Safardagi xodisa

Bir yigit bemor yotgan qarindoshining xolidan habar olish maqsadida yoʻlga chiqibdi. Qoʻlida ikkita non, meva-chevasi bor.
Birmaxal,tutzor boʻylab sekin ketayotganida tut tagida yigʻlab oʻtirgan bir kimsaga koʻzi tushibdi.
Yigʻlab oʻtirgan ul kimsaning xoli abgor, soch-soqoli oʻsgan, harob.
Bu xolatga befarq boʻlib oʻtib ketishni istamagan sofdil yigit oʻsha bechoradan gap nimadaligini soʻrabdi. Shunda xaligi bechora:
“Axvolim yomon birodar! Eyishga nonim, ichishga suvim yoʻq! Oʻzim esa oʻrnimdan turolmayman! Agar qoʻlingdan kelsa non suv ber, uyimga eltib qoʻy!…” deya javob beribdi.
Noiloj qolgan yigit “Kel, shu bechoraxolning xojatini chiqarib ketaqolay” deya rozi boʻlibdi.
Hullas, yigit oʻsha bechoraga qoʻlidagi non-mevasidan beribdi. Elkasidan tutgancha uning aytgan manzili boʻylab orqaga qarab ketaveribdi.
Yoʻl yurishibdi. Uzoq dalalar-u, keng yaylovlardan xam oʻtishibdi. Yoʻl yuraverib kunni xam kech qilishibdi. Bu orada ikkovi xam qizgʻin suxbat qurar, yigitning esa xatto nima maqsadda yoʻlga chiqqani xam yodidan koʻtarilibdi.
Hullas ikkovi ketaveribdi. Xar zamon, xar zamonda ikkovi haholab kulishar, goʻyo shu yoʻl baxona ming yillik qadrdonga aylanishgandi ular.
Bir maxal ularning oldidan qoʻlida ovqat koʻtargan yosh bola chiqib qolibdi.
Buni koʻrgan xaligi bechoraxol, yigitga qarata: “Ogʻayni qorin xam juda ochdi-ku, kel shu bolaning ovqatini tortib olaylik!” deya qistabdi. Yigit boshida koʻnmabdi, ammo boyadan beri birga kelayotgan “qadrdoni” qoʻyavermagach noiloj bolakaydan ovqatini tortib olibdi…
Mana ikkovi yana yoʻl yurishardi. Bu orada qorinlari toʻq, turli mavzularda tinmay gaplashishardi. Bir maxal ularning oldidan yoʻl chetida jimgina yotgan it chiqib xaligi bechoraxolning jazavasi tutibdi va yigitga tezda oʻsha itni oʻldirishini aytibdi. Yigit boshida koʻnmabdi. “Begunox itda nima ayb?” deya rozi boʻlmabdi. Ammo oʻsha it bechoraxolga qarata akillay boshlagach “qadrdonini” ximoya qilish maqsadida yigit noiloj itni oʻldiribdi. Yigitning bu ishidan oʻsha bechoraxol qadrdoni shunday hursand boʻlibdiki, unga choʻntagidan quritilgan bexi chiqarib beribdi: “Olaqol doʻstim! Meni etaklab kelayotganing, qornimni toʻygʻizganing va barcha aytganlarimni qilganing uchun” debdi.
Hullas yana yoʻlga tushibdilar… Bir maxal sal nariroqdan nurga oʻhshash narsa paydo boʻlib, koʻzni qamashtiribdi. Yigit bechoraxol qadrdonini erga oʻtkazib oʻzi sekin nur tomonga boribdi. Borib qarasa nur boʻlib koʻringan narsa odam ekan! Odam boʻlganida xam Qori-Mulla Qori bobo ekan! Qori boboni koʻrishi bilan yigit unga salom berib, boshidan oʻtgan xamma narsani aytib beribdi. Shunda Qori bobo oʻsha bechoraxolni koʻrish uchun sal nariroq yurgan ekan… Voajab, oʻsha yurolmaydigan bechoraxol koʻzdan gʻoyib boʻlibdi…
Keyin esa Qori bobo yigitdan oʻsha bechoraxol bergan bexini soʻrabdi. Yigit choʻntagiga qoʻlini tiqibdi-da, qoʻliga ilingan narsani koʻrib koʻngli aynib ketibdi…
Xa, oʻsha kuni yigitning omadi kelib, qarshisidan Qori bobo chiqib qoldi. Yoʻqsa, oʻsha “qadrdon” JIN ogʻaynisi uni yanada daxshatliroq ishlarga undagan boʻlarmidi?!…
Shundan soʻng yigit yoʻlga chiqsa betaxorat yurmaydigan boʻlibdi…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!