🍛 Taomlar

Roll sendvich

3K marta oʻqildi
Roll sendvich
Yengil tamaddi uchun ajoyib tanlov! Ajoyib gazak oʻrnini ham egallaydi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Dasturxon davrasida barcha uchun maʼqul boʻladi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 1 dona gamburger bulochkasi
  • 50 gramm qisqichbaqa tayoqchasi
  • 50 gramm mayonez
  • 80 gramm ketchup
  • 20 ml konyak
  • 30 gramm pomidor
  • 3 gramm selderey
  • 30 gramm tuzlangan bodring
  • 15 gramm kartoshka chipsisi
  • Zaytun va oʻsimlik yogʻi
Roll sendvichTayyorlash usuli:
1. Pomidorni yumaloq shaklda kesing.
Roll sendvich2. Seldereyni toʻrgʻang.
Roll sendvich3. Mayonez, kutchup va konyakni birlashtiring.
Roll sendvichRoll sendvich4. Qisqichbaqa goʻshtini maydalang va saryogʻni birlashtiring va mikratoʻlqinli pechda yoki tovada isiting.
Roll sendvich5. Qisqichbaqa goʻshti, selderey, taʼbga koʻra qalampir, mayonez aralashmasini birlashtiring va yaxsgilab aralashtiring.
Roll sendvich6. Bulochkani ikki tomonini saryog' yoki oʻsimlik yogʻida qovuring. Oʻrtasidan ikki qismga boʻling.
Roll sendvich7. Pomidor boʻlaklari, qisqichbaqali asos, tuzlangan bodring boʻlagini soling. Selderey bargi bilan bezating.
Roll sendvichRoll sendvich8. Sendvich tortiladigan idishga kartoshka chipsisi va tayyor sendvichni qoʻying. Mazali sendvichni dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!