻra tuz seping. Rulet qilib oʻrang.


4. Tayyor, mazali gazakni tartar sousi bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
- 1 dona tovuq goʻshti (filesi)
- 4 dona 30x30 lavash noni
- 2 dona pomidor
- 1 bog' salat bargi
- 1/2 dona limon
- Taʼbga koʻra ukrop va koʻk piyoz
- Tuz va murch
- 4 osh qoshiq tartar sousi
Tayyorlash usuli:1. Tovuq goʻshti filesini uzunligi boʻylab 4 qismga boʻling. Oziq - ovqat plonkasiga oʻrang va oshxona bolgʻasi bilan goʻsht qismlarini urib chiqing.
2. Goʻshtlarga limon sharbati va tuz, murch sepib, marinadlang. Qizdirib, yog' surtilgan gril tovasida goʻsh boʻlaklarini har tomonlama, qizartirib pishiring.
3. Lavash noni ustiga salat bargi, goʻsht boʻlagi, kesilgan pomidor, mayda toʻrgʻalgan koʻkat va taʼbga koʻra tuz seping. Rulet qilib oʻrang.

4. Tayyor, mazali gazakni tartar sousi bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!