📖 Hikoyalar

Begona qoʻngʻiroq

2 daqiqa 4.3K marta oʻqildi
Begona qoʻngʻiroq
Kunlarning birida begona telefon raqamidan qoʻngʻiroq boʻldi, goʻshakni koʻtarganimda narigi tarafdan: -Dada, men sizni qattiq sogʻindim, juda qattiq sogʻindim, tezroq kelsangizchi. Dada! - degan kichkina qizbolaning umidli, mahzun ovozi eshitildi. Beixtiyor kulimsiradim: “Qizaloq, adashding, nomerni hato tergan koʻrinasan, ” deb telefonni oʻchirdim. Toʻrt yashar oʻgʻlim bor. Xayolimga farzandim keldi. Bu qizcha xam milionlab shunaqa shirintoylarning biridirda deb qoʻydim.

Ammo kutilmaganda yana oʻsha telefon raqamidan qayta qoʻngʻiroq boʻldi. Ertasiga xam oʻsha raqamdan oʻsha qizcha hazin ovozda meni yoʻqlayverdi. Xar safar: - Dada, qachon kelasiz? Sizni qattiq sogʻinib ketdim! - oʻsha soʻzlar. Telefon oʻchirilgach yana qayta qoʻngʻiroq boʻlaverdi. Men telefonimni oʻchirib qoʻyaverdim. Qayta - qayta qoʻngʻiroq boʻlaverardi. Oxiri telefonni koʻtarishga majbur boʻldim. - Dada, Men sizni qattiq sogʻindim! Men juda qattiq qiynalib ketdim... Dadajonim! Qay darajada sizni sogʻinganligimni bilasizmi! Onamning aytishicha bu sizning yangi raqamingiz ekan.

Adashishim mumkin emas. Onam sizni ishlagani ketgan deydilar. Dada, bizni boqaman deb qiynalib, ishlab yurganingizni bilaman. Agar koʻrgani kelish uchun imkoningiz boʻlmayotgan boʻlsa, hech boʻlmasa telefonda suxbatlashib, erkalab qoʻying! Gʻoyibona boʻlsada, betimdan, koʻzimdan, qulchalarimdan oʻpib erkalab qoʻying! Mexrib joʻshib ketdi. Uning betidan, koʻzidan, qulchalaridan gʻoyibona oʻpib erkalab qoʻydim, “Erkatoyim, qizalogʻim”, - deb erkaladim. - Raxmat!... Dadajon!... Juda xam hursandman! Juda xam bahtliman!... Uzulib-uzulib aytilgan soʻzlardan keyin telefon oʻchdi. Bir soatlar oʻtar – oʻtmas xaligi nomerdan qayta telefon boʻldi.

Bu safar ovoz soxibi kichkina qizcha emas, balki bolaning onasi edi - Janob, Sizdan uzr soʻrayman. Kechadan beri sizni biroz qiynab qoʻydik. Shu sababli sizdan kechirim soʻramoqchi boʻlib telefon qilayotgan edim. Qizalogʻimni anchadan beri sogʻligʻi yahshimas. Oqqon kasalligiga duchor boʻlgan. Dadasi yaqinda avtoxalokat natijasida vafot etdi. Mashʼum xabarni qizalogʻimga aytishga jurʼat qila olmadik. Oʻtgan davrda uning yolgʻiz ovunchogʻi dadasi edi... Dadasi uni qattiq yahshi koʻrardi...

Uni erkalab, shirin soʻzlar aytib darddan qiynalgan vaqtida unga dalda boʻlib kelgan... Dadasi vafot etgandan keyin u qattiq azob ichida qoldi... Oxiri qizimning qiynalganlariga, zorlanishlariga chidayolmay telefondan sonlarni tavakkal yozib shu dadangni yangi telefon raqami deb bergandim...

Ammo yolgʻonim sabab boʻlib boshqa kishilarni bezovta boʻlishini oʻylamagan ekanman... Narigi tomondan ayolning ichi toʻlib, oʻksib-oʻksib yigʻlayotgani bilinib turardi. Ushbu gaplarni bazoʻr qiynalib gapirayotgandi. Shunda “Qizingiz xozir yahshimi?”, - deb soʻradim men. Ayol esa yigʻisini yashirishga urinib, biroz sukutdan keyin: - U ketdi, meni yolgʻiz tashlab ketdi, qizalogʻim dadasining oldiga ketdi. Siz uni erkalab qoʻyganingizdan keyin dadasini ovozi eshitilgan telefon goʻshagini qattiq quchoqlab, yuzida tabassum bilan omonatini topshirdi...! Yuragim ezilib ketdi, nima deyishimni bilmay qoldim...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!