📖 Hikoyalar

Musofirlar taqdiri.... (1 qism)

2 daqiqa 3.3K marta oʻqildi
Musofirlar taqdiri.... (1 qism)
“- Ravshan, Ravshan....tureeee, halidan beri telefoning qoʻngʻiroq qiladi...ol, jonga tegdi, qirgʻizing shekilli yana, - deya toʻngʻilladi Murodbek....- Eyyyyy olib Ravshan yoʻq, oʻlgan degin, -deb yana ustiga koʻrpani tortib oldi. Shu yotgancha soat birga yaqin turdi. - Iya turdilarmi, xali sal barvaqtmasmidi, -deb Murodali qichiq gapira boshladi. - Ey oʻchir, uhlaymanda, bugun dam olish kunim boʻlsa, bir xaftadan beri itday ishladim. Yana telefoni jiringladi. Qaradi. Ekranda notanish nomer koʻrindi.Vatandan...kim ekan, yana hotinidir... Beihtiyor miyasiga bir narsa urilgandek boʻldi.

Qiziq 2 yildan beri hotini bilan gaplashgani yoʻq, nomerini xam bermagandi, qaerdan olibdi ekan....- iya, hotinim telefon qilayabdimi, naxotki...koʻtarmayman...toʻhta, onamga bir gap boʻlgan boʻlsachi...telefonni yashil tugmasini bosdi....u tarafdan bolani shirin ovozi eshitildi: “-Dada, dadajon, sizmi, man oʻgʻlingiz Jaxongirman”.....Ravshan quloqlariga ishonmasdi. Kelayotganida xali endi “agu agu” ni oʻrgangandi, xali yurishni xam bilmasdi, buni gapirishiniya. Ovozini shirinligini, tilini shirinligini. Bolasi yana gapirib ketdi: “Dadajon, sizni rosa sogʻindim, keling, qaytib keling, ishlab kelgan pulingiz xam, menga olib keladigan moshinchangiz xam kerakmas, oʻzingiz keling, meni shaxarga olib boring, karuselchalarga mingizing....amakim bolalarini olib bordilar. Menga qizamiq chiqqandi olib borishmadi....oʻzingiz kelib olib boring”....

Ravshan zoʻrgʻa tilini oʻnglab: “Boraman bolajonim, boraman, shu oyligimni olay, albatta boraman, senga koʻoʻoʻp sovgʻalar olib boraman”...shu payt oʻgʻlini ovozi uzilib qoldi. “Puli tugadi shekilli” -dedida telefonni koʻrpasi ustiga uloqtirib uzoq oʻyga choʻmib qoldi: “-Kelganimga naqd ikki yil boʻlibdi. Bir marta qoʻngʻiroq qilmabman, bir marta pul joʻnatmabman, kamiga....qaerdan shu qizga ilashdim. Qutulib boʻlibman endi”...Ravshan uzoq muddat ikki yillik xayotini, Rossiyadagi xayotini tahlil qildi. Kelganida amakisidan qarz olib, borib ishlab joʻnataman deb bilet olib bu erga kelgandi.

Aksiga olib “xa” deganda ish topilavermadi. Gazetalarni olib kelar, vakansiyalar boʻlimini ochib olar, birma bir qoʻngʻiroq qilar, xammasi “grajdanstvo” soʻrar, xafsalasi pir boʻlib, yana yangi gazeta olib kelardi. Undan tashqari kim qaerda “ish bor ekan” desa, uchib oʻsha erga borar, yo Ravshan ishga, yo ish Ravshanga yoqmay qaytib kelardi.

Honaga xam tanishlari toʻlab turishardi. Eyishiga arang “haltura” ga borib pul qilardi. Lekin 6 oy deganda ish chiqdi. Magazinda “ohrana”. U erda Aynur bilan tanishdi. U qiz qirgʻizistonlik edi. Gul sotardi...Uni aldadi. “Men uylanganim yoʻq, seni olib ketaman vatanimga”- deb, u bilan nikoxsiz yashab yurdi. Lekin bugun bu “uylanmaganni” oʻgʻli burro-burro qilib Ravshanga aslida unda oilasi, hotini, ota onasi, va 3 yoshga qadam qoʻyayotgan bolasi borligini eslatib qoʻydi....
Davomi bor..
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!