🍛 Taomlar

Pishloqli karp baligʻi

3.4K marta oʻqildi
Pishloqli karp baligʻi
Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozi, deyarli ogʻizda butunlay erib, moʻjizaviy lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 1 dona karp baligʻi (taxminan 300 gramm)
  • 50 gramm pishloq
  • 20 gramm limon
  • 8 dona funduk yongʻogʻi
  • 1 dona sarimsoq donachasi
  • 1 boʻlak oq non
  • 1 dona piyoz
  • 1 choy qoshiq mayonez
  • 1 choy qoshiq shakar
  • Tuz va murch

Tayyorlash usuli:
1. Limonni yumaloq shaklda kesing, soʻng, 4 qismga boʻling. Shuningdek, piyozni ham shu tarzda kesing va shakar seping.

2. Oq non boʻlagi, funduk, sarimsoq va pishloqni birlashtirib, blenderda aralashtiring. Aralashmani mayonez bilan aralashtiring.

3. Tozalangan karpni tuz va murch bilan barcha qismini surtib chiqing.

4. Baliq ichiga piyoz va limon aralashmasini soling. Pergament yoki folga qogʻozi yozilgan pishirish qolipiga baliqni qoʻying. Tayyorlangan pishloqli sousni quying. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-30 daqiqa davomida pishiring.

5. Hushboʻy va nozik baliqni tayyor boʻlishi bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.