Onangiz oyogʻi ostida qul boʻlib yashang

Dahshatli sinov
Ona oʻgʻliga qoʻngʻiroq qildi.
Yodgor: Allo…!
Ona: Oʻgʻlim qaerdasan?
Onasini savolidan Yodgorni ensasi qotib, jahli chiqdi.
Yodgor: Ha, Ona biron nima kerakmidi? Men chiqib ketayotgan edim.
Ona: bozor oʻcharim koʻpayib, haltalarim ogʻirlashib ketganini sezmay qolibman. Kelib menga qarashib yubor, keyin ishlarini sekin qilaverasan. Men kelishingni shu erda qimirlamay kutib turaman.
Yodgor: Onaaa, meni vaqtim yoʻq. Muhim uchrashuvim bor.
Ona: Robbim boshqa senga ishim tushguday qilmasin, oʻzim bir amallerman, boʻpti hayr.
Yodgor: Hayr...!
Onasi bilan hayrlashib telefonini oʻchirgan ham ediki, yana telefoni jiringladi. Qarasa sevgilisi ekan. Shunaqangki hursand boʻlib ketdikiii... Jonu dili bilan qoʻngʻiroqqa javob berdi.
Qiz: Allo jonim, qoʻngʻiroq qilsam band ekansiz.
Yodgor: Asaliiim... Onam bilan suhbatlashayotgan edim.
Qiz: U bu narsa boʻldimi deyman?
Yodgor: A yoʻq, bozorda edilar. Koʻp bozor qilib yuboriptilar shekilli. Shunga chaqirayotgan ekanlar.
Qiz: Borasizmi?
Yodgor: Yoʻgʻeee, uni buni qoʻy, 15 daqiqada yoningda boʻlaman.
Kiyimlarini tez-tez oʻzgartirib, shoshib-pishib sevgilisining oldiga yugurib ketdi. Yoʻlda qoʻl telefoni yana jiringladi, qarasa yana onasi.
Yodgor: Ufff, haaa onaaa.
Begona ovoz javob berdi.
- Assalomu alaykum, uka shu raqam egasini taniysizmi?
Yodgor qoʻrqib ketganidan badanini qaltiroq bosdi. Yurak urushi ham tezlashib ketdi.
Yodgor qaltiroq ovozda: Hhha, bu onamning raqamlari, tinchlikmi?
- Onangiz avtohalokatga uchradilar. Hozir kasalhonadalar.. qoʻl telefonlariga qarasak soʻnggi bor siz bilan gaplashgan ekanlar, raqamni "Oʻgʻlim" deb nomlagan ekanlar. Shunga sizga qungʻiroq qilaverdik.
Yodgor: 10 daqiqada boʻlaman, deb koʻz yoshlarini artib telefonni oʻchirdi. Qani endi shu zahoti qanotlari boʻlsayu, kasalhonagacha uchib borsa...
Kasalhonaga telbalarcha yugurib kirib onasini soʻradi. Va nihoyat onasining huzuriga etib keldi. Qarasa onaizor toʻshakda oynaga termulib yotgan ekan. Hamma eri qip qizil qonga belangan. Ona oyoq tovushlarini eshitgan zahoti zoʻrgʻa eshikka qaradi. Ona soʻnggi nafaslarini olayotgan edi.
Ona: Keldingmi bolam. Men ularga “Aytmang, bolam qoʻrqib ketmasin” degandim. Koʻngling hotirjam boʻlsin. Men tuzikman.
Yodgor koʻz yoshlarini yashirib: Haa albatta tuziksiz, hali bundanam yahshi boʻlib chopqillab ketasiz.
Ona: Yaramas, nega meni olib ketgani kelmading? Sen sevgan taomni pishirmoqchi edim.
Yodgor: Boʻldi bas, etar. Hali oʻrnizdan turib, menga shirin-shirin taomlarizdan qilib berasiz.
Onaaa, onaaaa nega javob bermayapsiz menga, onaaa...
Yodgor oyoqlarida turolmay, yiqilib baqirar edi. Atrofidagilar esa Yodgorga dalda berishmoqchi boʻlardilar.
- Oʻgʻlim, turing. Onangizni Alloh rahmatiga olgan boʻlsin.
Yodgor baqirib: “Yoʻq, unday demanglar, onam tirik”, deb oʻrnidan zoʻrgʻa turib onasini mahkam bagʻriga bosdi.
Yodgor: Onajon turing, siz tiriksiz, men bilan hazillashayapsiz toʻgʻrimi? Meni qoʻrqitish uchun atay shunday qilayapsiz a? Allohga qasam sizni boshqa hafa qilmayman, faqat turing. Turing, uyimizga ketamiz. Meni yana oldingidek bagʻringizga bosing. Tursangizchi, meni boshqa sinamang onajonim. Alloh haqqi sizni judayam yahshi koʻraman. Turiiiing, turiiing iltimooos turiing…!
Doktorlar bor kuchlari bilan Yodgorni honadan olib chiqib ketdilar. U boʻlsa onasining vafotiga hech ham ishongisi kelmas edi.
Nahotki bir soat avval aynan shu onasini deb asabiylashgan boʻlsa. Qandaydir bir qiz bilan uchrashaman deb, onasiga yordam berishni koʻp bildi. Koshki edi nadomat chekishimizdan avval onalarimizning qiymatlarini bilsak!
Kim onasining oyogʻi ostida hizmatkorday yashasa, qavmning boshi ustida sayyid boʻlib yashaydi!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!