📖 Hikoyalar

Aktam va men...

2 daqiqa 3.1K marta oʻqildi
Aktam va men...
Aktam va men bolaligimizdan ulgʻaygunimizga qadar bir - birimizga dushmanlardek edik. Onam raxmatli:
- Bolalarim, sizlar qondoshsizlar. Boshqalar sizlarga mexribon koʻringani bilan, aka - ukangizdek boʻlishmaydi! - deb takror - takror aytardilar.

Otam biz bilan uncha gaplashmas, gaplashsalar xam, huddi ish yuzasidan, rasmiy gaplashayotgandek chegara saqlardilar. Sababi maʼlum: akam va mening oramizdagi adovat.

Onamga otam:
- Allox ularga xidoyat bersin... kun kelib, ular bir - birini qadriga etadi! Bizning nasixatlarimizni eslashadi, - derdilar.

Oradan yillar oʻtdi. Ikkimiz xam uylanib, uylik - joylik boʻldik.

Adovatimiz barxam topmadi.

Aksincha, ayollarimiz xam bir - biriga tosh otadigan dushmanlar boʻlishdi, soyamizda.

Bizni yarashtirolmay, avval onam, soʻng otam vafot etdilar...

Bizlar bola - chaqalik boʻldik. Farzandlar ulgʻayishdi! Lekin ular, qardosh sifatida koʻrishishmagan, bir - birini tanishmas edi.

Kunlar oʻtdi. Menga Alloxning qattiq sinovi keldi. Mol - mulkimdan ayrildim. Qand kasaliga chalindim. Oʻng koʻzim koʻrmay qoldi.

Bir kuni bomdod namozini oʻqiyotgandim. Eshik jiringladi. Qarasam, qoʻshnim. Axvolimdan habar olib ketdi. Bir xafta oʻtib, 50 ming dinor mablag' yozilgan chek olib keldi. Uni qarz emasligini, oʻzimni tiklashim uchun berayotganini aytdi. Buning uchun men xar kuni Robbimga cheksiz shukrlar aytar, eski kunlarim qaytmasligini soʻrardim.

Bir kuni qoʻshnim ranglari oqargan xolda kirib keldi. Undan bergan pul uchun kelgan boʻlsa, qaytarishga qurbim etishini aytdim. U:
- Yoʻq, nimalar deyapsiz? U pul meniki emasdi. Uni akangiz bergandilar. Qiynalib qolganingizni eshitgan ekanlar. Men berganimni aytmang, dedilar. Endi ular kasalhonadalar. Jonlari uzulay deyapti. Boring, borib habar oling! - dedi. Shuncha yil kibrimni enga olmaganimdan, akam asli, men qilishim kerak boʻlgan ishni qilganliklaridan, savobni, fursatni boy berganimdan afsuslanib kasalhona tomon shoshildim.

Akam jonlantirish honasida, hushsiz yotardilar. Ularning qoʻllaridan ushlab, yuz - koʻzlari, peshonalaridan oʻpdim. Koʻzyoshlarim tinmasdi. Akam koʻzlarini ochdilar. Kechirim soʻradim. Koʻzlariga yosh qalqdi. Qoʻllarimni qattiq siqdilar.. va rixlat qildilar...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tuxmat
Hikoyalar

Tuxmat

4-sentabr, 20185.4K