Kenja kelin

Bir keksa ayolning xikoyasi.
«Mening uch oʻgʻli bor. Kunlarning biri katta oʻgʻlimning uyiga bordim. Ertalab bomdod namoziga taxorat olish uchun kelinimdan suv olib kelishini soʻradim. Taxorat qildim. Namozimni oʻqidim. Qolgan suvni yotgan oʻrnimga toʻkdim. Kun yorishganda kelinimni chaqirib:
- Qizim, nimasini deyisiz, endi qarichilik! Oʻrnimni xoʻl qilib qoʻydim, - dedim.
Uning asablari buzildi. Eng yomon soʻzlarni toʻkib soldi. Menga choyshablarni yuvishni buyurdi. Boshqa bu ishni qaytarmasligimni talab qildi. Choyshablarni yuvib, quritib, dazmolladim.
Soʻng, oʻrtancha oʻgʻlimnikiga bordim. Ayni ishni takrorladim. Kelinim oʻgʻlimga zarda, urish qilib, qilgan ishimni aytib berdi. Oʻgʻlim unga bir ogʻiz soʻz soʻzlamadi.
Ularning uyidan chiqib kenja oʻgʻlimning uyiga bordim. Oʻsha ishni yana takrorladim. Kelinim tongda yonimga keldi. Unga xam oʻrimni xoʻl qilganimni aytdim. U:
- Oyijon, hijolatga oʻrin yoʻq, bu oddiy xol. Goʻdakligimizda siz onalarimizning liboslaringizni xoʻl qilib qoʻyardik. Sizlar malollanmasdan tozalardingiz. Xech qisi yoʻq, oyijon, - dedi. Va koʻrpa - toʻshakni olib yuvib tozaladi.
Soʻng unga:
- Qizim, bir dugonam mendan u uchun uzuk sotib olishimni iltimos qildi. Men uning barmogʻining oʻlchamini bilmayman. Uning qoʻllari tahminan siznikichalik. Oʻlchamingiz nechi? - deb soʻradim.
Oʻgʻlimning uyidan chiqib, toʻgʻri zargarlik doʻkoniga bordim. Bor mablagʻimga uzuklar, taqinchoqlar oldim. Oʻzimga yarasha toʻplagan pulim katta miqdorda edi.
Uyimga oʻgʻillarim, kelinlarimni chaqirdim. Tilla taqinchoqlarni ularning oldiga qoʻydim. Boʻlgan voqeani bayon qildim. Men koʻrpa - toʻshakka bavl qilib qoʻymaganim, sinov uchun suv toʻkkanimni aytdim. Tillalarni kichik kelinimning qoʻllariga tutqazib:
- Qarilik paytimda hotirjam suyanishim, birga yashashim mumkin boʻlgan qizim - bu. Qolgan umrimni u bilan kechiraman, - dedim - u, ikki katta oʻgʻlimga qarab, - huddi shu kundagidek nadomatga tayyor turing! Chunki, sizning menga munosabatingiz albatta farzandlaringizdan qaytadi. Men siz ikkigizga chiroyli tarbiya beraman deb xarakat qilganim, zaxmat chekkanlarim besamar ketganidan afsusdaman. InshaAllox sizlarning ukangiz oʻz axli ila bu dunyoda masrur yashab, Robbisiga yorug' yuz bilan yoʻliqadi. Afsuslar boʻlsinki, sizlar onangiz qadr - qiymatini ayolingizga bildira olmaginingiz uchun bundan maxrumsizlar! - dedim».

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!