📖 Hikoyalar

Diydorsiz vidolashuv

8 daqiqa 3K marta oʻqildi
Diydorsiz vidolashuv
Shavkatjon, shu horijga ketish fikringdan qayt. Oilang, farzandlaring qarovsiz qoladi, – deya Gulshan aya javradi. Chet elda ishlash uchun yoʻlga otlangan oʻgʻlidan koʻngli chopmayotgan ona. – Ahir, men xam qarib qoldim. Menga tirgak kerak bolam. Shu yerda xam yahshi ishing bor. Bu uyni xashamatli qilib taʼmirlash, moshina olish kabi orzularingni oʻzimizda xam mexnat qilib topsang boʻladi-ku. Faqat, biroz sabrli boʻl...
– Onajon, oʻzimni xam sizlarni yolgʻiz tashlab ketgim kelmayapti. – Shavkat volidasining soʻzlarini ishonch bilan kesdi. – Lekin siz oilamizga bosh boʻlib tursangiz, hotirjam borib ishlab qaytaman. Ikki yil xash-pash deguncha oʻtib ketadi. Xali xammasi yahshi boʻladi.

Gulshan ayaning nasixatlari jigarbandining qulogʻiga kirmas. Uning oʻy hayoli tezroq chet elda kutayotgan doʻstining oldiga borib, ishni boshlash. Va shunday boʻldi xam. Rossiyaning Yujni-Sahalinsk shaxrida birodari Abdulaziz bilan birga bir firmada ishlay boshladi. Shu paytga qadar xali xech qaerda boʻlmagan Shavkat uchun bu erning togʻli va dengiz ob-xavosi juda yoqdi. Xar xafta uyidagilar bilan qoʻngʻiroqlashar ekan sogʻinch xisi, yurt va oila qadri nechogʻli ekanligini anglardi u. Raxmatli otasi “Musofirlik noni eyish osonmas!” derdi. Shavkat otasining pand-nasixatlarini bod-bod esladi. Toʻhtasin ota garchand musofirlik kunini koʻrmagan, noni emagan boʻlsada, ularning xayoti unga yahshi tanish edi.

– Ey, doʻstim oyogʻinga baquvvatrogʻini kiygin. – deya Abdulaziz dakki bergancha yarim yoʻldan qaytardi Shavkatni.

– Ahir xar kuni shunday ketyapman-ku...

– Bugun oʻrmonga chiqib ishlar ekanmiz. Bunaqada kasal boʻlib qolasan. Bu er senga Oʻzbekiston emas. Xavosi engil koʻringani bilan nam juda yuqori. Agar Rossiyada boshing va oyogʻingni issiq tutsang, xech qanday doktorga bormaysan. Xozir senga bilinmaydi-da. Ertaga, afsuslanib yurasan...

Shavkat ichi junli etigini oldiyu, kiyishga ulgurmadi. Avtobus kelib, xamma birma-bir chiqa boshladi. Etigini qoʻltigʻiga urgancha u xam avtoulovga ilinib oldi. Ayoq kiyimni almashtirish esdan chiqib, shu turishda ishga shoʻngʻidi. Sovuq, nam xavoda oyoqlari muzlab, beliga sanchiq bermagunicha ishlayverdi. Kalendar' boʻyicha allaqachon baxor kirib kelgan. Mart xam ohirlab qolyapti, biroq Rossiya tabiatining kalendarʼi boʻyicha xanuz qish xukumron. Bu erda aprel' oyining ohiri may oyining boshlaridan soʻng xavo xarorati tushib, qorlar erishni boshlaydi. Atrof soʻlimlashib, baland togʻlar yaqqol koʻrinib turadi. Dengiz qirgʻoqlaridagi muzlar esa iyun' oyiga kelibgina butkul eriydi. Bu rus mamlakatidagi yagona orol, Sahalinsk viloyatining muxitiga hos.

