Qargʻish olgan yomondir

Boyni qamaganlarida oʻgʻli bilan uchrashtirgan paytlarini aytganda tinglovchilarning koʻzlari jiqqa yoshga toʻldi. Qancha romanlar oʻqiganman, qancha fojiali saxifalarni varaqlaganman, koʻzimdan yosh chiqmagan. Ammo Usta bobo xikoya qilgan voqea mendek diydasi qattiq odamni xam yigʻlatib yuborgan edi.
Choriqulboyni oʻzi qurib bergan klubga qamaydilar. Bir oʻzini emas, qarindosh-urugʻlarini xam qamab qoʻyadilar. Shu joyda boyni yakka-yu yagona oʻgʻli bilan betma-bet qiladilar. Boy: “Yahshimisan, bolam, eson-omonmisan, chirogʻim?” – deya unga quchoq ochib keladi. Lekin oʻgʻil otasiga teskari qarab: “Nega men boyning oʻgʻli boʻlib tugʻildim? Kambagʻal yoki kosibning oʻgʻli boʻlib tugʻilsam boʻlmasmidi?” – deydi. Shunda Choriqulboy turgan erida oʻtirib qoladi. Bir ozdan keyin chuqur uf tortib: “Menga qara, noqobil farzand, – deydi. – Mana bu erga oʻtir, xali boʻz bola edim, niyat qilardimki, bir kun kelib men xam uylanarman, hotinim oʻgʻil tugʻar, toʻy qilarman, deb. Hudoyi Karim mani niyatimga yetkazdi. Toʻy-tomoshalar bilan onangni oldim. Vaqt-soati etib onangning boʻyida boʻldi. Hudoga iltijo qilardimki, iloxo, oʻgʻil boʻlsin, deb.
Onangni eru koʻkka ishonmasdim, chunki uning boʻyida mening zurriyodim, mol-mulkimning egasi, goʻshtdan ayirganim – temir tirnogʻim bor deb... Nixoyat sen tugʻilding... Choʻlda edim, suyunchi keltirgan choʻponga oq tuya va uch kishiga uchta oq argʻumoq mindirdim, saning yoʻling oq boʻlsin deb. Sani yoʻrgaklab chiqqan doya kampirga boshdan-oyoq adras-kimhob yopdim, boshingdan kumush, tilla tangalar sochdim, serurug', serfarzand boʻlsin deb beshik toʻyi, soch toʻyi, sunnat toʻylaringni oʻtkazganda xam yurtga osh berdim. Chavandozlar sani nomingni qayta-qayta tilga olib, davralarda oq fotixa berdilar. San xamisha bagʻrimda, tizzamning koʻzida oʻtirarding. Toʻy-tomoshalar qilib eshigingni ochib berdim. Yahshi koʻrgan qizingga uylantirdim. Goʻdaklikdan sani noming boyvachcha edi. Qaerga borsang, izzat-xurmatda eding. Vodarig'! Endi boyning oʻgʻli boʻlganingdan or qilasanmi? Oʻz pushti kamarimdan bino boʻlgan san noqobil farzand endi otangdan yuz oʻgirasanmi? Shu umidlar bilan senga yahshi ot qoʻyganmidim? Oʻzim shu qorongʻu ertoʻlada yotsam-da, tashqarida chirogʻim yonib turibdi-ku, degan umidda edim... Yo Parvardigor, ne gunoxim bor ediki, oʻz pushti kamarimdan boʻlgan farzand taʼna-yu malomat chilviri bilan boʻgʻsa!.. Iloyo, koʻkarmagaysan, iloyo, tirnoqqa zor boʻlgaysan!”
Tanish mirshablar xam yigʻlab yuboradilar, turmaning toshlari xam bu faryoddan erib ketgandek boʻladi... Boyning oʻgʻli xushini yigʻib: “Tavba qildim, otajon!” – deya oʻzini otasining oyogʻi ostiga tashlaydi. Yuzlarini otasining kavshiga surtib, xoʻngrab yigʻlaydi. Shunda Choriqulboy oʻgʻlining quchogʻidan oyogʻini sugʻurib olib: “Tur oʻrningdan, noqobil oʻgʻil, endi ot ketdi, qorda qop-qora izi qoldi”, deya yuzini teskari oʻgiradi.
Men sizga aytsam, joʻra, Choriqulboyning oʻsha oʻgʻli tirnoqqa zor boʻlib, horlikda oʻlib ketdi.
Otaning qargʻishi – oʻq! U ohiratda emas, shu dunyoning oʻzida nishonga tegadi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!