Bir qariya choʻpon...

Bir qariya choʻpon qoʻy- sigirlarini boqib, erta sahardan to kechgacha yaylovda yurar edi. Aksar hollarda tepalikka yaqin oʻsgan olma darahti tagida dam olar, olmalari pishgan mahal oʻsha daraht bilan suhbatlashar edi: - Qani bolam, menday bir qariyaning olmasini berib yubor-chi, - der edi. Huddi oʻsha payt mazasi soʻz bilan taʼriflanmaydigan darajada shirin boʻlgan, hidi ham oʻzgacha ufurib turgan bir olma - toʻp etib erga tushar edi. Qariya esa oʻsha gʻarq pishgan olmani olib, qoʻlidagi kichkinagina qalamtaroshi bilan tilim- tilim qilib kesar edi-da, haltasidan ayroninini chiqarib, engilgina tamaddi qilib olar edi.
Soʻng, otasidan qolgan Qurʼoni Karimini avaylabgina qoʻliga olib, asta- sekin oʻqiy boshlardi. Choʻpon ota ushbu olma koʻchatini bundan qariyb yigirma yillar ilgari ekkan. Oʻsha vaqtda koʻchatni tez- tez sugʻorib turar edi. Bundan tashqari, namoz uchun tahorat olganida obdastadagi ortib qolgan suvlarini ham yahshi niyatda koʻchatga quyib yurdi.
Qariyanig yuzi yuvilgan tahorat suvida ham hikmat bordir, kim bilsin. Hullasi kalom, Alloh inoyati bilan haligi olma koʻchati tezda koʻkarib, gurkirab oʻsa boshladi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay meva ham berishga tushdi. Choʻpon ota u paytlarda yosh boʻlgani uchun qaysidir chiroyli olmaga koʻzi tushsa, darhol qoʻlini choʻzib olaverardi.
Ha... Ammo, oradan yillar oʻtdi, haligi qirchillagan yoshgina yigitcha - qarib, beli bukilib, munkillagan chol boʻldi. Olma darahti esa, aksincha, kun oʻtgan sayin boʻy choʻzib, goʻyoki chinor darahtiday baland boʻlib boraverdi. Olma darahti qanchalar oʻsib-ulgʻaymasin, baribir chol uchun u yoshgina boladay edi. Hali hanuz uni “Bolam” deya erkalatardi. Yillar oʻtib anchagina qarib qolgan chol oʻz bolasiday boʻlib qolgan olma yoniga kelib, silab-siypar edi-da, soʻng: - Qani bolam, shohingdan bugungi nasiybamni ham tushir-chi, der edi. Huddi aytganiday: hech qancha vaqt oʻtmay bir olma toʻp etib tushardi. Ayni holat bir necha yillar boʻyi uzluksiz, birday takrorlanib turdi. Haqiqatan, chol soʻragan vaqtda olmaning tushmay qolishi – biror marotaba ham yuz bermagan edi. Qishloq ahli qariyaning bunday gʻayritabiiy karomatlarini bir necha bor koʻrgach, “choʻpon ota avliyo ekan” degan gap ham tarqatib yuborishdi.
Kunlarning birida choʻpon ota yana haligi olma darahti soyasida oʻtirib, biroz mizgʻib oldi. Ozgina dam olgan boʻlib, soʻng namozini oʻqidi. Keyin olmaga qarab, har doimgiday: oʻsha kungi olmasini soʻradi. Lekin, nimagadir olma mevalari gʻarq pishib tursa-da, qariyaning qoʻliga birorta ham olma tushmadi. Qariya hayron... Biroz kutib, oʻz hohishini takror va takror bildirsa ham qoʻliga aqalli bitta ham olma tushmadi. Kutdi, kutdi. Ohiri natija boʻlmagach, qariya bu holatdan juda qattiq taʼsirlandi: koʻzlari yoshga toʻldi, kipriklari-yu soqollari yigʻidan hoʻl boʻlib ketdi. Soʻng, qoʻylari tomon ohistagina yurib ketdi...
Mevaga kirganidan buyon bu daraht cholning qoʻlini biror marta ham boʻsh qaytarmagandi-ya! Nima boʻldi ekan?! Oʻy-hayoli, fikri-zikri faqat shunda boʻldi. Oʻylayverib, oʻyiga etolmadi. Qaygʻuga botdi, dili gʻash boʻldi. Huddi darahtdan koʻngli qolganday boʻldi. Chol oʻzini boʻyi yana-da kichrayib, beli bukilib, munkillab qolganday chorasiz his qildi. Shu alfozda allaqancha vaqt yurib, mollarini qaytardi-da, qishlogʻi sari yoʻlga otlandi. Bir payt masjid tomondan azon aytilayotganini eshitib qoldi. Bu azon juda oʻzgacha, taʼsirli aytilayotgan edi. Goʻyo azonning ortida qandaydir bir hursandchilik, quvonch hislari ham yashiringanday.
Biroz hayallab, oʻyga choʻmgan qariya – birdaniga hayolini jamladi, oʻzini qoʻlga oldi. Toʻsatdan hursand boʻlib, yoʻqotgan narsasini topganday, tabassum qilib jilmaya boshladi. Shubhasiz, hayoliga qandaydir oʻy kelgan edi. Haligina gʻam-qaygʻu yoshlari oqqan koʻzidan endi quvonch yoshlari oqayotgan qariya shosha- pisha olma darahti tomon yoʻlga tushdi. Daraht yoniga etib kelgan zahoti uni erkalab, keng qulochi bilan quchoqlay boshladi. Va: - Bolam... Bolaginam. Uzr. Mening vafodor darahtim. Ahir, hamma narsa yodidan koʻtarilaveradigan mendek cholni hafa qilmasdan bildirsang boʻlmasmidi?! Men boʻlsam tushunmabman-a... Ahir, bugun - roʻza oyining birinchi kuni ekan-ku...

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!