Bolakayning sabogʻi

Bir chol oʻgʻlinikiga koʻchib keldi. Oʻgʻli uylangan, toʻrt yashar farzandi xam bor edi. Cholning yoshi bir joyga borib qolgan, qoʻllari qaltirar, koʻzlari hira koʻrar, oyoqlarini zoʻrgʻa sudrab yurardi. Oila dasturhon atrofiga toʻplangan paytlari qariyaning axvoli yanada yomonlashardi. Qoshigʻidan toʻkilgan ovqatlar polgacha tushar, piyolasidagi shirchoy dasturhonni dogʻlarga toʻldirib borardi. Buni koʻrib hunobi oshgan oʻgʻil va kelin oʻzaro maslaxatlashishdi:
– Nimadir qilmasak boʻlmaydi, – dedi oʻgʻil.
– Chapillatib ovqat eyishi, sut toʻkishi, ovqatlarni xar tomonga sochib yuborishi jonimga tegdi.
Er-hotin hona burchagiga bitta kichik hontahta qoʻyishga qaror qildi. Qariya shu erda bir oʻzi ovqatlana boshladi. Ikki marta kosa sindirganidan keyin, tunuka talinkada ovqat suzib beradigan boʻlishdi. Bir kuni behosdan oʻgʻilning koʻzi otasiga tushib qoldi: bechora qariyaning koʻzlarida milt-milt yosh aylanar, hontahtaning chetiga tikilganicha tishsiz milklarida ovqatni u yoqdan bu yoqqa olib oʻtirardi. Oʻgʻilning yuragida kimdir bosh koʻtarib, mana shu majolsiz chol sening otang-ku, uni bir chetga surib qoʻygani uyalmaysanmi, deganday boʻldi. Biroq u bu xayqiriqqa eʼtibor bermadi. Faqat cholni kamroq tergaydigan boʻldi.
Toʻrt yoshli nevara yon-atrofida boʻlayotgan voqealarni jimgina kuzatardi.
Bir kuni ishdan qaytgan ota bolasi oʻyinchoqlarini yoyib olib oʻynayotganini koʻrdi. U bolgʻachasi bilan yogʻoch kosachasini urar, kosacha zarb taʼsirida u yoq-bu yoqqa yumalab ketardi.
– Nima qilyapsan, oʻgʻlim? – deb soʻradi ota mexr bilan.
– Ayam bilan sizga talinka yasayapman. Katta boʻlsam, sizlarga ovqat solib beraman, – dedi bolakay gʻurur bilan.
Soʻng bir jilmayib qoʻydi-da, yana oʻz ishiga kirishdi.
Uning gaplari ota-onasini qattiq xayajonga tushirdi, ikkovlari xam mum tishlagan, nima deyishni bilishmasdi. Ularning koʻzlaridan qaynoq- qaynoq yoshlar tomdi. Garchi biror ogʻiz soʻz aytishmagan boʻlsa-da, nima qilish kerakligini yahshi anglab turishardi.
Kechki ovqat payti oʻgʻil qariya otasining qoʻlidan ushlab, dasturhon boshiga olib keldi. Yahshi soʻzlar aytib, koʻnglini oldi, uhlash payti oʻringa xam oʻzi etaklab borib yotqizib qoʻydi.
Endi qariyaning qoʻlidan qoshiq tushib ketsa yoki sut choyi toʻkilsa, oʻgʻil xam, kelin xam asabiylashmasdi. Kelin tushib ketgan qoshiqni yangisiga alishtirib berar, oʻgʻil esa koʻpincha otasini oʻzi ovqatlantirib qoʻyardi..!!
Inson xayoti mobaynida ikki marta yoshlikni boshidan oʻtkazarkan. Birinchisida xech kimga malol kelmasakan ammo ikkinchi yoshligida u xammaga malol keb qolarkan, Alloxim oʻzi asrasin ...!!!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!