🧚 Ertaklar

Tanga baliqlar va itbaliq

2 daqiqa 3.1K marta oʻqildi
Tanga baliqlar va itbaliq
Dize bilan Mize kumush rangli yaltiroq tangachalari bor ikkita kichkina baliqcha ekan. Ular ota-onalari bilan dengizdagi uyida yashashar ekan. Ona baliq kun boʻyi tozalik bilan mashgʻul boʻlar ekan. Kichkina uyning u tarafiga bu tarafiga suzar, dumini likillatib ishlarini qilar ekan. Kiraverishdagi oʻtlarni tozalar, toshlarni oʻz joyiga qoʻyar ekan. Bir kuni u hamma joyni tartibga keltirgandan keyin: - Ertaga ozgina mogʻor toʻplab, derazaning pardalarini yangilasam, yaxshi boʻlardi,- debdi. Dize bilan Mize sal nariroqda toʻp oʻynashardi. Dize onasining gapini eshitib qolibdi va oʻyinni tashlab Mizega: Onamiz juda charchadi. Pardalar uchun ozgina mogʻor topib, uni xursand qilishga nima deysan? - deb pichirlabdi. Yaxshi fikr! Onam xursand boʻladi, - debdi Mize. Soʻng ular onalariga: Onajon,biz biroz suzib kelamiz, - deyishibdi. - Yaxshi,lekin hovlidan tashqariga chiqmanglar. Tashqarida baliqchilar, katta baliqlar, hatto itbaliqlar bor, - debdi ona baliq. Dize bilan Mize tashqariga chiqib, yamyashil mogʻor qidirishga kirishib ketishibdi. Ammo yaqin atrofda unaqasini topa olishmabdi. U yerni qaraylik, bu yerni qaraylik deb anchagina uzoqlashib ketishibdi. Ular suzib itbaliqning uyi oldiga borib qolishibdi. Mana, bu yerda ajoyib mogʻor bor ekan! - debdi Mize. Dize hamma mogʻorlarni toʻplay boshlabdi. Shu payt Mize baqirib yuboribdi: Voy, itbaliq! - U bizni koʻrsa, tutib oladi, - debdi Dize qoʻrquv bilan. Ular darhol mogʻorlar orasiga berkinishibdi. Itbaliq biroz uzoqlashgach, ikkalasi ham shiddat bilan uyiga qarab suza boshlashibdi. Qoʻrquvdan orqalariga ham qarashmabdi. Shu tarzda suzib ketishayotganda boshlarining ustida sharpani sezib qolishibdi. Toʻsatdan yuqoridan bir ovoz eshitilibdi: Qarmoqni tushir! Mize xavotir bilan: Baliqchilar, - debdi. Qarmoqdan uzoqroq boʻlishimiz kerak! Qani, tez suz, - deb baqiribdi Dize. Ular bor kuchlari bilan suzishibdi. Nafaslari tiqilib uyga yetib borishibdi. Ona baliq eshik oldida ularni xavotir bilan kutib turgan ekan. Baliqchalar dumlarini silkitib boʻlgan voqealarni gapirib berishibdi. Ona baliq titrab: Qanday qoʻrqinchli! - deb ularni tinglabdi. Oxirida u shunday debdi: U yerda nima ishingiz bor edi? - debdi jahl bilan. Biz sizga yordam bermoqchi edik. Pardalar uchun mogʻor yigʻib, sizni xursand qilmoqchi edik, deyishibdi baliqchalar. Ona baliq bu gapni eshitib: Menga yordam bermoqchiligingiz juda yaxshi. Ammo mogʻor yigʻish uchun hali kichkinasizlar, debdi. Aqlimga bir fikr keldi, deb baqirib yuboribdi Dize. - Biz guldonga qoʻyish uchun hovlimizdagi rang-barang dengiz gullarini tera olamiz! - Bu ish ajoyib boʻladi,- deb javob beribdi ona baliq. Dize bilan Mize sevinch bilan hovliga suzib ketishibdi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.