Muxabbat

Sen chiroyli izhor aytarding,
Men chiroyli uyalar edim.
Sen mardlikdan topganding kamol,
Men hayodan ulgʻayar edim.
Termularding menga avaylab,
Nigohlaring suvday pok edi.
Odamlarning qalbi qip-qizil,
Bizning yurak koʻkday koʻk edi.
Hamma aytsa, sizni sevdim deb,
Sen aytarding: salomatmisiz?
Men ham suydim deyish oʻrniga,
Kashf etardim yangi-yangi soʻz.
Sogʻindim deb aytmasding sira,
Suydim desam boʻlardi uyat.
Biz hech qachon sevdim demasdan,
Yaratgandik ulkan muhabbat.
Men chiroyli uyalar edim.
Sen mardlikdan topganding kamol,
Men hayodan ulgʻayar edim.
Termularding menga avaylab,
Nigohlaring suvday pok edi.
Odamlarning qalbi qip-qizil,
Bizning yurak koʻkday koʻk edi.
Hamma aytsa, sizni sevdim deb,
Sen aytarding: salomatmisiz?
Men ham suydim deyish oʻrniga,
Kashf etardim yangi-yangi soʻz.
Sogʻindim deb aytmasding sira,
Suydim desam boʻlardi uyat.
Biz hech qachon sevdim demasdan,
Yaratgandik ulkan muhabbat.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!