Shavkatning ishlari astalik bilan yura boshladi. Xar oy oilasi uchun maoshini uzatib turar. Juda kamharj, qolaversa, tashabbuskorligi sabab bir joyda oʻtirmas. Dam olish kunlarida xam qoʻshimcha ish topardi. Uning bu shijoatidan Abdulazizning zavqi oshar, doʻsti bu erdagilarni u qadar yahshi bilmaganligi uchun xam yakkalab qoʻymasdi. Ahir uhlatib ketadiganlarni qadamda uchratish mumkin.

Shu zayl bir yillik mavsumni omadli yakunlashdi. Yana qish fasli xukmronligi boshlandi. Sovuq kunlar, izgʻirin shamol goʻyo toʻfondek bosh koʻtardi. Kuchli er silkinishlari... Buning xammasi shu erning tabiatiga hos. Shavkat yurtini yaqinlarini sogʻina boshladi. Ayniqsa, 4-5 nafar sheriklari oilasi bagʻriga qaytganidan soʻng u xam betoqat boʻla boshladi. Lekin keta olmaydi. Chunki yana bir yil ishlashi kerak. Borib kelish harajatlari xam ancha qimmat. Qolishga qaror qildi. Ammo negadir xafta oʻtar oʻtmas ishtaxasi boʻgʻilib, oshqazoni ogʻrib qolishidan shikoyat qila boshladi. Bu xolat uni toʻshakka mihlab qoʻydi. Oʻn-oʻn besh kun joyidan qimir etgani yoʻq. Abdulaziz uning betobliganidan betoqat boʻlib shifokor xuzuriga olib bordi. Tekshiruvlar natijasida uning ichki aʼzolari qattiq shamollaganligi aniqlanddi. Maʼlum vaqt davolanishiga toʻgʻri keldi.

Shavkat sogʻaya bordi. Yana ishga chiqdi. Shavkatni sogʻinch oʻti qiynardi. Volidasi, mexribon ayoli va opalarini juda-juda sogʻingan edi. Ayniqsa, qizalogʻi Marjonaning biyron soʻzlashlari qoʻloqlari oldida jaranglardi. U 30 yoshga yaqinlashibtiyu, lekin shu kunga qadar oilasi bagʻridan bir oydan ortiq ayro boʻlgani yoʻq. Mana shu bir oyda darrov onasini qoʻmsab qolardi. Irodasizlikdan ichkilikka berildi. Abdulaziz doʻstining bunday oʻzgarishlaridan xayratda qolmadi. Chunki bu erga kelganlarning koʻpchiligi mana shunday xolatga tushish muqarrar edi.

– Doʻstim tushunaman, bu erda xech kimga oson emas, – Shavkatning ichkilikka ruju qoʻyganidan koʻngli hira boʻlgan Abdulaziz nasixat soldi. – Xamma oʻz oilasi, sevimli goʻshasidan uzoqda... Lekin xar narsaga tushkunlikka tushaversang, alamingni ichkilikdan olaversang, oʻzingni harob qilasan-ku. Qoʻy shuni ichma-a-a!

Honadagi boʻsh idishlarni yigʻishtirib chiqib ketar chogʻi oʻksinib qaradi doʻstiga. Shavkat esa yana ichadi. Birov bilan tortishib, tomosha koʻrsatmasada Abdulaziz undan doim havotir oladi. Uning oldingi shijoati, hushchaqchaqligi yoʻqolib qolgan. Barchasiga balki qishning qaxratonli kunlari sababdir. Boz ustiga ish xam juda susayib qoldi. Ikki kun ishlashsa, 4-5 kun dam. Xavo xarorati tushib, xamma yoq muz bilan qoplangan. Shavkat qachonki uyidagilari bilan gaplashar ekan jaji qizalogʻi “Qachon kelasiz?” deb tinmay soʻrayveradi. Gulshan aya xam nuqul shu savolni beradi. Qolganlar esa bunga qoʻshiladi... Uning uchun sogʻinch xisi kuchli. Lekin tez orada ishlar yurishib, yana katta binoda qurilish boshlanishi vaʼda qilingan. Bu paytda ketish... Yana qaytib kelish. Bira toʻla shu yil xam ishlashga allaqachon axd qilgan-ku, ahir. Yangi yilda xamma bayram kayfiyatida yurgan kezlarida xam u ichiklikdan boshini koʻtarmadi. Unga alam qildi. Ilk bor quvonchli kunlarda oilasi bagʻrida emas. Bu tushkunlik uzoqqa choʻzilmadi. Mart kelishi bilan ishlar boshlandi. Yana avvalgidek, ishga shoʻngʻidi. Lekin shu qurgʻur bodaparastligi qolmadi.

