Ajal ostonasidan qaytgan farishta

Bu voqea ancha yillar ilgari sodir boʻlgan, uni menga tanish ayol gapirib bergandi. Institutda oʻqib yurgan kezlarim kursdoshim bilan sevishib, axdu-paymon qildik. Bizning muxabbatimizga ota-onalarimiz qarshilik qilmadi va talabalik paytimizdayoq, toʻyimiz boʻlib oʻtdi. Ikkalamiz xam bahtdan sarmast, ettinchi osmonda uchib yurardik. Erim bilan institutni bitirmaguncha farzand koʻrmaslikka kelishgandik. Agar bolalik boʻlsak, oʻqishimiz qolib ketadi, deb oʻylardik. Yoshligimdan baquvvat va sogʻlom qiz boʻlib, kasal boʻlib yotganimni eslay olmasdim.
Toʻydan keyin shamollab, tumov boʻlib qoldim. Bunga eʼtibor bermay, kasallikni oyoqda oʻtkazdim. Aksiga olib, shu oddiygina tumov xam qayta-qayta bezovta qildi. Oʻzimni juda yomon xis qilgach, kasalhonaga bordim. Taxlil natijalaridan sariq kasallikka chalinganim maʼlum boʻldi. Buni ustiga xomiladorligim xam aniq boʻlgach, bira toʻla daxshatga tushdim. Bir tarafdan kasallik, ikkinchi tarafdan boshqorongʻilik qiynadi, koʻnglim aynib, ogʻzimga olgan narsani qayt qilardim.
Davolovchi vrach xomilani olib tashlash kerakligini, bu axvolda uni dunyoga keltirolmasligimni aytdi. Bundan avvaliga qoʻrqib ketdim, ammo boshqa yoʻl yoʻqligini anglagach, uning gaplariga koʻnishdan boshqa ilojim qolmadi. Vrachlar ertasi kuniga xomilamni olib tashlashni rejalashtirishdi.
Oʻsha kuni tunda tush koʻrdim. Tushimda avtomashinalar tezlikda xarakat qilayotgan baland koʻprik ustida ketayotganmishman. Behosdan yoʻl chetida yolgʻiz, sovuqdan junjikib turgan, jingalak sochli qizaloqqa koʻzim tushdi. Shu payt birdan kuchli shamol koʻtarildi, qizchani havfsiz joyga olish uchun yordamga shoshildim. U esa mendan qoʻrqib oʻzini koʻprikdan pastga otdi. Daxshatdan qichqirib yubordim.
Uygʻonganimda qora terga botib, yuragim koʻkrak qafasimni yorib chiqay derdi. Ertasi kuni narkoz olgandan keyin yana oʻsha qizcha tushimga kirdi. U yonimda turib, tinimsiz koʻz yosh toʻkar, xar zamonda boshimni silab qoʻyardi. Tuzalishimga juda uzoq vaqt ketdi. Dardlarim bilan boʻlib, qizchani unutdim, endi uni tushlarimda koʻrmasdim. Bu xaqda onamga gapirib berganimda, demak xomilang qiz bola boʻlgan ekan dedi.
Oradan yillar oʻtdi, institutni bitirdim, yoshim xam 30 ga borib qoldi. Ilgari farzand koʻrishni istamagan boʻlsak, endi erim bilan faqat shu mavzuda gaplashardik. Kunlarning birida qilgan iltijolarim tufaylimi yoki Hudoning raxmi keldimi xomiladorligim aniq boʻldi. Bundan erim xam men xam juda hursand boʻldik. Erim meni eru koʻkka ishonmas, ogʻzimdan chiqqan narsani muxayyo qilardi. Yoshim oʻttizga borib qolgani uchunmi, oy-kunim yaqinlashgani sari meni vaxima bosardi. Shunday qilib, toʻqqiz oyni ming bir taxlikada oʻtkazdim, toʻlgʻoq boshlanishi bilan erim meni tugʻruqhonaga olib bordi.
Tugʻruq juda ogʻir kechdi, koʻp qon yoʻqotganimdan xolsizlanib, xushimdan ketdim. Tushimmi yo oʻngimmi anglolmay qoldim. Katta yoʻlning yoqasida turgan emishman, yoʻlning narigi betida bir paytlar tushimda koʻrgan qizaloq turardi. Uni yana uchratganimdan hursand boʻlib, yoʻlning narigi tarafiga intildim. Qalbimni gʻalati shodlik chulgʻadi. Qizaloqqa etishga qanchalik intilmay, oyoqlarim oʻzimga boʻysunmas, ming chiranganim bilan joyimga mihlanganday turardim.
— Qayting, buyoqqa kelmang! Orqaga qayting, xali kelishingizga vaqt bor! — deb qichqirdi qizcha.
Uning ovozini aniq eshitdim.
– Yoʻq, oldingga borgim kelyapti, toʻhta, ketma! – deb baqirdim unga javoban.
Birdaniga qizchaning yonida oʻziga oʻhshab ketadigan oʻgʻil bola paydo boʻldi. Negadir “oʻlayapman” shekilli degan oʻyga bordim.
– Yoʻq, siz xali uzoq yashaysiz...
Tanamni parmalayotgan kuchli ogʻriqdan qichqirib yubordim, shu payt chaqaloq ingasi yangradi. Koʻzim yarq etib ochildi, koʻkragimda dunyoga kelgan oʻgʻlim yotardi. Vrachlar xam hursandligidan baqirib yuborishdi, axvolim ogʻirligidan ular mendan umidlarini uzishgan ekan. Ammo soʻnggi daqiqalarda mo''jiza roʻy berdi. Oʻgʻlim bilan men narigi dunyodan qaytib kelgandik.
Shundan beri insonlarni ximoya qiluvchi qandaydir gʻayritabiiy kuchlar borligiga ishonaman....

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!