Ayiqning tugʻilgan kuni

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Katta oʻrmonning oʻrtasida bir uy bor ekan. Oʻsha uyda ota ayiq, ona ayiq va Maymoqvoy ismli kichkina ayiqcha yashar ekan. Bahorning oxirgi kunlaridan birida ona ayiqning tugʻilgan kuni nishonlanar ekan. Maymoqvoy bir necha kun onasining tugʻilgan kunida uni qanday xursand qilishni oʻylabdi. U onasiga chiroyli bir hadya hozirlamoqchi ekan. Oʻsha kuni kelganda tushdan keyin ona ayiq savatini qoʻliga olgach, oʻgʻliga: Bolam, men maymunjon terishga ketyapman. Sen toʻpolon qilma, - deb tayinlab ketibdi. Maymoqvoy derazadan tashqariga qarabdi va oʻyga tolibdi. Soʻng birdan sakrab yuboribdi va yugurib yon qoʻshnisi quyonlarning eshigini taqillatibdi. Eshikni ochgan kichik quyonga: Bugun onamning tugʻilgan kuni. Unga bir tort pishirmoqchi edim. Onam xursand boʻladi. Menga yordam berasanmi? - debdi. Ha, bu juda yaxshi fikr, - debdi quyon. Soʻng biroz oʻylab: Onang qayerda? Uyda emasmi? - deb soʻrabdi. Yoʻq, maymunjon terishga ketdi, - deb javob beribdi Maymoqvoy. Bu paytda kichkina olmaxon va sichqon ham shu atrofda oʻynashayotgan ekan. Ular bu suhbatni eshitib: Biz ham yordam beramiz, - deb ularning oldilariga kelishibdi. Hammalari birga ayiqchaning uyiga borishibdi. Ularning oshxonasi juda toza va tartibli ekan. Onam baʼzan tort pishirardi, ammo men qanday pishirishini yaxshi eslolmayman,- debdi ayiqcha. Tort pishirish juda oson. Avval yog' bilan shakarni yaxshilab aralashtirasan, - debdi sichqon. Maymoqvoy katta idish olibdi va ichiga yogʻ va shakarni solibdi. Tuxum ham solishing kerak, - debdi quyon.
Ozgina qaymoq ham sol, - debdi olmaxon. Maymoqvoy aytilganlarning hammasini qoʻshgach: Ozgina asal ham qoʻshaylik. Asal tortga mazali taʼm beradi, debdi. Voy, unutibmiz-ku! Tortga un solish kerak-ku! - deb baqiribdi quyon. Ayiqcha un ham solibdi va aralashtirishda davom etibdi. Oxirida idishdagi xamirni patnisga solish uchun oshxonaning narigi tarafiga ketayotganida birdan uning oyogʻi qayrilib ketibdi va yiqilib tushibdi. Uning ust-boshi, qoʻllari va oshxonaning poliga tortning xamiri toʻkilib ketibdi. Hamma kulib yuboribdi. Shu payt eshik tarafdan bir ovoz eshitilibdi. Bu ona ayiq edi. U oshxonaga kirib: Maymoqvoy, senga nima boʻldi? - deb soʻrabdi. Ayiqcha xafa boʻlib: Sizning tugʻilgan kuningizga tort pishirmoqchi edim. Sizni xursand qilmoqchi edim. Doʻstlarim ham yordam berishmoqchi edi, ammo men hammasini barbod qildim, debdi.

Ona ayiq kulib: Shunaqami? Meni xursand qilmoqchimiding? Buni xohlaganing yaxshi, bolam, qani, borib ust-boshingi almashtir, yuz-qoʻlingni yuv. Soʻng hammangiz birgalikda bu yerni tozalaysizlar, deb oʻgʻlini oʻrnidan turgʻazibdi. Keyin boshqalarga: Qani, boʻlaqolinglar, debdi kulib. Bolalar oshxonani tozalashga kirishib ketishib-di. Ular atrofni tozalashayotganlarida ona ayiq maymunjonli tort pishirishni boshlabdi. Saldan keyin ota ayiq ham kelibdi. U doʻstlarini ham tugʻilgan kunga taklif qilgandi. Kech boʻlganda hamma narsa tayyor edi. Hammalari baravar ona ayiqni tugʻilgan kuni bilan tabriklashibdi. Anchadan keyin hamma bolalar horgʻinlikdan uxlab qolishibdi. Ona ayiq ularga qarab kulibdi. Soʻng doʻstlariga qarab: Bu tugʻilgan kunimni hech qachon unutmayman! - debdi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!