– Shavkat mendan hafa boʻlsang xam aytaman. Endi ichishni kamaytir. Umuman yigʻishtirsang xammasidan yahshi.

– Nima senga ogʻirligi tushyaptimi yoki yoqmayaptimi? – deb doʻstining qaygʻurishiga javoban zarda bilan javob qaytardi.

– Tushunsang-chi, ichishingning menga xech qanday ogʻirligi yoki zarari yoʻq. Ammo sogʻligingni xam oʻyla. Bu ketishda bir dardga yoʻliqasan. Bu xarom ichimliklardan xali xech kim naf koʻrganini koʻrmadim. Agar biror bir muammo qiynayotgan boʻlsa, ayt. Bunday chuqur stressda yurishing menga yoqmayapti. Rangingda rang qolmagan. Nima bu erga ichkilikdan alamingni olish uchun kelganmiding?!..

U doʻstining bu jovdirashlariga miq etmadi. Ammo tunlari ichida gʻalayon koʻtargan dard bezovta qilishini sir tutdi. Buning barchasi oilasini qoʻmsash, sogʻinch oʻti deb baxolardi. Lekin bu dard uni toʻshakka yana bir bor mihlab qoʻyganidagina jiddiy qabul qildi. Bu safargi tekshiruvlar unga shunchaki shamollash deb tashhis qoʻymadi. Shifohonada qolib davolashmadi xam. Zudlik bilan yurtiga qaytishini maslaxat berishdi. Mutahassisning bu soʻzlari Abdulazizning qoʻloqlari ostida cherkov qoʻnigʻroqlari bong urgani singari jaranglardi. Naxot...

Zudlik bilan ketish uchun bletlarni bron' qildirdi. Afsuski, shunday tigʻiz vaziyatda mablag' tomonlama toʻrt devor orasida ilojsizlikda qoldi. Soʻramagan, surishtirmagan doʻst, tanish va notanishlar qolmadi. Shavkat esa kun sayin toʻshakda nimjonlasha borardi. Ishtaxasi yoʻq, eganini faqat qoʻsaverganidan turishga majoli xam qolmadi uning. Nixoyat bir xafta oʻtibgina shoshilinch chipta olindi. Shu bir xafta Abdulaziz uchun bir yildek mashaqqatli va azobli oʻtdi. Aeroportda kelganidan soʻng engil tortdi. U qoʻl telefonini olib tanish raqamlarni terdi va Shavkatga uzatdi.

– Alo... Onajon, Shavkatman, – dediyu volidasining ovozini eshitgach koʻzlarida yosh dumaladi. – Ona.. Onajon men uyga qaytyapman. Mana xozir aeroportdaman tez orada uyda boʻlaman...

Shu soʻzlarni aytishga oʻzida kuch topdi. Soʻng doʻstiga telefonni qaytarib, koʻz yoshlarini artdi. Ortiq volidasiga “Xammasi yahshi havotir olmang!” deb alday ololmasdi. Lekin axvolini aytib, ularni vaximaga solishni xam istamadi. Xozir, bir necha soatdan soʻng ularni koʻrish bahtiga muyassar boʻladi. Unga ayni dam shu muxim... Otasining musofirlik xaqidagi soʻzlarini esladi. Shu tob u padari buzurgvorini qoʻmsab, uni nechogʻlik sogʻinganligini angladi. Balki u tirik boʻlganida uni baʼzi bir notoʻgʻri qarorlardan qaytargan boʻlarmidi.

