📖 Hikoyalar

25000$ Dollarlik sir

2.4K marta oʻqildi
25000$ Dollarlik sir
Er-hotin birga 60 yil umr kechirishdi. Ular orasida bir-biridan berkitadigan xech qanday sir yoʻq edi. Faqatgina kampirda bitta sir bor ekanligini xisobga olmaganda... Kampirni oʻz javonining yuqorisida - choli xech qachon eʼtibor qaratmagan bir poyafzal qutisi turar edi. Endilikda kampir oʻzini juda xam qarib qolganini oʻylab, yerga sekingina choʻkkalab oʻtirib, choliga oʻzining sirini aytishlikka qaror qildi, xamda javon ustida turgan qutichani olib kelishini soʻradi...

Chol qutini keltirib, ichini ochdi. Quti ichida chiroyli qilib tikilgan ikki dona qoʻgʻirchoq va bir dasta pul - 25000$ dollarni koʻrdi

- Bu nima? – xayron boʻlib soʻradi chol
- Shu desangiz, bizning toʻyimiz boʻlishidan ilgari suyukli buvim, menga, bahtli yashash siri nimada ekanligini aytdilar. Ular menga:
- “Agar sen umr yoʻldoshingdan hafa boʻlib ranjisang, xech qachon baxslashmagin-da, xar safar bir dona qoʻgʻirchoq tikgin” – degan edilar.
Cholning koʻzi yoshlandi, sababi quti ichida faqat ikkitagina qoʻgʻirchoq bor edi-da!
Soʻng kampiridan yana soʻradi:

- Unda aytchi, bu qanday pullar? Ahir bular, hoʻjaligimizga ishlatgan pullardan tejab, saqlab qoʻyganlaring emasdir?
- Men bu pullarni qoʻgʻirchoqlarni sotib, yigʻganman..
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tuxmat
Hikoyalar

Tuxmat

4-sentabr, 20185.4K