📖 Hikoyalar

Mazlumning duosidan qoʻrq

1 daqiqa 3.3K marta oʻqildi
Mazlumning duosidan qoʻrq
Yoʻlda ketayotib mashinalar tirbandligidan ancha toʻhtab qoldik. Yoʻl chetida bir ayolni gʻalati xatti-xarakatlari eʼtiborimni tortdi. Bechoragina aqli zaif ekan deb achindim. Kimgadir juda oʻhshatdim, ammo eslolmadim. Kuni bilan ish bilan band boʻlib ora-orada lop yetib xaligi ayol xayolimga keladi, kimgadir oʻhsharkan deb oʻsha "kim"ni eslashga xarakat qilaman. Vanixoyat, esladim.

10-sinfda oʻqirdim, akamni oʻrtogʻini akasi uylandi. Kelin juda chiroyli edi. Xayit dasturhoniga kelinni qoʻlidan choy ichishga chiqqan biz qizlar kelinni chiroyi-yu, hushmuomalasiga maxliyo boʻlib anchagacha gapirib yurdik. Keyin oʻzim xam turmushga chiqib ketdim.

Bir kun uyga kelganimda buvim va onamni suxbatlarini eshitib qoldim. Bechora bu kelinga eri va qaynonasi juda katta zulm qilishibdi. Kelinni begona bilan tutib olganlikda ayblashibdi. Ikki qiz va hali yoshiga toʻlmagan oʻgʻilchasini " bola tarbiyasiga noloyiq" deb hujjat toʻgʻirlab onasiga bermay olib qolishibdi. Bechora kelin hudoni zorini qildi: "eshigingizda choʻri boʻlib hizmatingizni qilay, bolalarimdan ayirmang", deb rosa yigʻladi. Bagʻritosh er va qaynona erimadi.

Farzandlari qatnaydigan bogʻcha panjarasiga osilib, ularni diydorini koʻrish uchun xar kuni qatnadi. Ahiyri esi ogʻib qoldi. Erini qargʻadi:" Iloyo kosang oqarmasin". Qaynonasini qargʻadi:" Kelinmas qiz boʻlay degandim, bilmadi, iloyo koʻr boʻlsin".

Maʼsuma ayoliga tuxmat qilib er xam roʻshnolik koʻrmadi, boshqa ayolga uylandi, ammo farzand koʻrmadi, gurillab turgan tijorati kasodga uchradi, ichkilikka berildi. Avvalgiday toʻkinlik yoʻqligiga hotini xam tashlab ketdi. Qargʻishga uchragan qaynonaning koʻzi ojiz boʻlib qoldi.

"Yomon otliq" hotinidan qolgan farzandlar ulgʻayib otasi va buvisining qilmishiga qaramay ularni hizmatida. Bilgan odamga eng katta jazo shu emasmi...?
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.