Gulshan aya bu hushhabardan soʻng keliniga taraddud koʻrishini tayinlab, qizlarini bu yangilikdan bohabar yetish uchun shoshildi. Yoʻlda ketar ekan onaizor ich-ichida Yaratganga shukrona oʻqirdi. Butun hayolini qamragan yomon oʻylardan soqit boʻldi. Ahir Gulshan aya u horijga ketganidan buyon koʻngli betoqat edi. Oʻgʻli bilan qachon gaplashmasin doim sixat-salomatligini surishtirar. Erkatoyi bolaligidan nimjonroq oʻsgani uchun xam koʻngli xalovatsiz edi. Huddi Shavkat singari tunlari bedor. Ammo bugun u jigarbandini bagʻriga bosadi. Uning diydoridan koʻksiga hotirjamlik shamoli urilgach, azobli oʻtgan kunlarni butkul unitib yuboradi. Aeroportda Shavkat uchun xam bu xislar toʻlqinlanar. Samolyotga chiqish uchun qolgan ikki soat uning uchun juda uzun tuyilar. Xar 5 daqiqada doʻstiga imlardi. Uning yuzlarida xadik yaqqol namoyon edi. U nimagadir ulgurolmasligidan choʻchib turgandek.

– Mana samolyotga chiqish vaqti boshlandi. Yur doʻstim.

Shavkat uzoq yurolmasdi. Uni temur qushga aravachada olib chiqdi. Shavkat osmonda guyo qush kabi parvoz qilayotgandek engil nafas olardi. Uni dard tark yetgandek. U yaqinlashib borar edi... Hayollarga shoʻngʻidi. Abdulaziz oʻtgan bir yarim yil mobaynida ishda boʻlib oʻtgan qiziq voqealardan gapirar. Uning kayfiyatini koʻtarishga urinardi. Biroq xech qaysi bir gapi qulogʻiga ilinmas. Goʻyo quloqchin taqib olgan-u, unda faqat bitta musiqa yangrab oʻtayotgandek.

“Faqat xozir emas... Shundogʻam SENga yaqinroq joydan boryapman. Ularni koʻrishim kerak. Goʻzal rafiqamning qoʻlidan bir piyola choy ichib, bagʻrimga farzandlarimni bosgancha onam diydorini koʻray. Opalarimning shirin suxbatini eshitay! Oyoqlarim uyimizning oʻnqir-choʻnqir boʻlib yotgan yoʻlaklaridan yana yursin! Devorlari nuragan, zamonaviy pardoz koʻrmagan oʻsha uyimizda yana tong ottiray! Bulardan mosivo qilma!..”

Shavkat, biz qoʻndik. Endi qishlogʻimizga yetib borishimiz qoldi holos. – deya doʻstining yelkasiga qoqib qoʻydi. Shu payt Shavkat samolyotning darchasidan nigoxini doʻsti tomonga burib, bemajol unga imladi. U juda past va sekin soʻzlay boshladi.
– Yurtimizdamiz, shukr... Mendan rozi boʻlsinla-a-ar... – dediyu kalimasini qaytardi. Bir zum qotib qolgan Abdulaziz dod solib styuardessaga tez yordam chaqirishlarini aytdi.

– Doʻstim, Shavkat, Shavka-a-at... Men seni uyinga yelkamda koʻtarib borishga xam tayyorman. Lekin tobutingni emas... Uygʻon.

Shifokor kelib koʻrdi, sabr tilab chiqib ketdi. Abdulaziz xamroxligida Shavkatni olib chiqishdi. Xamma yoʻl berib, oʻz joyida qayta oʻtirdi. Xali endigina 30 yoshni qarshilagan bu yigitning notanish siymosi, qismati barchaning dilini larzaga soldi. Abdulazizning koʻzidagi yosh, koʻksidagi figʻondan millati oʻzga styuardessalar qorachigʻida obi ravon shashqator boʻldi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!