Bu voqeani Xind roʻznomalaridan birida oʻqidim

Bu voqeani Xind roʻznomalaridan birida oʻqidim. Xodisa Xindiston janubidagi Kerala shtatida, aniqrogʻi Malappuram shaxarchasida sodir boʻlgan ekan. Shaxarda mexmon boʻlib turgan shimollik tadbirkor Orif Vani kechki ovqat uchun oynavand «Jannat» nomli tamaddihonaga tushib, uning uchun xozirlangan stolga oʻtirar ekan, restoran va koʻchani ajratib turgan oynada miltillab turgan qarogʻlarning aksini koʻrdi. Tashqarida chamasi 6 yoshlardagi tilanchi bolakay oʻzidan kattaroq qiz bilan Orifga tikilib turardi. Ularning koʻzlariga jo boʻlgan hatar ochlik edi. Orifning ularga ichkariga kirishlari mumkinligini bildirgan iliq ishorasidan soʻng boshqa mijozlarning taʼbi hira boʻldi.
Qoʻrqa-pisa yurib kelishar ekan, isqirt kiyim-boshidan uyalayotgan goʻdaklar koʻzlarini ularni taklif qilgan kishidan uzishmadi. Etib kelgach esa bir-birining pinjiga kirib ketgancha nim tabassumli odam qarshisida mum tishlashdi. Toʻzgʻigan sochlar orasidagi olazarak koʻzlar stoldagi biryaniga qadaldi. Orif ularga xam biryani buyurtirdi. Bolakay stolga oʻtirmoqchi boʻlganida qizcha oldin qoʻllarini yuvishlari kerakligi aytib, bet-qoʻl yuvgich tomon yurdi.
Stolga engashgan bolajonlar shosha-pisha xovur koʻtarilib turgan ovqatni ogʻizlariga sola boshlashdi.
Qanchalar didsizlik boʻlmasin, och bolalarga shoshib ovqatlanish yarashar ekan. Qizcha taomiga qoʻl uzatmasdan jim turgan Orifga jovdirab qarab qoʻyardi.
Idishdagi ohirgi guruchgacha tozalab, mango sharbatini soʻnggi tomchisigacha ichib bolalar oʻrinlaridan qoʻzgʻalishdi va istarali amakiga jilmaygancha raxmat aytib, shoshilib chiqib ketishdi.
Bu voqeani barcha – mijozlar-u hizmatkorlar, ikki gadoyning ichkariga kirgani toʻgʻrisida bilib yugurib kelgan boshqaruvchi xam kuzatar edilar.
Orif ovqatlanib boʻlgach, xisobni soʻradi. Qoʻllarini quritib, stoldagi xisobni oldi. Xisobda toʻlov miqdori emas, hat qoldirilgan ekan.
“Janob, xozircha bizda odamiylikning baxosini xisoblay oladigan mashina yoʻq. Yahshiliklar oʻzingizga-da xamrox boʻlsin!”
Duv-duv toʻkilayotgan koʻz yoshlarini xech kimga sezdirmaslik uchun Orif Vani shoshgancha oʻz honasiga koʻtarildi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!