Insho (achchiq xaqiqat)

— Ertaga dam olish kuni, — oʻqituvchi bolalarga qarata dona-dona soʻzladi.
— Albatta ota-onangiz bilan biror madaniy maskanga borib, taassurotlarizni insho tarzida yozib keling.
Dushanba kuni tekshirib olaman!
Qoʻngʻiroq chalingach, 4-«b» sinf oʻquvchilari uylariga yoʻl oldi. Anvar to liftdan koʻtarilib uy qoʻngʻirogʻini chalguncha xam ertaga kim bilan qaerga borish mumkinligi xaqida oʻylardi.
— Ertaga aylangani chiqishimiz kerak ekan, — salomni xam unutib eshikni ochgan onasiga shoshilib gapirdi. — Ustozimiz aytdi, agar insho yozib kelmasak, ikki qoʻyarkan.
— Yahshi, yahshi, — oshhonaga qaytdi Maloxat, — tez kiyimlaringni almashtir.
Ishdan xorib kelgan Azizbekning boʻyniga osilgan Anvar unga onasiga aytganlarini takrorladi. Buni eshitgan ota boshini qashlab, Maloxatga imladi:
— Ana, oying bilan aylanib kelasizlar.
— Yana menmi? Oʻtgan safar xam bormagandingiz...
— Oʻzi bir kun dam olsam... juda charchaganman.
— Mening esa mazam yoʻq. Isitmam xam chiqdi, shamolladim, shekilli, — ayol boshiga tangʻib olgan roʻmolga imo qildi, — boshim tars yorilay deyapti...
Azizbek ikkisiga moʻltirab turgan oʻgʻliga qaradi:
— Hoʻp, mana, yonimizdagi boqqa chiqamiz, birrovga, boʻptimi?
— Doim oʻsha erga chiqamiz-ku, dada... muzeyga boraylik.
— Xay mayli, faqat odobli bola boʻlib borib kelasan, kelishdikmi?
— Hoʻp boʻladi! — suyunib ketgan Anvar darxol honasiga chopdi: ertangi kun uchun buyum va kiyimlarini xozirladi.
Tong otishi bilan oʻrnidan turib sayoxatga xozir boʻlgan bolakay otasining uygʻonishini 2soatcha kutdi. Soʻng nonushta qilib yoʻlga tushishdi... Tushlikdan soʻng ularni kutib olgan Maloxat oʻgʻlidan kun taassurotlarini soʻradi.
— Xoziroq insho yozishga kirishaman, ancha narsalarni oʻrgandim... — javob berdi oʻgʻli.
— Yasha! Boraqol honangga...
Ertasiga 1-soatda barcha daftarlarni yigʻib olgan oʻqituvchi darsni boshladi. Tanaffusda insholarni tekshirar ekan, Anvarnikini oʻqib, bir zum turib qoldi. Oʻyga choʻmdi. Soʻng Anvarning oyisiga qoʻngʻiroq qilib, kelib ketishini soʻradi. Maloxat esa oʻgʻli maktabda birovni urib-netib qoʻyganmikin, degan havotirda darxol yoʻlga tushdi.
— Anvar aʼlochi bola, — gap boshladi oʻqituvchi Maloxatni qarab, — ayniqsa, oʻqish darsini yahshi koʻradi, ajoyib insholar yozadi... Kecha xam bir insho yozgan ekan.
— Xa, dadasi muzeyga olib bordi! — ustozi oʻgʻlini maqtash uchun chaqirtirganini payqagan Maloxat fahrlandi, — keliboq inshosini yozdi.
— Oʻzingiz oʻqib koʻrdingizmi?
— Ulgurmabman-da, — oʻngʻaysizlandi ayol.
— Unday boʻlsa, albatta oʻqing. Bolalar biz kattalar koʻra olmagan ayrim xaqiqatlarni teran koʻradi, oʻrganadi, oʻzlashtiradi... Kerak boʻlsa, biz kattalarga saboq beradi.
Oʻgʻlining daftarini qoʻliga olgan Maloxat xayron boʻlgancha uni ochdi.
«Muzeydagi taassurotlarim.
Kecha men dadam bilan muzeyga bordim. Kichik sayoxatimiz mobaynida koʻp narsalarni oʻrgandim. Masalan, aldashni. Oyim dugonalari bilan gaplashib dam olish kuni uchrashishga kelishib olgandi. Dadam kelishi bilan esa boshiga roʻmol oʻrab «kasalman», deb aldadi. Dadam boʻlsa, meni muzeyga olib boraman, deb vaʼda bergandi. Ammo biz muzeyning yonida turib uni tashqaridan ancha tomosha qildik. Keyin esa kinoga tushdik. Chiptachi hotin yoshim nechadaligini soʻragandi, dadam toʻqqizda deb aytdi. Aslida oʻn yoshman-ku, deb aytmoqchi edim, dadam «jim» deb ishora qildi. Keyin koʻzim roʻparamda ilib qoʻyilgan yozuvga tushdi. U erda «oʻn yoshdan katta bolalarga bilet olinishi shart», deb katta qilib yozib qoʻyilgan ekan.
Biz 1ta chipta oldik. Urush-urush kino ekan, dadam miriqib tomosha qildi. Men uhlab qolibman. Dadam uygʻotib, muzqaymoq olib berdi va oyimga «muzeyga bordik», deb aytishimni soʻradi. Men xam hoʻp, dedim va oyimni aldadim. Avtobusga chiqqach, biz chiroyli holaning yoniga oʻtirdik. Dadam unga meni koʻrsatib, jiyanim, dedi. Hola menga konfet berdi. Uyda bizni kutib olgan oyim tuzalib qolgan ekan. Oyim dadamdan «maktabda yigʻishyapti ekan», deb pul oldi. Ammo uni menga bermadi. Men esa honamga kirib kiyimlarimni almashtirdim va dars tayyorlashga kirishdim. Mening bugungi kundan taassurotlarim shular edi».
Inshoni oʻqib boʻlgan Maloxat koʻzlarini yashirdi. Buni sezgan oʻqituvchi xam uni xoli qoldirdi...

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!