🍰 Shirinliklar

Ruletli tort

4.7K marta oʻqildi
Ruletli tort
Kerakli masalliqlar:

1. Un - 2 stakan
2. Tuhum - 8 dona
3. Shakar - 1,5 stakan

Ruletli tort
Krem uchun

1. Qaymoq - 700 gr.
2. Quyultirilgan sut (sgushhenka) - 200 gr.

Ruletli tort
Tayyorlanishi:

Tuhumlar sarigʻidan ajratilib, oqi qattiq boʻlgunicha koʻpirtiriladi.

Soʻng, oz-ozdan shakar solinib, koʻpirtirishda davom ettiriladi. Qattiq boʻlganidan soʻng, bitta-bittadan tuhum sarigʻlari va un solinib, aralashtiriladi.

Aralashma listga tekis qilib yoyilib, sovigan duhovkada pishiriladi.

Pishganidan soʻng, issiqligida nam sochiqqa rulet qilib oʻrab, sovutiladi.

Ichidagi nachinkasiga, muzlatilgan malinaga shakar aralashtirib, surtiladi (suvini biroz silqitib). Soʻng, muzlatkichga 1 soatga qoʻyiladi.

Keyin kichkina parrak qilib kesiladi va dumaloq idishga terib, krem surtib tahlanadi. Yakunida, idish ustga lagan yopib, toʻmpariladi va yana muzlatkichga qoʻyiladi.

Muzlatkichdan olinib, idish asta koʻtarilib olinadi va dasturhonga tortiladi.

Eslatma: rulet ichiga xoxlagan nachinka surtishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.