🧚 Ertaklar

Sichqonning gugurt qutilari

2 daqiqa 3.3K marta oʻqildi
Sichqonning gugurt qutilari
Kichik bir qishloqda xaroba bir uy bor ekan. Bu uyda ikkita sichqon yashar ekan. Ular birbirlarini juda yaxshi koʻrishar, bir-birlarini yaxshi tushunishar ekan. Sichqonlar faqat bir mavzuda kelisha olmas ekanlar: gugurt qutilari. Erkak sichqon gugurt qutisini yigʻishni yaxshi koʻrar ekan. Qachon boʻsh gugurt qutisini koʻrsa, uni olib uyga keltirar ekan. Ammo sichqon xonim bundan xursand emas ekan. Sichqon gugurt qutisini olib kelganida sichqon xonim vaysayverar ekan. Bir kuni uning sabri tugabdi: - Hamma joy gugurt qutisiga toʻlib ketdi. Bularning bizga nima foydasi bor? Nima boʻlsa ham, shularni otib yubor. Bu uyda gugurt qutilarini koʻrishni xohlamayman. Bu yerda gugurt quti, u yerda gugurt quti, hamma joyda gugurt qutisi! Bu uy gugurt qutilariga toʻla. Narsalarimizni qoʻyishga joy qolmadi. Sen bu qutilarni nima qilishingni umuman tushunmadim. Erkak sichqon bamaylixotir javob beribdi:

Sichqonning gugurt qutilari
Sichqonning gugurt qutilari
- Nega unday deyapsan? Bir kuni biror narsaga yarab qolar, - debdi. Aslida sichqon ham ularni nima qilishni bilmas ekan. Faqat ularni yigʻishni xohlar ekan, xolos. Sichqon xonim gapining umuman taʼsir qilmaganini koʻrib battar jahli chiqib ketibdi: - Men kechki ovqat uchun pishloq topishga
ketyapman. Umid qilamanki, qaytganimda bu qutilarni biror narsa qilarsan, - debdi. Sichqon xonim ketgandan soʻng erkak sichqon oʻtirib oʻylab qolibdi:" Nima qilsam boʻladi?" Soʻng birdan oʻrnidan sakrab turib:

Sichqonning gugurt qutilari
- Topdim! - deb baqiribdi. - Ulardan koʻp tortmali shkaf yasayman! U darhol ishtiyoq bilan ishga berilibdi. Qutilardan ajoyib shkaf yasashga ahd qilibdi. - Ayolim uyga qaytganida bu chiroyli shkafni koʻrib juda hayron boʻladi? - debdi oʻziga-oʻzi. U avval bir latta bilan hamma gugurt
qutilarining changlarini artibdi. Soʻng: - Endi menga ozgina boʻyoq va yelim kerak boʻladi,- debdi.
Uyda bunday narsalar koʻp ekan. Oldin bu uyda yashaganlar koʻchib ketishayotganda ashqol-dashqollarini shu yerga tashlab ketishgan ekan. Sichqon bir burchakda turgan changli qutilarni taxlabdi va bir idish yelim bilan ozgini qizil boʻyoq topibdi. Uning ustboshi chang boʻlib ketibdi, lekin u oʻzidan xursand ekan. Darhol gugurt qutilarini ustmaust, yonma-yon qoʻyib, bir-biriga yopishtiribdi. Shunda bir nechta tortmali ajoyib shkaf paydo boʻlibdi. Soʻng shkafni qizil boʻyoqqa boʻyab, tortmalarning oʻrtasiga oʻzi topgan bir nechta rang-barang tugmalarni yopishtiribdi. Hamma ishlar bitgandan keyin shkafni chetroqqa joylashtiribdi va uyni yigʻishtiribdi. Sichqon xonim uyga qaytib kelib, tortmali shkafni koʻribdi va hayrat bilan: - Voy, qanday chiroyli shkaf! Buni qanday qilib yasading? - deb chiyillabdi. Sichqon oʻzini bilimdonlardek tutib: - Har doim gugurt qutilari bir kun kelib korimizga yaraydi deb aytardim. Mana oʻsha kun keldi. - debdi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.