Tuxmat

-Hotin, sovuq choy olib kel! - oʻshqirdi aroq ichib, mast boʻlib, gandiraklab kelgan erkak.
-Xozir, - qoʻrquv aralash javob berdi ayol.
Choynakni chumagidan choyni hoʻrillatib ohirigacha “yutgach” erkak temir karavotga oʻzini tashladi. Birozdan soʻng hona uning guldiragan hurragiga toʻldi.
Bir soatlardan keyin ogʻzi qaqrab, suv ichishga turgan erkak, negadir “choʻntagimdagi pulim qani?” deb vajoxat bilan ayoliga baqirib qoldi.
-Yahshilab koʻring, dadasi, men tegmadim! – dedi ayol ming havotir bilan va ichida sekingina shivirladi: “Topilaqolsiney, ishqilib”.
-Sen olib qoʻygansan! Qani, top, boʻl, yashirib qoʻydingmi pulimni, oʻgʻrisan, - soʻkina ketdi erkak.
-Dadasi, men oshhonadan beri kelmadim-ku, choʻntaklaringizni yahshilab koʻring, men tegmadim, ishoning, - zorlanardi ayol.
-Sendan boshqa olmaydi, oʻgʻri hotin, top pulni, choʻntagimdaligi aniq edi... Top! - bisotidagi eng hunuk soʻkinish, xaqoratlarni qatorlashtirib tashlardi erkak.
Toʻsatdan tushgan tepkidan ayol bukilib, ogʻriqdan xatto ingrolmay xam qoldi.
-Pulni joyiga qoʻy, xaromi, oʻgʻri,- tinmay soʻkinib, aybsiz “aybdorni” doʻpposlardi erkak...
Shovqinni eshitib, eshikdan qasava roʻmol oʻragan kampir-qaynonani boshi koʻrindi...
-Nima gap, bolam ? - soʻradi kampir.
-Koʻrmaysizmi, pulimni oʻgʻirlab, boʻyniga olmasligini? Tan olmasin, topib bermasin, oʻldiraman, - oʻshqirardi erkak bor ovozi bilan.
-Hudo xaqqi, dadasi, men olmadim, men oʻgʻrimasman, Hudodan qoʻrqing, tuxmat qilmang, - yuzining qonini artishga urinardi ayol. Titrab, zoʻrgʻa ovozi chiqardi...
Toʻsatdan, kampir vajoxat bilan keliniga tashlandi va uni urishga tushdi:
-Qasam ichma, qasam urib oʻlgur, olgan boʻlsang qaytarib ber, oʻgʻri!
Ayol shoʻrlikni burchakka bosib, oʻlasi qilib doʻpposlagan ona-bola charchashdi shekilli, urishdan toʻhtashdi.
Kampir oʻgʻlining oʻrnini toʻgʻrilab beraman deb, yostiqni koʻtarib...bir dasta pulni koʻrdiyu:
-Xa, oʻla aroq ichmay, qara, manaku puling, zaxarhoʻr, ichma endi degandima... – gʻudrandi eshikka yoʻnalib.
Burchakda, ogʻzi-burni qonga belanib , ogʻriqdan, tuxmatdan bugʻriqib, “Men oʻgʻrimasman, men olganim yoʻq” -deya alam bilan ayanchli shivirlardi shoʻrlik ayol...
Ushbu tuxmat va adolatsizlik uchun er xam, qaynona xam kechirim soʻrashni hayollariga xam keltirishmadi. Afsus...
Endi xisob-kitob Qiyomat kuni boʻladi... Endi bu noxaqlikning jazosini ojiza ayol emas, azob beruvchi farishtalar berishadi!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!